Isko va "Sevilya" o'rtadagi shartnomani bekor qiladi
20 dek 2022 20:23
Yangiliklar
"Marca" xabariga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida klub yarim himoyachi bilan shartnoma bekor qilinganligini elon qiladi. Avgust oyida "Sevilya"ga o'tgan xavbek klub bilan 2 mavsumlik shartnoma imzolagandi.
Oldinroq futbolchi klub sport direktori Ramon Monchi bilan janjallashib qolgani borasida malumotlar tarqagandi.
Andalusiya klubi tarkibida Isko barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, 1 gol va 3 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar