Ishqibozlar Argentina terma jamoasining JCH-2014 arafasidagi mashg'ulotini to'xtatib qo'yishdi
12 iyu 2014 11:05
Yangiliklar
Ishqibozlar Argentina terma jamoasining JCH-2014 arafasidagi mashg'ulotini to'xtatib qo'yishdi
Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati arafasida o'nlab ishqibozlar maydonga yugurib chiqib, Argentina milliy terma jamoasining mashg'ulotini to'xtatib qo'yishdi.
Bu haqda, mahalliy nashrlarga asoslanib, ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, ishqibozlardan biri hujumchi Lionel Messi oldida tiz cho'kib, uning oyog'ini o'pishga harakat qilgan.
Hujumchi kulib, qo'riqchilar tartibbuzar ishqibozni maydondan olib chiqib ketgunlaricha uni quchoqlab, unga o'z futbolkasini sovg'a qilishga ulgurgan.
Bundan tashqari, ishqibozlar futbolchilar mashg'ulot vaqtida foydalanayotgan to'plardan birini ham olib qo'yishgan.
Malumot uchun, JCH-2014 guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Eron, Nigeriya hamda Bosniya va Gercegovina terma jamoalariga qarshi to'p suradi.

Fikrlar