So’nggi yangiliklar

01:52Голларга бой ўтган баҳсда «Бавария» ва «Реал Мадрид» ўзаро дуранг ўйнади  210 00:59"Интер" чемпионлигини нишонламоқчи бўлган мухлис парадга кўк сигир етаклаб чиқди  2 00:32Жака мураббийликда ўзини синаб кўрмоқчи  0 00:15Жоржиньо "Арсенал" билан шартномани узайтирмоқчи  0 23:48"Барселона" "Реал" собиқ футболчиси билан алоқага чиқди. Мадридликлар уни қайтаришни хоҳламади  2 23:23"Clash of Clans" видеоўйинида Холанд қиёфаси пайдо бўлади  6 23:00ЕЧЛ. "Бавария" — "Реал". Таркиблар маълум  29 22:46Рюдигер: "15 ёшга қадар тўшагимни ҳўллаб чиқардим. Бунинг уяладиган жойи йўқ"  7 22:29Эрон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши ўртоқлик учрашуви ўтказмоқчи  0 22:14"Ланс" марказий ҳимоячиси клубдан кетиши мумкин  4 21:30АПЛ клуби мураббийи клипда суратга тушди  0 21:13"Ал Иттиҳод" Бензема, Фабиньо ва яна 4 нафар футболчи жароҳат олганини эълон қилди  0 20:46АПЛда энг кўп маош тўлайдиган клублар рейтинги эълон қилинди  5 20:29Карло Анчелотти: "Менинг "Бавария"дан ўч олиш ниятим йўқ"  11 20:02"Бавария"нинг 5 нафар футболчиси "Реал"га қарши ўйинда майдонга тушмаслиги мумкин  9

Intervyu. Umar Adhamzoda: "Biz bitta oila edik. Men "Neftchi" muxlisi bo'lib qolaman" Yangiliklar

Intervyu. Umar Adhamzoda: "Biz bitta oila edik. Men "Neftchi" muxlisi bo'lib qolaman"

"Paxtakor" bir necha kun oldin "Neftchi" futbolchisi Umar Adhamzoda bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

Farg'onaliklar safidagi ajoyib o'yinlari bilan ko'pchilikning etiborini tortgan Umar Adhamzoda faoliyatini poytaxt bilan bog'lashga qaror qildi. Mazkur mavzu yuzasidan futbolchi bilan suhbatlashdik. 

- Umar, keling dastlab futbolga kirib kelishingiz tarixi bilan o'rtoqlashsangiz. Ko'pchilik sizni "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi, deb o'ylaydi. "Neftchi"gacha bosib o'tgan yo'lingiz haqida gapirib bering...

- Futbolga kirib kelishim haqida gapiradigan bo'lsam, Toshkentdagi CHilonzor tumanida "Paxtakor"ga qarashli filialida ilk qadamlarni tashlaganman. 

- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan? Qaysi murabbiylardan qanday xislatlarni olgansiz?

- U erda Abdusattor Rahimov qo'l ostida 1 yildan ko'proq vaqt davomida shug'ullandim. So'ng "Paxtakor" akademiyasiga yo'l olganman. Akademiyada Linur Irkinovichdan futbol sir-asrorlarini o'rganganman. 2017 yilda "Lokomotiv"ning ikkinchi ligadagi jamoasiga jalb qilishdi. Yuriy Yurevich qo'l ostida yarim yil o'ynaganimdan so'ng Vazgen Ignatevich boshchiligidagi o'rinbosarlar tarkibiga o'tdim. Katta futbolga kirib kelishimda ushbu murabbiyning hissasi katta bo'lgan. 2019 yil boshida Timur Kapadze bilan ham ishlashga muvaffaq bo'ldim va ikkinchi davrada Farg'onaning "Istiqlol" jamoasida ijara asosida to'p tepdim. SHundan so'ng ayrim sabablarga ko'ra, "Lokomotiv" bilan xayrlashdim, deya olaman. 

- "Neftchi"ga kelib qolishingiz qanday bo'lgan?

- "Istiqlol" moliyaviy sabablarga ko'ra yopildi. Bu paytda esa "Neftchi"dan taklif kelib tushdi. Deyarli 3,5 yilni shu jamoada o'tkazganimdan baxtiyorman, chunki "Neftchi" o'zbek futbolida o'z o'rniga ega klub.

 

- 2019 yil "Lokomotiv"da Kapadze bilan qisqa vaqt ichida ishlash qanchalik foydali bo'lgan?

- Kapadze har bir mashg'ulotga yangi g'oyalar bilan kelardi. SHunchaki ajoyib edi. Uning boshchiligida ko'pchiligimiz o'sishga erishdik. 

- "Neftchi"dagi birinchi mavsumingiz muvaffaqiyatsiz kechgandi. Xususan, 2020 yil "Turon" bilan kechgan "jang"da imkoniyat boy berildi. O'sha pallada ichingizdan nimalar o'tgan?

- O'sha mavsum "Neftchi" uchun og'ir o'tgan. "Turon" bilan o'yinda barchasi o'z qo'limizda edi. Superligaga bir qadam qolgandi. Bir lahzada barchasi o'zgarib ketgan. Demak nasib qilmagan ekan.  

- Vitaliy Levchenkoga qanday tarif berasiz? Ushbu mutaxassis jamoani o'zgartira oldimi?

- Vitaliy Levchenko bilan 1,5 yil ajoyib o'tdi. O'zining qarashlariga, uslubiga ega mutaxassis. SHuni aytishim kerakki, jamoani bir oilaga aylantira oldi. Talabchan murabbiy. Albatta men ham, klub ham ijobiy manoda o'sishga erisha oldi. Buni natijalar yildan-yilga yaxshilanib borayotganidan sezish qiyin emas. 

- "Paxtakor" taklifi haqida...

- Mavsum yakunlanganidan so'ng ko'plab takliflar bor edi. "Paxtakor" bu jamoalar orasida oldiga yuqori maqsad qo'ygani bilan ajralib turdi. Faoliyatimda yanada o'sishga erishish uchun ham "Paxtakor" taklifida to'xtaldim. 4 yilga yaqin vaqt davomida oilamdan uzoqda bo'ldim. "Neftchi"ni tark etish qiyin edi. Biz bir oila edik. Oiladan ketish doim oson bo'lmagan. Men har doim "Neftchi" muxlisi bo'lib qolaman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика