So’nggi yangiliklar

20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  0 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  2 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   4 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  2 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  5 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  4 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  6 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   27

Islom Ismoilov: "Barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqchimiz" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqchimiz"

2025 yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchrashuvlari oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov ishtirok etdi va o'z fikrlarini bildirdi.

— Ushbu turnirga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko'rdik, hozirgi vaqtda barcha futbolchilarimiz eng optimal sport formasida, deb ayta olaman.  

Asosiy maqsadimiz barcha uchrashuvlarda chiroyli o'yin namoyish etib, g'alaba qozonish hamda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishdan iborat. Avvalroq O'zbekiston U-20 terma jamoasi ham Xitoy Taypeyida o'tgan saralash turniri doirasidagi barcha uchrashuvda g'alaba qozonib, Osiyo kubogiga yo'l olgan edi. Biz ham xuddi shu natijani takrorlashga harakat qilamiz.

Raqib jamoalari haqida

— Guruh bosqichida Iroq, Falastin va Xitoy Taypeyi bilan o'ynaymiz. Murabbiylar shtabi va tahlilchilarimiz bilan birgalikda raqiblarimizning o'yin uslublarini to'liq o'rgandik. Murabbiylar hamda futbolchilar bor imkoniyatimizni ishga solib, muxlislarimizni xursand qilamiz va oldimizga qo'yilgan vazifani, albatta, bajaramiz.

Eslatib o'tamiz, saralash o'yinlarida hamyurtlarimiz 23 oktyabr kuni Falastin, 25 oktyabr kuni Xitoy Taypeyi hamda 27 oktyabr kuni Iroq termasiga qarshi o'ynaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика