Isko "Real" bilan shartnomani uzaytirmaydi
08 fev 2021 18:23
Yangiliklar
Isko "Real" bilan shartnomani uzaytirmaydi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko kelajagi borasida qaror qabul qildi.
28 yoshli futbolchi yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. SHartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan xavbek klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Iskoning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan klublar orasida "Arsenal" (London), "Sevilya" va Milanning "Inter" klublari bor.
Isko 2013 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qiladi. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar