So’nggi yangiliklar

15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  1 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  1 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  18 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  3 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  1 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  6 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  21 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  3 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0

Ispaniya Kubogi. "Barselona" kambek amalga oshirdi va "Granada"ni ekstra taymlarda mag'lub etdi Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. "Barselona" kambek amalga oshirdi va "Granada"ni ekstra taymlarda mag'lub etdi

Futbol bo'yicha Ispaniya kubogining chorak final bahsi yakunig etdi.

Granada

Kenedy - 33', Roberto Soldado - 47'

Copa del Rey . Quarter Finals-tur

04/02/2021, 01:00

5
:
3
Finished AET

Barcelona

Antoine Griezmann - 88', Jordi Alba - 90', Antoine Griezmann - 100', Frenkie de Jong - 108', Jordi Alba - 113'

Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
120'
29'  Yan Brice Eteki
33'  Kenedy
33'  Alberto Soro
46'  Kenedy (Darwin Machis)
46'  Victor Diaz (Dimitri Foulquier)
47'  Roberto Soldado
47'  Angel Montoro
58'  Alberto Soro (Fede Vico)
66'  Roberto Soldado (Luis Suarez)
77'  German Sanchez
80'  Antonio Puertas (Jesus Vallejo)
90'  Angel Montoro
103'  Fede Vico
106'  Yan Brice Eteki (Nehuen Perez)
119'  Jesus Vallejo
25'  Lionel Messi
57'  Sergi Roberto (Sergino Dest)
63'  Trincao (Ousmane Dembele)
63'  Samuel Umtiti (Martin Braithwaite)
76'  Sergio Busquets (Ricard Puig)
88'  Antoine Griezmann
88'  Lionel Messi
90'  Jordi Alba
90'  Antoine Griezmann
100'  Antoine Griezmann
100'  Jordi Alba
103'  Jordi Alba
106'  Pedri (Clement Lenglet)
108'  Frenkie de Jong
113'  Jordi Alba
113'  Antoine Griezmann


"Granada" – "Barselona" 3:5

"Nuevo Los Karmenes"

Gollar: 1:0 – 33 Kenedi, 2:0 – 47 Soldado, 2:1 – 88 Grizmann, 2:2 – 90 Alba, 2:3 – 100 Grizmann, 3:3 – 103, penalti Viko, 3:4 – 108 de Yong, 3:5 – 113 Alba.

"Granada" – Eskandel, Duarte, Dias (Fulke, 46), Neva, Xerman Sanches, Montoro, Soro (Viko, 58), Puertas (Valexo, 80), Eteki (Peres, 105), Kenedi (Machis, 46), Soldado (Suares, 66).

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo, Alba, Umtiti (Breytueyt, 64), Serdji Roberto (Dest, 57), Buskets (Puch, 76), de Yong, Pedri (Langle, 105), Trinkau (Dembele, 63), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Messi (25), Eteki (29), Xerman Sanches (77), Montoro (90), Alba (103), Valexo (119).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

113. GOOOOL! Grizmanning uzatmasidan so'ng Xordi Alba chap oyog'ining tashqi qismi bilan darvozaga juda kuchli zarba berdi va o'yindagi ikkinchi golini urdi.

108. GOOOOOL! "Barselona" "Granada" darvozasini ishg'ol qildi. Messi chapdan markazroqqa o'tdi va o'ng oyog'i bilan zarba berdi, Eskandel to'pni qaytardi, ammo qaytgan to'pga birinchi bo'lib De Yong etib keldi va bo'sh darvozaga to'pni joylab qo'ydi.

106. Ikkinchi ekstra taym boshlandi.

TANAFFUS!

103. GOOOOL! 3:3! Fede 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi.

102. PENALTI! "Granada" penalti tepishi mumkin. Hakam shunday qaror bilan o'yinni to'xtatdi, endi VAR vaziyatni ko'rib chiqishi kerak. Tasdiqlandi, penalti tepiladi.

100. GOOOOOOL! GRIZMANN! Messining uzatmasidan so'ng to'p qarama-qarshi qanotga ketdi. Alba to'pni to'xtatib o'tirmay uni yana jarima maydonchasiga uzatdi, Grizmann esa boshi bilan darvozani ishg'ol qilib, uchrashuvda birinchi marta "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

96. Messi markaz orqali jarima maydonchasiga kirdi va biroz chaproqqa surilib, darvozaga zarba berdi. Aaron Eskandeldan seyv.
91. EKSTRA TAYMLAR BOSHLANDI.

TANAFFUS!

90+4. LUIS SUARESSS! Kolumbiyalik Suares "Barselona" darvozasini ishg'ol qilishga juda yaqin keldi, ammo zarbadan so'ng to'p darvoza oldidan o'tib ketdi.

90+2. GOOOOL! ALBAAAAA! HISOB TENGLASHDI! Leo to'pni yana chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan futbolchiga uzatdi. Bu safar ham Grizmann to'pga ulgurdi, biroq bu safar zarba emas, pas berdi. Xordi Alba esa to'pni boshi bilan darvozaga burdi.

90. ZARBAAAA! To'p endi ustunga tegib qaytdi. "Granada" darvozasi sexrlanganga o'xshaydi.

88. GOOOL! Grizmann Lionel Messining uzatmasidan so'ng o'zidan qochib ketayotgan to'pga bir amallab zarba berdi, buni kutmagan posbon esa to'pni o'tkazib yubordi. To'p ustunga tegdi va darvozabonga tegib, to'rdan joy oldi.

87. ZARBAAAA! Dembelening o'ta kuchli zarbasidan so'ng to'p yana to'singa tegdi.

85. "Granada" murabbiylar shtabidagilardan biri qizil kartochka oldi va maydonni tark etdi.

84. Messining zarbasidan so'ng "Granada" darvozaboni to'pni egallab oldi.

82. GRIZMANNN! Antuanning qaychi uslubidagi zarbasini Aaron Eskandel qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

76. O'zgarish: "Barselona"ni qutqarish uchun Riki Puch maydonga tushdi. Buskets zaxiraga olindi.

75. ZARBA... To'p jonli devordagi futbolchiga tegib, maydonni tark etdi.

74. Bosh hakam Messiga nisbatan qoida buzildi deb, "Granada" jarima maydonchasi chizig'i ustida standart belgiladi.

68. Dembele o'ng qanotda raqibni aldab o'tishga rosa urindi, ammo franciyalik qo'pollik ham ishlatdi. Hakam tezda o'yinni to'xtatdi.

63. O'zgarish: Trinkau va Yumtiti maydonni tark etishdi, o'yinga Breytueyt va Dembelelar qo'shilishdi.

62. TO'SIN! Trinkauning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

61. ZARBAAA! Messining aniq zarbasini Eskandel qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

56. Serxi Roberto jarohat tufayli maydonni tark etdi. Uning o'rniga Dest o'yinga qo'shildi.

47. GOOOL! Soldado! 2:0! Grizmann to'pni hujumda oldirganidan so'ng "Granada" futbolchisi bir pas bilan Robertoni juda qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Soldado esa vaziyatdan unumli foydalandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAAFUS

42. Serxi Roberto jamoadoshlarining omadsiz tashkil etayotgan hujumlaridan zerikib, o'zi hujumga o'tdi va tezda aniq zarba berdi. Eskandel ikkinchi urinishda to'pni egallab oldi.

40. Messi to'pni o'ng qanotda ochilayotgan Trinkauga uzatdi, portugaliyalik esa to'pni jarima maydonchasi markaziga burishga urindi, ammo to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

36. Kenedi yana bir bor o'zini ko'rsatishga qaror qildi. U tezkor qarshi hujum amalga oshirdi va biroz to'xtab Arauxoni aldab o'tishga urindi va tezda zarba berdi. Biroq zarba darvozaga bormadi va maydonni tark  etdi.

33. GOOOL! "Granada" hisobni ochdi. Samuel Yumtiti qanotda to'pni raqib futbolchisiga oldirib qo'ydi. Soro tezda to'pni markazroqdagi jamoadoshi Kenediga uzatdi, u esa darvozani ishg'ol qildi.

30. SHundan so'ng Messi ushbu malumotni oshkor qilganlarni sudga berishini aytdi. Ushbu voqeadan so'ng argentinalik forvardning "Barselona"dan ketishi yanada oydinlashdi.

28. O'yindan biroz chetlashib, Messi atrofida sodir bo'layotgan voqealarga to'xtalib o'tsak. Bir necha kun oldin Lionel Messining sport tarixidagi eng yirik shartnoma tuzgani malum bo'ldi. Leo to'rt mavsum uchun "Barselona"dan 555 mln. evro olishi elon qilindi.

25. SARIQ KARTOCHKA. Messi raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

25. Kutilmaganda "Granada" futbolchisi bosh hakamga urilib, yiqildi. Uchrashuv esa to'xtatilmadi.

23. ZARBAAA! Messining aniq zarbasi Aaron Eskandel tomonidan qaytarildi.

22. Messi raqib jarima maydonchasi chizig'ining deyarli ustida yiqitildi. Leo jarima zarbasi orqali hisobni ochishga urinib ko'radi.

20. ZARBAAA... "Barselona" darvozasi oldida o'ta xavfli vaziyat yuzaga keldi. Soldada chap qanotda to'pni qabul qildi va tezda jarima maydonchasi ichiga uzatma amalga oshirdi. Puertosning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

19. Alba va Messi "Granada" jarima maydonchasining chap tomonida hujum tashkil qilishga urinishdi, ammo urinishlar noaniq pas bilan yakun topdi.

12. ZARBAAA... O'ziga xos soch turmagiga ega Grizmann "Granada" darvozasini nishonga olishga yaqin keldi, ammo to'p mezbon jamoa futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.

7. Messi o'z uslubida markazdan chaproqqa yurib, o'zining kuchli oyog'i bilan darvozaga zarba berdi. Aaron esa to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Trinkau darvozaga joylashga urindi, biroq bu safar ham posbon o'z mahoratini ko'rsatdi.

4. Arauxo raqib jarima maydonchasida to'p uchun kurashda yiqildi, ammo to'pga zarba berishga urindi. SHunga qaramay posbon to'pni egallab oldi, hakam esa penalti yo'qligini ko'rsatdi.

2. "Barselona"ning zarbali hujumi mezbon jamoa himoyachilari tomonidan qaytarildi. To'p yo'liga "Granada" futbolchisi to'g'anoq bo'ldi.

1. Uchrashuv boshlandi.


Granada – Barselona

4 fevral, 01.00, «Nuevo Los Karmenes»

Granada – Eskandel, Duarte, Dias, Neva, Xerman Sanches, Montoro, Soro, Puertas, Eteki, Kenedi, Soldado.

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alba, Umtiti, Serdji Roberto, Buskets, de Yong, Pedri, Trinkau, Grizmann, Messi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика