So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

Intervyu. SHavkat Saidov: "Yana yangiliklarimiz bor" Yangiliklar

Intervyu. SHavkat Saidov: "Yana yangiliklarimiz bor"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi birinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazdi.

Turnir jadvalida so'nggi o'rinda borayotgan klub amalda yangi qon va o'zgarishlarga extiyoj sezayotgandi. Yozgi tanaffus vaqtida bosh murabbiy lavozimiga Grigoriy Kolosovskiy tayinlandi. Bundan tashqari tarkibda ham ayrim yangiliklar ro'y bermoqda. "Metallurg" kecha Toshkentda "Olimpik"ka qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng klub bosh direktori SHavkat Saidovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Mavsumning dastlabki qismi muvaffaqiyatsiz o'tganiga qanday sabablarni keltirasiz? 

- Birinchi davrani o'zingiz kuzatdingiz yomon o'ynamadik. Ko'pchilik mutaxassislar ham bu borada o'z fikrlarini bildirdi. Tahlillar va statistik malumotlarga ko'ra, ko'p uchrashuvlarda ustunlik ham qilganmiz. Asosan 70-75 daqiqalardan so'ng darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yaratilgan. O'tkazib yuborgan gollarimiz ham shu daqiqalarga to'g'ri kelmoqda. Bu esa jismoniy tayyorgarligimiz meyorida bo'lmaganidan dalolat. "Catapult" natijalari shuni ko'rsatyaptiki, jamoaning kuchi 70-75 daqiqaga etmoqda. Oxirgi 10-15 daqiqada oddiy gollarni o'tkazib yubordik. Mavsum boshida "Lokomotiv", "Surxon", "Dinamo" bilan so'nggi daqiqalarda diqqatni yo'qotdik. Vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimizni ham aytishim mumkin. O'yin tomonlama "Olimpik", "Dinamo", "Surxon"ga yutqazdik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Ikkinchi davrada jamoaga yangi qon kerakligi sababli murabbiyni o'zgartirdik. 

- Futbolda selekciyaning ham o'rni katta. Aynan to'g'ri selekciya va futbolchilarning tanlovi natijada muhim rol o'ynaydi. Qishda jalb qilingan futbolchilar qanchalik o'zini oqladi?

- Selekciya klubning byudjetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Biz 3 ta himoyachi sxemasiga mos ravishda yangi futbolchilarni jalb qilgandik. Ahamiyat bergan bo'lsangiz mudofaa chizig'ida ko'proq tajribali futbolchilarga ishondik. Ular Davron Ergashev, Rizo Yazdando'st, Abbos Otaxonov, Ivan Yosovich. O'rta chizig'imizda barqarorlik etishmadi. Aniqroq aytsam Zabihillo O'rinboevning o'rnini to'ldiradigan etakchi yo'qligi bilindi. Umuman olganda 80-85 foiz yigitlarimiz uzoq yildan beri o'ynab kelayotgan tajribaga ega edi. 

- Yozgi transferlar oynasida jamoani tark etgan futbolchilar yangi murabbiyning taktikasiga va xohishiga ko'ra ro'y berdimi yoki ularning o'rniga kuchli futbolchilar chaqirilishi tufaylimi?

- Yangi murabbiy bilan maslahatlashgan holda o'yin falsafamizni o'zgartirmoqdamiz. SHunga ko'ra ayrim poziciyalarda 3-4 nafardan futbolchi bo'lib qolyapti. Ular o'yin amaliyotisiz qolib ketmasligi tufayli shunday qarorga keldik. Jorjevichni omadi kelmadi deyishim mumkin. Unga ishongandik. Rizo oilaviy sabablarga ko'ra tark etdi. Abbos Otaxonovga xorijdan yaxshi taklif bor edi. Yoshini inobatga olgan holda legionerga aylanishiga qarshilik qilmadik. Yangilardan Asadbek Sobirjonovni oldik. "Paxtakor"dan ijaraga yoshlarni oldik. Yana yangiliklarimiz bor.

- Grigoriy Kolosovskiydan tashqari murabbiylikka nomzodlar orasida yana kimlar bor edi?

- Bu mavzuni rahbariyat bilan chuqur o'yladik. Vesko Steshevich bilan xayrlashganimizdan so'ng 3-4 nafar murabbiy nomzodini taklif qildik. Dastlab yoshlar bilan ishlaydigan va juda katta mablag' ketmaydigan mutaxassis bilan ishlash varianti bor edi. Deylik, Ravshan Haydarov, Server Jeparov nomzodlarini ko'rib chiqqandik. Tajribali murabbiylardan Viktor Kumikov, Aleksandr Xomyakov, Ulug'bek Bakaev singari nomlar ham yo'q emasdi. Bu orada Samvel Babayan "Navbahor"dan ketgani haqida xabar chiqdi. Yakunda o'ylab Grigoriy Kolosovsiyda to'xtadik. U muntazam va uzluksiz ish faoliyatida bo'ldi, Pro licenziyasi bor. Tajribasi yuqori. Doim o'z oldiga yuqori maqsadni qo'ygan jamoalarda assistent sifatida faoliyat olib borgan. Nima bo'lganda ham ikkinchi davrada har bir o'yin biz uchun finaldek o'tadi. Ortga yo'limiz qolmagan va faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика