So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Islom Ahmedov: "Oliy ligada 12ta jamoani qoldirish to'g'ri qaror bo'lmaydi" Yangiliklar

Islom Ahmedov: "Oliy ligada 12ta jamoani qoldirish to'g'ri qaror bo'lmaydi"

Taniqli mutaxassis, bugungi kunda OFK yo'riqchisi sifatida ishlab kelayotgan Islom Ahmedov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida o'zbek futbolida ro'y berayotgan o'zgarishlar haqida to'xtalib o'tdi.

"Futbolimizda o'zgarishlar katta. Lekin hammasiga vaqt kerak. Osiyoda 43ta mamlakat bo'lsa, biz har safar jahon chempionatiga chiqishga davogarlardan birimiz. Men ko'plab davlatlarda bo'lganman va o'zaro solishtiruv tufayli shuni aytishim mumkin, bizdagi ahvol yomon emas. O'FFga yangi rahbariyat keldi va ular shaffoflikni yuzaga chiqarmoqchi. Men bu yo'lda omad tilayman. Oldingi rahbariyat ham ko'p ishlarni qildi, buni unutmasligimiz kerak". 

Islom Ahmedov shuningdek, oliy ligada 12ta jamoa qolishi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi. 

"Oliy ligada 12ta jamoani qoldirish menimcha o'zini oqlamaydi. Bizda 34 million aholi bor, shunday ekan, qanday qilib 12ta jamoa qoldirish mumkin? Qolaversa, bizning chempionat Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'izistonniki bilan bir xil emas. Oliy ligada kamida 16ta klub bo'lishi kerak. Xorazm va Qoraqalpog'istondan ham bittadan jamoalar bo'lishini istardim. Menga qolsa, 18ta jamoa bo'lsayam mayli. Negaki futbol O'zbekistonda birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. Ammo 12ta jamoani qoldirish to'g'ri qaror bo'lmaydi". 

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика