Ispaniyada kasal bolalarga mashhur klublar futbolkalaridan xalatlar tayyorlanmoqda
17 may 2019 13:10
Yangiliklar


Ispaniyada kasal bolalarga mashhur klublar futbolkalaridan xalatlar tayyorlanmoqda
Hech kim kasal bo'lishni va shifoxonada yotishni yoqtirmaydi. Bu bolalar uchun katta stress. Ammo Ispaniyada kasal bolalarni biroz baxtliroq qilish yo'lini o'ylab topishdi.
Panenka futbol jurnali va We are Xuxa kreativ agentligi yulduz o'yinchilarning futbolkalaridan xalat yasashdi.
Akciyaning nomi Strongest - "Eng kuchli". SHifoxonadagi bolalar eng jiddiy va eng qiyin raqib - kasallik bilan kurashishadi. Ammo sevimli o'yinchisining futbolkasini kiygan bolalarga kasallikni engib o'tish osonroq va bu shunchaki so'zlar emas.
"Ruxiy holat bolaning rivojlanishiga yordam beradi. Quvonch beruvchi xalat stressni kamaytirishi mumkin va bolakay shifoxonani tezroq tark etadi. Kayfiyatni ko'tarib, immun tizimini tezroq tiklanishiga yordam beramiz" - deydi shifokor.
Ispaniyadagilar oddiy futbolka yordamida bolalarga kasallikni engib o'tishga yordam berishmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar