ISPANIYA - CHILI 0:2. MATNLI TRANSLYACIYA
19 iyu 2014 01:58
Yangiliklar
ISPANIYA - CHILI 0:2. MATNLI TRANSLYACIYA
JCH-2014 doirasidagi Ispaniya va CHili o'rtasidagi bahsning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin.
JCH-2014. “V” guruhi. 2-tur
ISPANIYA – CHILI 0:2
Rio-De-Janeyro. “Marakana” stadioni
Bosh hakam: Mark Geyger (AQSH)
Gollar: Vargas, 20 - 0:1. Aranuiz, 44 - 0:2.
Ispaniya: 1.Iker Kasilyas, 4.Xavi Martinez, 6.Andreas Inesta, 11.Pedro (20.Santi Kasorla, 75), 14.Xabi Alonso (17.Koke, 46), 15.Serxio Ramos, 16.Serxio Buskets, 18.Xordi Alba, 19.Diego Kosta (9.Fernando Torres, 63), 21.David Silva, 22.Sesar Aspilikueta.
CHili: 1.Klaudio Bravo, 2.Euxenio Mena, 4.Maurisio Isla, 5.Fransisko Silva, 7.Aleksis Sanches, 8.Arturo Vidal (6.Karlos Karmona, 88), 11.Eduardo Vargas (10.Xorxe Valdiviya, 85), 17.Gari Medel, 18.Gonsalo Xara, 20.CHarlz Aranguiz (16. Felipe Guterres, 64), 21.Marselo Dias.
Ogohlantirishlar: Vidal 26, Xabi Alonso 44, Mena 61
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Soat tunggi 1:56ga qadar sizlar bilan mana shu ajoyib futbolni Narzulla Saydullaev kuzatib bordi, oxirigacha biz bilan qolganiz uchun Sizga ha aynan sizga rahmat!
90+6. Uchrashuv tugadi! CHili keyingi bosqichda, Ispaniya guruhda qolib ketadigan bo'ldi!
90+5. O'yin tugamasdan xulosa yozib qo'ydik, aybga buyurmaysiz. Bu yilgi mundial bizga ajoyib o'yinlar va kutilmagan natijalarni taqdim etishda davom etmoqda. Futbolni seving, soatlarimiz doim to'g'ri ishlayversin!
90+4. Xullas kalom amaldagi Jahon va Evropa chempionlari Braziliyadagi mundialni guruh bosqichida tugatadigan bo'ldi. So'nggi tur Ispaniya uchun rasmiyatchilikka aylanadi. CHili esa o'z bilan birga Gollandiyani keyingi bosqichga olib chiqdi!
90+1. Kasorla zaxiradan maydonga tushib o'yinni biroz kuchaytirdi. Xavfli vaziyat!!!!!!! Ramosning zarbasi yo'liga himoyachilar tashlanishmoqda! Albaning kuchli zarbasi, noaniq!
90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi, Ispaniya bitta gol uradimi hech bo'lmasa?
90. Ispaniya bilan shu erga kelganda xayrlashadigan bo'ldik. Muxlislarimiz bu vaziyatda eng yaxshi qo'shiq deb ABBA ijrosidagi "Winner takes it all"ni aytishmoqda...
89. Serxio Ramos!! Uning akrobatik tarzda yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi, anchagina noaniq.
88. O'zgarish. CHili. Arturo Vidal o'rniga Karlos Karmona tshudi
87. Torres jarima to'pi ishlab oldi, Francisko Silva uni yiqitdi. Xavfli jarima to'pi
86. Agar Ispaniya terma jamoasi muxlisi bo'lsangiz xafa bo'lmang, Sevara Nazarxon ijrosidagi "Je t'aime" qo'shig'ini tinglang, asabni asrang
85. O'zgarish. CHili. Eduardo Vargas o'rniga Xorxe Valdiviya tushdi
83. INESTA! BRAVO! Yo'q Inestaga ham bravo! Bravoga ham! Ajoyib zarba, ajoyib va qoyilmaqom seyv!
80. Bravoga yana bir bor bravo!
79. KASORLA!!! BRAVOOOOOOOO! Yo'llangan zarbadan so'ng to'pni "Real Sosedad" posboni qaytardi
78. Ispaniyalik muxlis va muxlisalarni ko'rsatishdi, farq borda baribir. Erkaklar xafa, ayollar o'zlarini tabloda ko'rib qolib kulib xursandchilik qilishmoqda...
77. Ispaniya bosmoqda, hujum ketidan hujum, gol ko'ramizmi?
74. O'zgarish. Ispaniya. Pedro o'rniga Santi Kasorla tushdi
72. Ole, ole, ole, CHIIIIIILI CHempion! Stadion mana shu qo'shiqni kuylamoqa, shu qo'shiqqa ovoz berish mumkin.
70. Ispaniya hujumga o'tmoqda, CHili esa to'pni egallab olishi bilan qarshi hujumga... Hozir Sanches sherigiga to'pni oshirdi, berilgan zarba noaniq chiqdi
68. AAAAAAAAAA! DAHSHAT! CHili hozir Ispaniyani ayadi! Ajoyib tarzda tashkil qilingan hujumni Isla yakunlashi mumkin edi, ammo uning 2 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi, osonga tepildi bu to'p
65. O'yin tugashiga 25 daqiqa qoldi, hozircha 0:2. Ispanlar to'pni bir birlariga oshirishdan uyog'iga o'tishmayapti
64. O'zgarish. CHili. CHarlz Aranguiz o'rniga Felipe Guterres tushdi
63. O'zgarish. Ispaniya. Diego Kosta o'rniga Fernando Torres tushdi
61. Ispaniya zaxirasida Fabregas, Mata, Kasorla, Vilya va Torres kabi futbolchilar bor
61. Ogohlantirish. CHili. Euxenio Mena
60. Ispaniya tiz cho'ktiriladimi?
57. Ha mana biz kutgan vaziyat! Muxlislar to'lqinni boshlab yuborishdi, To'lqin aka bundan xursandlar, vatsapdan yozvordila
56. Aranguiz maxsus zambil yordamida maydondan olib chiqib ketishdi, uni o'rniga boshqa futbolchi tushadimi? YO'Q u qaytdi, mardonavor tarzda qaytdi
55. CHili futbolchilari ushbu hisobni saqlab qolishga harakatni boshlab yuborishdi, hozir gollandlar ham CHiliga muxlislik qilishmoqda. Sababi agar Ispaniya mag'lub bo'lsa Gollandiya ham, CHili ham keyingi bosqichga muddatdan oldin chiqadi.
53. UX NIHHHOYATDA XAVFLI vaziyat! Serxio Buskets 1 metrdan ham darvozaga to'p kiritmaslik mumkinligini amalda isbotladi! Diego Kosta yaxshi harakat qilgandi
52. Ispaniya jarima to'piga ega bo'ldi, soqol qo'ygan Ramos to'pni tepadi shekilli. Serxioning zarbasi aniq chiqdi, Bravo to'pni qaytardi!
48. KOSTAAAAAAA! Xavfli vaziyat! Uning zarbasi yo'liga himoyachi g'ov bo'ldi va to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi
46. Ispaniya bungacha JCH tarixida ikki marta CHili bilan bahs olib borgan va ikkalasida ham g'alaba qozongan ekan...
46. Ikkinchi bo'lim start oldi, qani kettik! buni darhol esladim lekin)
46. O'zgarish. Ispaniya. Xabi Alonso o'rniga Koke tushmoqda
46. Maydonga Koke tushmoqda, u kimni almashtirarkin?
- Bugun Ispaniya g'alaba qozona oladimi, kambekka ishonsak bo'ladimi? Kimda qanday fikr bor.
- Agar jiddiy aytadigan bo'lsak Ispaniya ikkita to'p o'tkazib yubordi.
45+1. Datslabki bo'lim yakunlandi. Hozircha amaldagi Jahon chempionlari mag'lub bo'lishmoqda. Agar shunday davom etsa Ispaniya guruh bosqichida qolib ketadi. 15 minutda qaytamiz, uxlab qolish yo'g'a)
45. Birinchi bo'limga 1 minut qo'shildi, Bravo to'pni yana o'ziniki qildi
42. Sanches jarima to'pini amalga oshirdi, Kasilyas to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Aranguiz darvozaga yo'lladi - 0:2.
42. CHI! CHI! CHI! CHI! LI! LI! LI! GOOOOOOOOOOOOOOL! 0:2
41. Isla to'pni nafis harakat bilan raqibdan olib qo'yishga urindi, Xabi Alonso uning oyog'iga yaxshilab "nafislik" bilan tashlandi, hakam unga nafislik bilan ogohlantirishni ko'rsatdi.
41. Ogohlantirish. Ispaniya. Xabi Alonso
40. Pedro o'ng qanotda har safar to'pni egallab olishga urinmoqda, har safar to'p maydondan chiqib ketmoqda. Har bahorda shu bo'lar takror...
38. Bravo baland sakrab havodagi to'pni egallab oldi va Diego Kostaning boshiga to'p bilan yaxshilab soldi, bu atayin qilinmagani ko'rindi
36. Tan olish kerak Braziliya, Ispaniya kabi chempionlikka davogar deb aytilgan jamoalar hozircha bunga loyiq o'yin namoyish etishmadi
35. Pedro Xaraning oyog'iga tashlandi, AQSHlik hakam ispan futbolchisiga "panyatka" berdi, Pedro "gap yo'q oka dedi shekilli"
34. O'yin surati pastroq, CHili futbolchilari o'yin tempini tushurishga urinishmoqda, qizil kiyimdagi ispanlar shoshishmoqda,
33. Medelni Xavi Martines bosib o'tib ketdi, ammo chililik futbolchiga jin ham urgani yo'q
28. Ispaniyalik kichkinagina futbolchilar raqibning bo'ydor hujumchilari qarshisida ojiz qolishmoqda.
26. ZarbaAAAAAAAAA! Silvaning to'p uzatishidan keyin asli braziliyalik bo'lgan Ispaniya chempioni va ECHL finalchisi Diego Kosta darvozaga noaniq zarba berdi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.
26. Ogohlantirish. CHili. Artur Vidal
25. Pedro o'ng qanotdan oldinga o'tib Menaga urilib yiqilib tushdi. Pedro "bokavoy"ga qarab tirjayib qo'ydi, jarima to'pi yo'q.
24. Goldan keyin uyqu ancha uzoqqa qochib ketdimi? Yaxshi futbolni ko'ringlar, bu Jahon chempionati!
23. Zarabaaaa! Noaniiiiiq! Xabi Alonso to'pni 16 metrdan osmonga qarab tepdi.
22. Ispaniyaga Braziliya yoqmadimi deyman, tezroq uyga ketishmoqchi shekilli... yana kim biladi deysiz
20. CHili hujum qilish bo'yicha dars o'tdi! O'ng qanotdan Sanches Diasga, Dias Aranguizga, Aranguiz esa darvozabon qarshisida bo'sh turgan Vargasga oshirdi. Bir chekkada turgan Eduardo qarasa to'p unga kelib qoldi, bir harakat bilan Kasilyasni aldadi va bo'sh darvozaga to'pni yo'lladi - 0:1.
19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! VARGAS!
18. Isla oldinga harakat qildi, biroq to'p undan bo'g'irsoqqa o'xshab qochib ketdi
17. To'p bilan muomala qilish bo'yicha evropaliklar ustun - 64:36
16. "Yuve" vakili Arturo Vidal o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirgandi: "Maqsadimiz bitta - navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritish". Barchaning maqsadi bo'lgani yaxshi, maqsadli bo'lib yuraylik do'stlar
15. Nimalar bo'lmoqda, ispanlar ikki metrdan gol ura olishmayapti, Xabi Alonsoning zarbasini qaytargan darvozabonga yana bir bora BRAVO deymiz! Kecha rosa Ochoa deb yozgandik, bugun faqat Bravo deymiz shekilli
14. Xabi Alonso to'pni uzoq ustun yonidagi Ramosga oshirdi, noaniq to'p uzatilishi
13. Vidal sekingina Silvani turtib qo'ydi, lekin ularning vaznidagi tavofutni hisobga olsak shuni o'zi etarli bo'ldi. Jarima to'pi
11. JCH-2010ni Ispaniya mag'lubiyat bilan boshlagandi, biroq qolgan bahslarning hammasida g'alaba qozonib yakunda chempion bo'lgan
10. Stadionga yig'ilgan muxlislar qachon to'lqin yuzaga keltirishar ekana? Qo'shnim To'lqin aka so'rayaptilar
9. Himoyachilar to'pni darvozabonga uzatishda xatoga yo'l qo'yishdi, Bravoga bu vaziyatda bravo!
9. Mana Ispaniyaning ilk xavfli vaziyati! Jarima to'pidan so'ng Bravo yaxshi harakat qildi.
8. Hozirgina shu o'yin haqida gaplashib turganlarga salom! Uchrashuv albatta qiziqarli bo'ladi, uxlab qolmanglar
6. Maydonda hozircha etiborga molik holat kuzatilayotgani yo'q. CHili bir soniyaga bo'lsa ham qarshisida Jahon chempioni turganini o'ylayotgani yo'q, uyalmay hujumga o'tib turibdi
4. Hozir Kamoliddin Alimov, Tolibjon Qosimov va Nodirxo'ja Yuldashev yo'lda ketishmoqa, "shoh shoh deysizlar, shohlarga oson deysizlar,..." Ularga oq yo'l tilaymiz
3. Ispaniya bugun mag'lub bo'lsa guruhdan chiqa olmasligi 100 foiz aniq bo'ladi. SHunday ekan amaldagi Jahon chempionlari nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonishga urinishadi.
2. Yana bir vaziyat! Burchak to'pidan so'ng Xaraning boshi bilan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi!
1. UXXXXXXXXXXXX! CHili hisobni ochishi mumkin edi, 34 soniyada! Hujum chog'ida to'p Albaga tegib darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
1. Nima ediya, Ha esladim qani ketdik! O'yin boshlandi!
- Bironta so'zi yo'q bo'lgan Ispaniya davlat madhiyasi yangrab o'tdi. Navbat CHiliga... ajoyib! Stadionga yig'ilgan chililik muxlislar akapello kuylashdi...
- Ispaniya va CHili terma jamoalari yashil maydonga chiqib kelishmoqda.
- Afsonaviy "Marakana" stadionidagi o'yinni matnli sharhlab borish Narzulla Saydullaev chekiga tushdi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari!
- O'yin soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar