Vensan Kompani: "Oldimizda Chempionlar Ligasining favoritlaridan biri bilan sinov turibdi"
04 noy 09:55
Yangiliklar
Vensan Kompani: "Oldimizda Chempionlar Ligasining favoritlaridan biri bilan sinov turibdi"
Kompani o'z jamoasining raqibi haqidagi taassurotlarini bayon etar ekan, PSJning jamoaviy uyg'unligi va individual mahorat darajasiga yuqori baho berdi. Uning so'zlariga ko'ra, faqat bir futbolchiga emas, balki butun jamoaning kuchiga etibor qaratish kerak.
"Men ularning jamoaviy ruhi, to'pni tortib olishdagi mahorati va har bir o'yinchining individual mahoratidan juda taassurotlandim. PSJ doimo jahon darajasidagi futbolchilarga ega bo'lgan. Bizda ham shunday sifatlar bor va shuning uchun bu o'yin juda qiziqarli bo'ladi", — dedi Kompani.
"Biz o'zimizga ishonishimiz va bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz zarur. Oldimizda Chempionlar Ligasi g'oliblari va turnirning bosh favoritlaridan biri bilan sinov turibdi", — deya qo'shimcha qildi belgiyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar
Душманни яксон к,ил