So’nggi yangiliklar

12:55Артета: "Бизни ҳақиқий марафон кутиб турибди"  1 12:33Танташев ФИФА семинарида  1 12:18Про лига қачон бошланиши эълон қилинди  0 11:59Оғир жароҳат олган Лофтус-Чикка операция керак бўлади  1 11:37"Динамо" бугун Самарқандда йиғилади  1 11:15Жаҳонгир Жиямуродов — "Гулистон" бош директори  0 10:51Раҳимжон Давронов: "Кутганимиздан ҳам аъло даражада бўлди"   1 10:25"Реал Мадрид"нинг яна бир футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқди  0 10:00Флик: "Мен кўрмоқчи бўлган нарса шу эди"  3 09:36"Мен ишлаган энг профессионал ўйинчилардан бири". Анчелотти — Роналду ҳақида  0 09:10"Арсенал" ушбу натижага тарихда илк бор эришди  0 08:44"Шикоят қилмасинлар". "Барселона" президенти Лапорта — "Реал"нинг "Осасуна"дан мағлубияти ҳақида  9 08:17Гвардиола нима учун Диашнинг ўрнига Ҳусановни туширганини тушунтирди  7 07:50Элдор Шомуродов Италияда  18 07:23"Ғазалкент" "Зенит" академияси тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  3

"Metallurg" "Yosovich ishi"ni hal qilmoqda Yangiliklar

"Metallurg" "Yosovich ishi"ni hal qilmoqda

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Jamoa sobiq futbolchisi Ivan Yosovich 2025 yilda maoshining malum qismini, davolanish uchun sarflangan mablag' hamda aviachipta xarajatlarini klub qoplab bermagani tufayli FIFAga ariza yuboradi.

Ishni o'rganib chiqqan xalqaro tashkilot 2025 yil 16 aprel kuni futbolchi foydasiga qaror chiqaradi. Biroq o'sha davrlarda klub faoliyati to'xtatilgani sababli masala ochiq qoladi.   

Natijada FIFA tartib intizom qo'mitasi mazkur holat yuzasidan 2025 yilning 10 iyul sanasida qarorni bajarmagani uchun klubga nisbatan yangi futbolchilarni navbatdagi uchta transfer oynasi davrida hamda muammo hal etilmagan taqdirda, undan keyingi transfer oynalarida ham ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yadi.

Xabaringiz bor, malum tanaffusdan keyin joriy yilning 23 yanvar sanasida Bekobod klubi qayta tiklangani rasman elon qilindi.    

Qisqa fursatda klub rahbariyati va mutasaddilari ushbu holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishdi va futbolchi bilan to'liq hisob-kitob qilinib, FIFAga tegishli xat yuborildi.

Endilikda FIFA klubdan transfer bo'yicha cheklovni rasman olib tashlashi kutilmoqda", – deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq "Metallurg" Pro liga talablarini bajarish ustida ishlayotgani malum qilingan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
02 fev 23:24:16
TEMUR
Qancha toʻlov qilishgan
   
02 fev 22:35:15
Zohidjon Usarov
Бизникилар узбекча фикр юритишдан воз кечиш керак футболчи шунча пул олиб арзимаган расходлардан кечиб юборади деб уйлашган.
   
02 fev 19:45:59
Каримов
Карзинг булса тулаб куй.Олам гулистон.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика