So’nggi yangiliklar

22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  0 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  4 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  17 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  18 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  8 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  13

Ispan futboli janjallarga to'lmoqda. La Liga va uning atrofida nimalar ro'y bermoqda? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Ispan futboli janjallarga to'lmoqda. La Liga va uning atrofida nimalar ro'y bermoqda? (mutolaa uchun)

Ispaniyaning futbol va ijtimoiy muammolari haqida gaplashamiz.

La Liga prezidenti Xaver Tebas so'nggi intervyularidan birida ispan futboli obro'siga putur etganini aytdi. Bu haqiqatdan ham shunday. Ispaniyada bir yil davomida 3ta katta janjal bo'lib o'tdi va ulardan ikkitasi hali ham avjida. Afsuski, La Liga va butun Ispaniya futbol federaciyasi bizni maydondan tashqarida bo'layotgan voqealarni ham muhokama qilishga majbur qilmoqda.

Ilk katta mojaro Vinisius bilan bog'liq. Madridning "Real" klubi vingerini irqiga qarab tez-tez haqoratlaydigan bo'lishdi. Bunday holat o'tgan mavsumda ham ro'y bergandi, ammo vaziyat joriy mavsumda ham tinchimadi. Birinchi bo'lib yomon manoda "Atletiko" muxlislari ko'zga tashlanishdi. Madrid klublarida principial raqiblik borligi tushunarli, Vinisius esa "Real"ning eng yaxshi o'yinchilaridan, ammo u tomonga "matraschilar"ning haqoratlari doimiy holat bo'lib qoldi.

"Atletiko" muxlislarining principial raqiblariga dushmanlik munosabatlari barchaga malum, ammo so'nggi derbida ular yanada uzoqroqqa borishdi. "Matraschilar" muxlislari Vinisiusning libosini kiyib olgan qora tanli ayol va uning bolasiga tahdid qilishdi. "Real" keyinchalik ularni o'ziga taklif qildi va sovg'alar berdi, ammo voqea esdan chiqmaydi. Ayniqsa, bolada.



O'tgan mavsum so'nggida Vinisiusga "Valensiya" muxlislarining haqoratlari sabab katta mojaro avj olgandi. O'yin 10 daqiqaga to'xtab qolgan, undan so'ng esa uzoq muddatli surishtiruv va muhokamalar boshlangandi. Vaziyat shunchalik tus oldiki, futbolchining yonini nafaqat klub, balki Braziliya prezidenti ham oldi. Futbolchining o'zi liga rahbariyatini irqchilikka qarshi kurashmayotganlikda ayblab Tebas bilan janjalga bordi. Boshqaruvchi esa La liga bu yo'nalishda etarli darajada ish olib borayotganini aytib javob qildi.

Vinisius joriy mavsumda ham mojaro ichida qoldi. Bu safar uni "Sevilya" muxlislari haqoratlashdi. Klub braziliyalik tomon yomon so'zlar bilan qichqirgan muxlisni o'yin paytidayoq aniqladi va stadiondan chiqarib yubordi. Futbolchi keyinchalik uni bola ham haqoratlaganini aytdi. "Sevilya" ham, uning ultrasi ham braziliyalikni haqoratlaganlarni qoraladi. Ammo, nervionlarning sobiq o'yinchisi Antonito hammasi ham bunday emasligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, Vinisiusning o'zi juda ko'p tribunaga murojaat qilgan holda raqiblarni ham, muxlislarning ham g'azabini keltiradi. SHunday ekan, bu voqea hali oxiriga etmaganga o'xshaydi.

Yozda yangi mojaro ro'y berdi – endi milliy darajada. Ispaniya ayollar terma jamoasi finalda Angliyani taslim etgan holda jahon chempioni bo'ldi. Tarixiy voqea. Endi esa Ispaniya futbol federaciyasi sobiq prezidenti Luis Rubiales xursandchilik bilan milliy jamoa futbolchisi Jennifer Ermosoni o'pdi. Qiz keyinchalik unga o'pish uchun ruxsat bermaganini aytdi. Katta mojaro avj oldi.



Rubialesni nomaqbul hatti-harakatlarda va hokimiyatni suistemol qilishda ayblay boshlashdi. Boshqaruvchiga OAVdan tortib siyosatchilargacha bosim o'tkazishdi. Ispan avvaliga o'z fikrida qatiy turib, bu arzimas narsa uchun istefoga chiqmasligini malum qildi. Ammo, kundan-kunga bosim oshdi. Hamma yoqda Rubialesni istefoga chiqarish chaqiriqlari bo'ldi. Boshqaruvchi baribir chiday olmadi. U sentyabrda o'z lavozimidan ketishini malum qildi.

Tebas Rubialesning istefosidan hayron bo'lmadi. La Liga prezidenti ochiqchasiga boshqaruvchini lavozimidan ozod qilish uchun boshqa sabablar ham bo'lganini aytdi. Haqiqatdan ham, ispan OAV biroz oldinroq Rubialesning unchalik ham toza bo'lmagan bir nechta ishlarga aralashgani, jumladan Ispaniya superkubogi o'yinlarining Saudiya Arabistoniga sotilishi haqida yozgandi. Nima bo'lganda ham, boshqaruvchi o'z lavozimini sharmandali tarzda tark etdi. Rubiales va Ermoso voqeasini nafaqat Ispaniyada, balki undan tashqarida ham muhokama qilishdi, bu esa xalqaro darajada butun mamlakatga obro' olib kelmagani aniq.

Ammo, ehtimol eng katta mojaro "Barselona"ning hakamlarni sotib olishda ayblangan "Negreyra ishi" bo'ldi. Ish yil boshida ispan OAVda soliq inspekciyasining tekshiruv hujjatlari paydo bo'lganda ommaviylashib ketdi. Kataloniyaliklar ko'p yillar mobaynida Ispaniya futbol federaciyasi hakamlik bo'limi sobiq vice-prezidenti Xose Enrikes Negreyra va uning o'g'liga to'lab kelishgan. To'lovlar 2018 yilda to'xtatilgan, ammo ish aktualligini yo'qotmadi.



Sud "ko'k-anorranglilar" Negreyra orqali hakamlarga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkinligini malum qildi. Negreyra va uning o'g'li "Barselona"ga hisobotlarni taqdim etishda faqatgina hakamlarning ishlarini tahlil qilishganini takidlashdi. SHundan keyin uzoq muddatli tekshiruv bo'lmoqda. Tergovga tushib qolgan Kataloniya klubi prezidenti "ko'k-anorranglilar"ning oqlanishiga ishonchi komil. Katta ehtimol shunday ham bo'ladi, ammo hozirda jabr ko'rayotgan reputaciya ham bor. Barcha ispan klubi rahbarlari vaziyatdan xavotirda ekanliklarini malum qilishdi.

Hakamlik mojarolari Ispaniyada yangilik emas. La Ligadagi deyarli har bir turdan so'ng qaysidir klub vakillari hakamlarni noxolislikda ayblashadi. Top jamoalar ishtirokidagi o'yinlarda ehtiroslar maydonda ham, uning tashqarisida ham yuqori bo'ladi, ispaniyalik hakamlar nafaqat milliy darajada, balki evrokuboklarda ham "ajralib turishadi". Hatto Tebas ham La Ligada hakamlik darajasi pasayotganligini tan oldi.

Boshqaruvchining xavotir olishi tushunarli: ispan futbolida ko'plab g'alati narsalar ro'y bermoqda. Ammo, u birinchi navbatda elita liganing rahbari sifatida javobgarlikni o'z zimmasiga olishi kerak. Tebas jurnalistlarga La Liga o'yinlarini butun dunyo bo'ylab ko'rishayotgani haqidagi statistikani ko'rsatishni yaxshi ko'radi, ammo uning ichida bo'layotgan narsalar xavotirga sabab bo'ladi. Klub rahbarlari bir-birlarini yolg'on va firibgarlikda ayblashadi, futbol mutasaddilari qandaydir g'alati ishlar qilishadi, muxlislar esa o'zlarini jazolanmaydigandek his qilishadi. Balki ispan futboliga barchasi izdan chiqib ketmaguncha islohotlar kerakdir.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика