Iqtisodchi "Barselona"ning moliyaviy muammolari haqida gapirdi

Alisher
15 okt 2020, 11:08
Iqtisodchi Mark Siria "Barselona"ning moliyaviy muammolari haqida gapirdi.

"Barsa" Espai Barca loyihasiga kredit oldi va bu mablag' infrastrukturasini kuchaytirishga yo'naltirilish uchun olingan edi. Ushbu mablag' orqali kataloniyaliklar o'yinchilarning maoshlarini bir qismini to'lamoqchi, bank esa bundan norozi.

Qarzga koronavirusning ta’siri? Bu yolg'on. Pandemiyaga qadar "Barselona"ning qarzi 740 million evroni tashkil etardi, hozir esa bu miqdor 820 millionga oshdi. Qarzdagi muammo shuki, u to'lanishi kerak. Bu shuni anglatadiki, ularda ish haqi uchun pul yo'q", - deydi iqtisodchi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS