So’nggi yangiliklar

13:33Иско жиддий жароҳат олди  0 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  3 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  1 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  6 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  6 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  4 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  4 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  37 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0

Intervyu. Jerom Boateng: “G'alabalarga tashnaman” Yangiliklar

Intervyu. Jerom Boateng: “G'alabalarga tashnaman”

Teglar :  BavariyaBoateng
4 yilda 9 sovringa ega chiqqan himoyachi Jerom Boateng hamon ko'proq muvaffaqiyatlarni xohlaydi.

26 yoshli futbolchi jahon chempioniga aylanib ulgurgan va klub miqyosida barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan. “Bavariya” rasmiy saytiga bergan intervyusida AQSH sayohati, Xitoy turnesi va masuliyatni bo'yniga olish to'g'risida to'xtalib o'tdi.

- Jerom, bir necha kun oldin Bastian SHvaynshtayger jamoa bilan xayrlashdi. Uning ketishini qanday qabul qilding?

- Agar bir futbolchi bilan ko'p vaqt davomida klub va terma jamoada birga o'ynasang, u bu erda boshqa yo'qligi sen uchun g'alati bo'ladi. Basti ajoyib o'yinchi va yaxshi inson. U ko'p sovrinlar yutdi va jamoaga foyda keltirdi. Endi u elkasida olib yurgan masuliyatni o'zimizga taqsimlash jamoa sifatida bizga juda muhim. Mavsumni yaxshi boshlab olish biz uchun katta ahamiyatga ega. SHunga imkon qadar harakat qilishimiz darkor.

- Sening bo'yningda ham masuliyat turadimi?

- Men ham buni qilishim zarur. Buni istayman va uddalay olaman.

- “Bavariya”da 5-mavsumni kutyapsan. Bu vaqt ichida qanchalik o'zgarding?

- Ko'p narsalar o'zgardi. Men futbolchi va inson sifatida ulg'aydim. Bu erda o'z uyimni topdim.

- Oxirgi ikki yilda eng yaxshi himoyachilardan biriga aylanding. Yana o'sish uchun imkoniyat etishini sezyapsanmi?

- Ha, yana bor. Bu jamoaga ham bog'liq. Saviyani jamoa foydasi uchun oshirib borish kerak.

- O'rnak uchun misol bormi?

- Hozir kumirim yo'q, lekin bir qator himoyachilar o'yinlarini kuzatib boraman. Masalan, Serxio Ramos, Tiago Silva, Jorjio Kellini, Leonardo Bonuchchi … Yana bazilaridan turli narsalarni ko'rish mumkin. Faxriy o'yinchilar tezkor emas, lekin taktik jihatdan aqlli o'ynashadi. Ular kuzatish uchun juda qiziq.

- Senda tezlik bilan bog'liq muammo bor.

- Hozircha yo'q (kuladi). Biroq bazida surat tushadi va o'shanda taktika evaziga o'ynash lozim.

- Senda g'alaba va raqobatga bunday tashnalik qaerdan?

- Hammasi oddiy. Sevimli ishim bilan shug'ullanaman – futbol o'ynayman. Afsuski, umrim davomida bunday qilolmayman. Qachondir o'sha yillarda ko'proq narsalarga erisha olishim to'g'risida o'ylashni yoqtirmayman.

- Bir yil avval jahon chempionatida zafar quchding. Bu voqeani baholash uchun oradan etarlicha vaqt o'tdimi?

- Bu g'alabaning buyukligini o'zim uchun tezda tushunib etdim. Lekin birorta o'yinni qaytadan ko'rib chiqmadim. 2 yildan keyin xotirjam sharoitda bazi uchrashuvlarni ko'raman. Boshimda jahon chempioni ekanimni unutmayman. Ko'proq bu haqida menga odamlar eslatib turishadi.

- Tatil paytida to'p bilan tez-tez shug'ullandingmi?

- Bir marta Nyu-Yorkda va yana bir safar do'stlarim bilan o'ynaganimda, ko'p emas. Ataylab to'p bilan ishlamadim. Yozda futboldan dam olishni xohladim, basketbol va tennis o'ynadim.

- Basketbolda sen MBA yulduzi Dennis SHryoderga chorlov tashlading. Bu qanday ro'y berdi?

- Tasodifan. Do'stlarimdan biri tatilda to'pni sakrab savatga tashlaganimni videoga oldi. Keyin esa biz Dennisga murojaat qildik. SHunday holat ro'y berdi.

- Kim g'alaba qozondi?

- Men. Uning so'nggi videosi zerikarli bo'ldi, uni elon qilmasa ham bo'lardi (kuladi).

- Yozdan marketing borasida samarali foydalanding. Sen amerikalik reper “Jay-Z” bilan shartnoma tuzding. Musiqa biznesiga ketishga qaror qildingmi?

- Yo'q, men sportda qolaman. “Jay-Z” sportga qiziqadi, uning kompaniyasi 2-3 yil avval faqat musiqachilar emas, balki sportchilar bilan ham shartnoma tuzishni boshlagan. Menga undan taklif tushdi va buni ajoyib deb hisobladim. Yangilikka boqishni istadim. Marketing va piar borasida amerikaliklar Evropadan ikki kalla yuqorida.

- Qanday hamkorlik qilishni rejalashtirdinglar?

- Har hafta AQSHga ucholmayman, faqat mavsumlar oralig'ida buni amalga oshiraman. U erda bo'lganimda marketing va xayriya tadbirlarida ishtirok etaman, yangi homiylar izlaymiz.

- Soch turmaging bilan nima sodir bo'ldi?

- Sartaroshim xitoylik. U erda juda issiq. SHu sababli tez-tez cho'milib turamiz va har safar turmagimni to'g'rilashga xohim yo'q (kuladi).

- SHvaynshtayterga qaytsak. “Bavariya”dagi 17 yildan keyin uning ketishini qanday tushundingiz?

- Bu tushunarli qaror. U ko'plab sovrinlarga ega chiqdi, cho'qqiga etdi.

- U Angliyada nimaga tayyor bo'lishi lozim?

- Hakamlar har bir qoida buzilishida hushtak chalmasligiga. Deyarli chalishmaydi, to'g'rirog'i. O'yin tezroq kechadi. Unga ko'nikishga vaqt ketadi, lekin Basti yuqori saviyadagi futbolchi. U jamoa o'yinida o'z qo'lini qoldira oladi.

- OAV etiborini Germaniya bilan solishtirganda qanday?

- Inglizlar keskinroq, albatta. U bunga tayyor turishi kerak. Yoki yaxshi o'ynaysan, yoki ular seni tanqid qilishadi.

- Nemis afsonasini ingliz ishqibozlari qabul qilishadimi?

- Angliyada muxlislar to'g'ri munosabat bildirishadi, ular Bastini yaxshi qabul qilishadi. Umid qilamanki, bu SHvaynshtayger uchun ajoyib tajriba bo'ladi.

Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика