So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  22 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  1 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  0 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  11 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  4 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  3 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2

Islom Ahmedov: "O'zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo'lgan “Navbahor” bilan o'ynaganimizdan xursandman" Yangiliklar

Islom Ahmedov: "O'zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo'lgan “Navbahor” bilan o'ynaganimizdan xursandman"

“Navbahor” kecha Qirg'iz Respublikasi Premer-ligasining so'nggi ikki mavsumi chempioni “Abdish - Ota” (Kant) jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur o'yindan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi, hamyurtimiz Islom Ahmedov klubimiz rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berdi. Quyida uning fikrlarini etiboringizga havola etyapmiz.


"O'zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo'lgan “Navbahor”ga qarshi xalqaro o'rtoqlik bahsi o'tkazganimizdan xursandman.

Mazkur o'yin o'zbek va qirg'iz xalqlari o'rtasidagi do'stlikni yanada mustahkamlaydi, jamoamiz uchun esa Avstraliyaning “Central Kost Mariners” klubiga qarshi kechadigan OFK kubogi hududiy final bellashuvlaridan oldin tajriba oshirishga yordam beradi, degan umiddaman.

Tan olish kerak, namanganliklar o'yin saviyasi hamda tajriba borasida jamoamizdan ancha kuchli. SHunday bo'lsada, yigitlar nomdor raqibga qarshi munosib o'yin namoyish etishga intilishdi. Biroq, tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Ajoyib tashkilotchilik uchun “Navbahor” klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor”ga Superliga va O'zbekiston kubogi musobaqalarida omad yor bo'lib, jamoa g'alabalari bilan muxlislarga quvonch ulashishiga tilakdoshman", - dedi Islom Ahmedov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
25 mar 11:22:26
Khaydarov Khaydarov
ANDIJON 3-0 KIRGIZISTAN U20 TAXMIMAN 5000 MING ODAM KIRDI. NAVBAHORGA 310 ODAM KIRIBDI UYATEEE QANAQA MUXLISLAR BOʻLDI 310 TA ODAM XAM KIRADIMI. CHEMPIONAT.ASIA HAM KRISA EKAN ANJONNI OʻYININI YOZMADI. NAVBAHORNIKINI YOZIBDI
+1   
25 mar 13:42:13
Murodjon Ergashev
Ислам Ахмедов хозир уз ишини исботлайди,Ким кимлигини!
   
25 mar 12:02:24
Navbahor_1990
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
ANDIJON 3-0 KIRGIZISTAN U20 TAXMIMAN 5000 MING ODAM KIRDI. NAVBAHORGA 310 ODAM KIRIBDI UYATEEE QANAQA MUXLISLAR BOʻLDI 310 TA ODAM XAM KIRADIMI. CHEMPIONAT.ASIA HAM KRISA EKAN ANJONNI OʻYININI YOZMADI. NAVBAHORNIKINI YOZIBDI
Adashmasam Andijon bilanmidi oʻtgan yili yopiq eshiklar ostida oʻynalgan odamlar tepaliklarga chiqib koʻrgan shu uyindayam 310 tadan koʻp kelgan boʻlsa kerak endi hozir Ramazon oyi hamma joyda insonlar xar xil
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика