Ispaniyalik himoyachi 2020/21 yilgi mavsumda maydonda eng ko'p harakatlangan futbolchiga aylandi
03 avg 2021 21:59
Yangiliklar
Ispaniyalik himoyachi 2020/21 yilgi mavsumda maydonda eng ko'p harakatlangan futbolchiga aylandi
Ispaniyalik himoyachi Pau Torres 2020/21 yilgi mavsumning o'ziga xos natijasini qayd etdi.
Gap shundaki, "Vilyarreal" va Ispaniya termasi himoyachisi Pau Torres Olimpiada doirasidagi Yaponiyaga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq 120 daqiqa o'ynadi.
Ispaniyalik bu orqali 2020/21 yilgi mavsumda eng ko'p vaqtini maydonda o'tkazgan futbolchi bo'ldi – 5513 daqiqa.
Eslatib o'tamiz, ispaniyaliklar Marko Asensioning 115-daqiqada urgan goli evaziga finalga chiqishdi va endi hal qiluvchi bahsda Braziliya bilan to'qnash kelishadi.
Qo'shimcha qilish joiz, Torres ushbu mavsumda "Vilyarreal" bilan jamoa tarixidagi yagona sovrin – Evropa Ligasini ham qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar