So’nggi yangiliklar

09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  1 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  1 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  2 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  1 08:28Туркия Суперкубоги. «Бешиктош» ва «Галатасарой» ортасидаги учрашувда дахшатли натижа қайд этилди  1 08:00«Ливерпуль» МЮни йирик ҳисобда мағлуб этди, «Ман Сити» эса «Челси»га ҳеч қандай имконият қолдирмади  7 07:31Ўртоқлик учрашуви. «Эл-Класико»да «Барселона» «Реал Мадрид»ни минимал ҳисобда мағлуб этди  17 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  1 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  1 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  1 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  2 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  2

Ispaniya chempionati, 25-tur. "Barselona" g'alaba qozondi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 25-tur. "Barselona" g'alaba qozondi

"Granada" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinning natijasi bilan tanishib boring.
Ispaniya chempionati, 25-tur.

"Granada" - "Barselona" 1:3

Gollar
: Rakitich (25), Luis Suarez (49), Riko (53), Messi (70)

Granada
– Olasabal, Kala, Baben, Fulke, Nom, Markes (Rochina, 67), Iturra, Ibanes, Riko, Bangura (Kandeyash, 79), Kordoba (Saksess, 78).

Barselona – Bravo, Dani Alves, Bartra, Alba, Mate (Buskets, 75), Xavi (Rafinya, 65), Maskerano, Rakitich, Neymar, Messi, Suares (Pedro, 79).

Ogohlantirishlar: Markes (3), Suares (15), Neymar (55), Mate (58). 

                                     MATNLI TRANSLYACIYA
                                                 YANGILASH


- "Granada" - "Barselona" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.


89`
"Granada"ninig hujumi samarasiz yakunlandi. "Barselona" ham bu hujumga javoban oldinga borgandi. Lekin ularning o'ylagan rejalari ham ish bermadi.


87`
Messi juda qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.


86`
"Barselona" burchak to'pini amalga oshirdi. Bartraning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


83`
O'yin tempi yuqori emas.


81`
"Granada" futbolchilari raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishda biroz oqsashmoqda.


79` O'zgarish. "Barselona". Suarez maydonni tark etdi. Uning o'rniga Pedro o'yinni davom ettiradi.


78`
O'zgarish. "Granada". Banguraning o'rniga Isaak tushirildi.


77`
Neymar jarima maydonchasi oldida to'pni Rakitichning zarba berishi uchun sharoit yaratib berdi. Ivan Rakitichning chiroyli uslubda bergan zarbasini Olasabal ushlab oldi.


75` O'zgarish. "Barselona".
Jeremi Mate o'z o'rnini Serxio Busketsga bo'shatib bermoqda.


72`
Klaudio Bravo darvozasi tomon uzoqdan zarba yo'llandi. "Barselona" posboni o'z o'rnida.


70` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!
MESSI! Luis Suarez  darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi to'pni jamoadoshi Messiga uzatdi. Leo esa ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni darvozaga kirg'izib qo'ydi, 1:3!


67`
"Granada" hisobni tenglashtirish uchun intilmoqda.


65`
Leo Messi jarima zarbasini amalga oshirdi. Noaniq.


63`
"Granada"ning hujumi offsayd tufayli uzilib qoldi.


61`
"Granada" raqib hujumini buzib qo'ydi va o'zi tezda hujumga o'tdi.


60`
"Barselona" pozicion hujum qilmoqda.


58`
Klaudio Bravo to'pga chiqishda yaxshi o'ynadi va jarima zarbasidan so'ng to'pni ushlab oldi.


56`
"Granada" buyog'iga yana kurashish uchun imkoniyatga ega bo'ldi.


54`
Riko mo'ljalda adashmadi. Bravo to'p yo'nalishini to'g'ri topdi. Ammo Riko zarbani aniq va kuchli amalga oshirgandi.


53` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RIKO! 1:2!



52` Penalti!
Bartra raqibini yiqitdi va hakam 11-metrlik jarima zarbasini belgiladi.


51`
Neymar ham gol urish maqsadida oldinga intildi. Ammo "Granada" himoyachilari Neymarni zararsizlantira olishmoqda.


49` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUIS SUAREZ! Bu safar Ivan Rakitich Luis Suarezni ajoyib to'p uzatish orqali darvozabon bilan yakkama-yakka chiqarib yubordi. Urugvaylik hujumchi esa qulay vaziyatni qo'ldan boy bermadi va hisobni 0:2ga etkazdi.


48`
"Granada"ning hujumi chap qanotdan rivoj oldi. Biroq Bravo to'pga chiqishda aniq harakat qildi va to'pga egalik qildi


47`
Xordi Alba raqib hujumini bartaraf etdi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!



45`
Messi! Leo qulay vaziyatdan to'pni darvozaga yo'llay olmadi. Aniqrog'i, bu vaziyatda "Granada" darvozaboni jamoasi joniga oro kirdi.


44`
"Barselona"ning hujumi offsayd tufayli to'xtatildi.


43`
Burchakdan uzatib berilgan to'pni mezbonlar futbolchisi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Bravo ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi.


42` Bravoga bravo!
Markesdan kuchli va xavfli zarba! Bravo bu vaziyatda jamoasidan goldan qutqarib qolmoqda. Burchak to'pi.


41`
O'yin tezligi past. Futbolchilar yuqori tempda harakat qilishayotgani yo'q.


39`
Bartra o'z jarima maydonchasi ichida Bangurani yiqitdi. Hakam bu vaziyatga qoida buzilmaganini ko'rsatdi.


38`
"Granada" jamoasi ancha faollashdi.


37`
"Granada"ninig hujumi. Markes Bravo qo'riqlayotgan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Noaniq.


35`
Leo Messidan xavfli zarba! Birozgina noaniq.


33`
"Granada" o'ng qanotdan hujumga o'tmoqda. Xordi Alba o'z qanotida ishonchli o'ynamoqda.


31`
Lionel Messi raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni qulayroq turgan jamoadoshiga uzatmoqchi bo'ldi. Ammo raqib himoyachilari yaxshi harakat qilib, uning rejasini amalga oshishiga yo'l qo'yishmadi.


29`
O'yin surati u qadar yuqori emas. Jamoalar navbati bilan hujum uyushtirishmoqda.


27`
"Granada"ning himoyasi raqibning bosimiga dosh bera olmadi.


25` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RAKITICH! Luis Suarez qulay vaziyatga chiqib bordi to'pni darvozaga yo'lladi. "Granada" himoyachisi o'z vaqtida to'pni darvoza chizig'i oldidan to'xtatib qoldi. Lekin Rakitich qaytgan to'pni bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan kiritib qo'ydi va hisobni ochdi, 0:1!


24`
"Barselona" burchak to'pidan unumli foydalana olmadi.


23`
Luis Suarez to'pni Xaviga uzatdi va "Barselona" sardori jarima maydonchasi atrofidan darvozaga xavf solib ko'rdi. Mezbonlar posboni bu vaziyatda yaxshi harakat qildi. Burchak to'pi.


21`
Neymar Rakitich bilan juda chiroyli uslubda o'ynadi va raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Biroq laynsmen yana bayroqchasini ko'tarib qoldi. 


19`
Endi "Barselona" jamoasining hujumi so'nggiga etmay qoldi. O'yindan tashqari holat.


17`
"Granada" qarshi hujumda harakat qildi. Biroq laynsmen mezbonlarning hujumini to'xtatib qoldi. Yani offsayd qayd etildi.


15`
Luis Suarez raqibiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Hakam esa urugvaylik futbolchini ogohlantirdi.


14`
"Barselona" maydon markazida to'pni nazorat qilib o'tiribdi. "Granada" esa himoyaga katta etibor qaratmoqda.


13`
Ivan Rakitich bu safar uzoqdan zarba yo'lladi. Noaniq.


11`
"Barselona"ning hujumlari hozircha u qadar keskin ko'rinish olmayapti.


9`
Maskerano uzoq masofadan raqib darvozabonini xushyorligini tekshirib ko'rdi. Olasabal o'z o'rnida.


7`
"Granada" hujum qilishga urinib ko'rdi. Biroq ularni o'ylagan rejasi amalga oshmay qoldi.


5`
Jamoalar hozircha ancha ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda. Hujum qilishga shoshilishmayapti.


4`
"Barselona" jamoasi to'p nazoratini o'z qo'liga oldi. Dani Alvesh esa maydonga qaytdi.


2`
Dani Alvesh raqib futbolchisi bilan jiddiy to'qnashib ketdi. Har ikkala futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


- UCHRASHUV BOSHLANDI!



- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Granada" - "Barselona" uchrashuvini matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz.


- O'yin soat 20:00 da boshlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика