So’nggi yangiliklar

00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  11 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2

Ispaniya – shunchaki super. Kosta-Rika bilan o'yin barcha jabhalarda ideal o'tdi Yangiliklar

Ispaniya – shunchaki super. Kosta-Rika bilan o'yin barcha jabhalarda ideal o'tdi

Dahshatli "qizil furiya".

Evro-2020 yakunlanganiga atigi bir yil bo'ldi, ammo Luis Enrike boshchilidagi Ispaniya terma jamoasining sifati unutilgandek.

Buning asosiy sabablari hujumdagi super yulduzning yo'qligi va darvozabon bilan bog'liq bahsli vaziyat. Ammo, Evro-2020da ham David Vilya va Fernando Torres (ammo, Alvaro Morata bor edi) yo'q edi, darvozani esa Unai Simon qo'riqlagandi.



Ispaniya o'shanda xG (penaltini qo'shganda ham, qo'shmaganda ham), zarbalar (90 daqiqa ichida 16,1, Italiyada 15,8) va to'pga egalik qilish bo'yicha (72%, Germaniyada 61,8%) yuqori natijani qayd etgandi. Ispanlar shuningdek raqib yarim maydonidagi to'psiz harakati bilan ham hayron qoldirdi: pressing intensivligi, pressing harakatlari soni va yuqorida to'pni olib qo'yish bo'yicha top-3ga kirdi.

"Men butun o'yin bog'liq bo'ladigan yulduz bilan ishlashdan ko'ra terma jamoa borlar bilan ishlashni afzal ko'raman", – dedi Enrike Qatardagi yo'lda. Katta ehtimol bilan Ispaniyada shunday yulduz bo'lganda, Enrike undan voz kechgan bo'lardi. U bor tarkib bilan top darajada ishlamoqda.

Luis Enrike Evro-2020 yarim finalida Italiyani toza hujumchi sxemasisiz hayratda qoldirdi: Morata zaxirada qoldi, Dani Olmo esa "aldamchi to'qqizlik"ga aylandi. Bunday qaror Enrikega Ispaniyaning to'liq ustunligini taqdim etdi. Leonardo Bonuchchi hatto o'sha o'yinni faoliyatidagi eng qiyini deb atadi, ammo Ispaniya finalga o'tmadi (penaltilar seriyasida yutqazdi).


Enrike JCH-2022ga nafaqat Morata va Olmoni, balki Ferran Torres (ko'proq ikkinchi bo'limda maydonga tushadi – 31ta o'yin) bilan Iordaniya (3:1)ga qarshi yaqin o'tgan o'rtoqlik o'yinida "to'qqizlik" rolini bajargan Marko Asensioni ham olib keldi. "Asensio bizning o'yinimizni birlashtirgan holda ajoyib harakat qildi. Biz uning harakat maydonini cheklab qo'ydik, uning tez-tez keskinlik yaratish mumkin bo'lgan hududlarda paydo bo'lishini xohladik", – deb tushuntirdi Enrike.



Kosta-Rika bilan o'yinning asosiy tarkibidagi hujum markaziga aynan Asensio qo'yildi – u Morata 57-daqiqada tushgunga qadar Ispaniyadagi eng ko'p zarba bergan o'yinchi edi (9tadan 5ta zarba). Asensioning o'yinni rivojlantirish uchun pastga tushishiga to'g'ri kelmadi – Ispaniya Kosta-Rikani maydonning uchinchi qismiga qamab qo'ydi – ammo Marko jarima maydonchasi chizig'i bo'ylab harakat qilgan holda kamdan-kam to'pga ega chiqdi.

Enrike Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida yana bir qiziq holatni taqdim etdi: ananaviy tayanch yarim himoyachisi Rodri mudofaa markaziga chiqdi: "Men "Man Siti"da olti yoki etti o'yinda himoyada o'ynaganman. Fernandino deyarli butun mavsumni mudofaada o'tkazgan, "Liverpul"da Fabino pastga tushgan. Bu eng mantiqiy o'zgarish deb o'ylayman. Agar raqib chuqur himoyalansa, sen baribir to'p bilan tayanch hududida bo'lasan. To'psiz o'yinda ham o'zgarish bor: istagan paytda harakatlanish mumkin emas, sovuqqonroq bo'lish kerak.

Markaziy himoya poziciyasi esa alohida jismoniy kuchni talab qilmaydi. Asosiysi – qatiyat. Agar mudofaa markazida o'ynasam, bu borada kuchayishim kerak", – degandi Rodri JCH-2022 startiga qadar.

Rodri shunday qilib Kosta-Rikaga qarshi o'yinda mudofaa markazida maydonga tushdi. SHunday qilib Enrike markaziy himoyada Pau Torres va Erik Garsiyani zaxiraga o'tkazdi.



Asensio – hujumchi, Rodri – himoyachi, 18 yoshli ajoyib Gavi esa sezilarli o'zgarishlarga qaramay asosiy tarkibda, Luis Enrike esa umuman o'z uslubidan chekingani yo'q. Ispaniya JCHda to'pga egalik qilish (81,8%, bunga qadar eng yaxshi natija – 80,3%, Argentina 2010 yilda Greciyaga qarshi o'yinda) va uzatmalar soni (hali hech kim 1000tadan ortiq qilmagan, Enrike jamoasi esa Kosta-Rikaga qarshi – 1043) bo'yicha rekord o'rnatdi, ammo bu umuman zerikarli ko'rinmadi.

Jordi Alba va Aspilikuetaning qo'shilishi, Pedrining uzatmalari, Gavining jarima maydonchasiga yorib kirishi, Olmo va Ferran Torresning birga-bir o'yinda harakat qilishi – Ispaniya quvnoq o'yin o'tkazdi (shu jumladan zaxiralar tufayli ham).

O'yin esa 7:0 hisobida ispanlarning foydasiga hal bo'ldi. Ispaniya umuman raqibning zarba berishga yo'l qo'ymaganini hisobga olsak, ideal o'yin o'tkazdi.

"Qizil furiya" Evro-2020da vaziyatlardan foydalanish bo'yicha katta muammolarga uchradi, JCH-2022 saralashida ham bu o'zgarmadi (Qatarga yo'l olgan Evropa jamoalar o'rtasida penaltilarni hisobga olmasa, eng kam gol urgan). Kosta-Rikaga qarshi deyarli muammo bo'lmadi – darvozaga yo'llangan sakkizta zarbadan ettitasi gol bo'ldi.



Ehtiyotkor taxmin: Ispaniya bundan keyin ham jarima maydonchasidan jarima maydonchasigacha ustunlik qiladi, ammo keyingi o'yinlarda barchasini ham o'xshayvermaydi.

Ammo, Enrikeni nimadir yoki o'yin sifati qoniqtirmasa, unda o'zgarishlar uchun yo'llar bor. Sof hujumchi (Morata), Aspilikuetaning pozicion hujumdagi chuqur o'rni sabab gibridga o'tish, Erik Garsiya/Pau Torresning Laport bilan uchlikda chiqishi, hatto tayanch zonasida Buskets – Rodri juftligi.

Yorqinlik, nafislik, kuch, rang-baranglik – hali ham Ispaniyani favoritlar qatorida ko'rmayapsizmi?


VIDEO  JCH-2022. Ispaniya – Kosta Rika 7:0


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика