Islambek Seytnazarov: "So'g'diyona"ning o'yini o'xshamadi"
08 apr 2022 22:35
Yangiliklar
Islambek Seytnazarov: "So'g'diyona"ning o'yini o'xshamadi"
"Aral Samali" sport direktori Islambek Seytnazarov O'zbekiston Kubogi 1-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- "Aral-Samali"ga O'zbekiston Kubogida o'z oldiga qo'ygan maqsadi qanday?
- O'yinni ko'rdingiz, yomon emas. Mavsumda ko'p ham o'yin o'tkazmadik, futbolchilarda amaliyot etishmayapti. "So'g'diyona" kuchli jamoa, hali OFK Kubogida ishtirok etishi kerak. Bunday raqiblar bilan o'yinlarda nimalarnidir o'rganishimiz kerak. Hali Nukusda ham o'yinimiz bor. U erda muxlislarni xursand qilishni istaymiz.
- "So'g'diyona"dan qanday o'yin kutgandingiz?
- Raqiblar bugun unchalik yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Tarkibida tajribali futbolchilari ko'p. "So'g'diyona" Superligada kamida 3 yoki to'rtinchi o'rinda bo'lishi kerak.
O’xshash yangiliklar
13:03
Timur Kapadze: "Birgalikda kuchli bo'lib kerakli natijani qo'lga kiritamiz, boshqa yo'limiz yo'q" 101
12:41
Islom Ismoilov: "Qurada raqibning ahamiyati yo'q edi, qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman" 5
Fikrlar