So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Intervyu. Ro'ziqul Berdiev: "Hozircha “Nasaf”dan ketish niyatim yo'q" Yangiliklar

Intervyu. Ro'ziqul Berdiev: "Hozircha “Nasaf”dan ketish niyatim yo'q"

“Nasaf” uchun ushbu mavsum yanada muvaffaqiyatli bo'ldi. Ayniqsa, O'zbekiston Kubogining nihoyat qo'lga kiritilishi qashqadaryoliklar uchun katta bayram bo'ldi.

Odatdagidek, bu safar ham chempionatda bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Bunda bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievning o'rni alohida. Jamoaning o'yinida murabbiyning “imzosi” borligi yaqqol ko'rinib turibdi. Ushbu mutaxassis bilan gaplashish niyatida yurgandik. U esa mavsum tugaganidan keyin gaplashishni vada bergandi. Kuni-kecha ushbu murabbiy bilan mavsum yakunlari va yana ayrim qiziqarli masalalarda suhbatlashdik.   

“Kubok biz uchun asosiy maqsad edi”


- Bu yilgi mavsum biz uchun kutilganidan-da yaxshiroq o'tdi deb o'ylayman, - deydi, Ro'ziqul Sadullaevich. - Tarixda birinchi marta muxlislarimiz orziqib kutgan O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdik. CHempionatda esa o'z o'rnimizni saqlab qolishga urindik va buning uddasidan chiqdik. To'qqizinchi bor bronza medalini qo'lga kiritganimiz jamoamizning mavqei barqarorligidan dalolat beradi. SHuningdek, Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichida ham qatnashdik. Keyingi bosqichga chiqish asosiy vazifamiz edi-yu, ammo buni bajara olmadik. SHunga qaramay, ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarga yoqdi. Xalqaro o'yinlar yoshartirilgan tarkibimiz uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. Umuman, mavsum davomida ko'rsatgan o'yinlarimiz tufayli imkoniyatimiz yuqoriligini namoyish qila oldik. O'yinchilarimizning tajribalari oshib, ular ruhan kuchli o'yinchilarga aylanishyapti. Bizda chempionlik uchun ham yaxshi imkoniyat bor edi. Kubokni qo'lga kiritganimizdan keyin yigitlarimizda ishtiyoq pasayganini ko'rdik, buni tan olishimiz kerak. O'z maydonimizda “Bunyodkor” bilan 0:0 hisobida durang o'ynaganimizdan keyin chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdik.


- “Nasaf” beshinchi urinishida Kubokni qo'lga kiritdi. Mavsum boshidayoq jamoaning asosiy vazifasi chempionlik emas, balki Kubokni yutish ekanligi oydinlashib qolgandi. Balki men adashayotgandirman, lekin shaxsan menda shunday taassurot uyg'otdi.
- Albatta, men ham fikrlaringizga qo'shilaman, siz to'g'ri gapiryapsiz. Jamoamiz bilan ichki yig'ilishda asosiy maqsad Kubok uchun kurashish ekanligi haqida kelishib olgandik. Bor etiborimizni aynan Kubok musobaqasiga qaratdik. Yigitlarni ruhiy tomondan avvalo shu sovringa tayyorladik. Tarixiy g'alabaga erishish uchun qo'limizdan kelgan hamma ishni qilishga tayyor edik. Ishqibozlarimiz bizdan Kubokni kutishayotgandi. SHuning uchun uni qo'lga kiritishga har tomonlama tayyor edik.  

- CHempionlik bilan Kubokni solishtirganda qaysi biri muhimroq edi?
- Biz uchun qo'lga kiritgan ushbu yutug'imiz muhim. Bilasiz, har yili oldimizga yuqori maqsadlar uchun kurashish vazifasi qo'yiladi. Agar o'sishda davom etib, har tomonlama rivojlanaversak, albatta chempionlik uchun ham kurashamiz.

-  “Nasaf”da ishlab ketgan murabbiylarning hech biri Kubokni yuta olishmagandi. Faqat mahalliy murabbiy sifatida siz jamoani ushbu sovrin sari etaklab keldingiz...
- Ha, “Nasaf”da bir qator xorijlik mutaxassislar ham ishlab ketishdi. Ularning oldiga ham qandaydir maqsad va vazifalar qo'yilardi. Afsuski, klubda ishlaganlarning hech biri Kubokni qo'lga kirita olishmadi. Albatta, shu paytga kelib “Nasaf” bilan ushbu sovrinni yutganimizdan juda ham xursandmiz. Bu nimani anglatadi? Jamoamiz borgan sari rivojlanib boryapti. Murabbiylar esa ishlashda davom etishyapti. Bundan yutuqqa erishishimiz o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. Bu bitta mening g'alabam emas, murabbiylar shtabining ham katta hissasi bor. Demak, biz to'g'ri yo'nalishda ish olib boryapmiz. 

- Nima deb o'ylaysiz, O'zbekiston Kubogi qo'lga kiritilishi bu murabbiy sifatida sizning tashrif qog'ozingizga aylandimi?
- Har bir murabbiy sovrinlarni qo'lga kiritishni xohlaydi. SHuningdek, istalgan murabbiy qo'l ostida yaxshi saviyadagi o'yinchilari bo'lishini ham istaydi. Biz esa mana shunday narsalarga oz-moz bo'lsa-da erishdik.O'yinchilarimiz ham o'sishga erishishyapti va bu orqali imkoniyati yuqoriligini ko'rsatib qo'ydik. Bundan keyin bizdan faqat mana shunday natijalar talab qilinadi. Bu esa masuliyatni yanada oshirishi turgan gap.



“Hozircha “Nasaf”dan ketish niyatim yo'q”

- Kubok siz uchun tashrif qog'oziga aylandimi, degan savolni bejizga bermagandim. SHundan so'ng sizga Eronning “Traktorsozi” jamoasidan jiddiy qiziqish bo'lganligi haqida malumotlar tarqaldi.
- Bu xabar chindan ham rost. To'g'ri, bu masalada o'zimga hech kim murojaat qilgani yo'q. Ammo menga malum qilishlaricha, Eron matbuotida ham “Traktorsozi”ning menga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan. Albatta, murabbiyga ishlash uchun xorijdan taklif bo'lishi bu yoqimli holat. Lekin hozircha “Nasaf”dan ketish niyatim yo'q.

- Demak, siz eronliklarning taklifiga jiddiy etibor bermadingiz...
- Jiddiy etibor bermaganimga kelsak, shaxsan menga ularning o'zlari murojaat qilishgani yo'q. Bundan tashqari chetga chiqib ishlashga hali hujjatlarim ham yo'q. Yani, “Pro” licenziyasiga ega emasman. Ayni paytda “Nasaf”da olib borayotgan ishimdan qoniqyapman. Buning ustiga rahbariyat ham ishimizdan qoniqish hosil qilmoqda. SHu bois klubdan ketishimga hojat ko'rmayapman.

- Hayotda hamma narsa bo'ladi. SHuning uchun “Pro” licenziyasi siz uchun foydali bo'lsa kerak...
- Albatta, “Pro” licenziyasini olish rejamda bor. Bizda ham murabbiylarga nisbatan talab kuchayadi. Eshitishimcha, bir-ikki yildan so'ng o'zimizda ham mahalliy murabbiylarda “Pro” licenziyasi bo'lmasa ishlay olmaydi. Buni to'g'ri qabul qilaman, murabbiy o'qib tajribasini yanada oshirishi lozim.



“Qarzdorlik haqida yozishingiz shart emas”

- Yana bir gap: Yil davomida klubda moliyaviy muammolar borligi haqida eshitib turdik, hattoki, o'zingiz ham bu haqida aytgansiz. Lekin bu kabi holatlar jamoa o'yiniga zarracha ham tasir ko'rsatmadi. Buni qayd etilgan natijalar ham ko'rsatib turibdi. Demoqchimanki, moliyaviy muammolar paytida qanday qilib jamoani bir maqsad yo'lida birlashtira oldingiz?
- Inkor etmayman, rostdan ham muammolarimiz bor. Moliyaviy sharoitimiz oldingidek emasligi haqiqat. Nazarimda, buni hozirda hamma bilsa kerak. To'g'risi, ayni paytda ham futbolchilarimiz oldida qarzdorliklarimiz bor. Lekin rahbariyat bu masala ustida ishlayapti. Hech qachon futbolchilarning pullari qolib ketmaydi va hammasiga to'lanadi. Bizda oldin ham qarzdorliklar bo'lgan. Ammo oylik va mukofot pullari keyinchalik berilgan. Futbolchilarda klubga bo'lgan ishonch katta. Biz asosiy maqsad sifatida pulni birinchi o'ringa qo'ymadik. Nimadir yutish istagida bo'ldik. Tarkibimizdagi o'yinchilarimizning hech birida OFK Kubogi sovrinidan boshqa sovrin yo'q edi. SHu sababli barchamiz O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish yo'lida birlasha oldik. Buning siri mana shunda. Kubokni yutish istagi juda katta bo'ldi. SHuning uchun hech bir o'yinchi moliyaviy holatni birinchi o'ringa qo'ygani yo'q.

- Siz bilan o'tgan yilning oxirida gaplashganimizda etakchi futbolchilarni saqlab qolish qiyin bo'lyapti degandingiz. Yakunda esa ularni bir amallab klubda saqlab qoldinglar. Mana, yana bir bor oldingizda shunday muammo turibdi. Hozirdan bu masala haqida o'ylayapsizmi?
- Asosiy maqsadlarimizdan biri tarkibdagi o'yinchilarni saqlab qolishdan iborat. Siz to'g'ri savolni berdingiz. Har doim bunday davom etishi mumkin emas. Futbolchilarning asosiy mablag'i futbol orqalidir. Yangi mavsumda yana Osiyo CHempionlar ligasida o'ynaymiz. SHu sababli ixtiyorimizdagi o'yinchilarni rozi qilgan holda ular bilan shartnomalarni uzaytirish niyatidamiz. Ayni paytda bir qator o'yinchilarimizga yaxshi jamoalardan takliflar bo'lyapti. Hatto o'zimizga ham futbolchilarimiz borasida murojaat bilan chiqishyapti. Ammo biz o'z o'yinchilarimizni o'zimizda olib qolishni xohlaymiz.



 
“Babayan eng yaxshi murabbiylikka asosiy nomzod” 

- Tarkibda qaysi poziciyalarni kuchaytirmoqchisiz?
- Tarkib o'zagini saqlab qolgan holda yana 4-5 ta yangi o'yinchi bilan jamoamizni kuchaytirish niyatimiz bor. Biz uchun xorijdan malakali futbolchini olib kelish qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Hujum chizig'ini, qanot yarim himoyasini kuchaytirishga harakat qilamiz.

- Bu yil “Nasaf” bilan uchinchi o'rinni va Kubokni qo'lga kiritdingiz. Tez orada yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlanadi. Bu haqida ham qiziqyapsizmi?
- Har qanday murabbiy ham shaxsiy sovringa ega bo'lishni istaydi. Lekin asosan jamoamning o'yiniga baho berishsa xursand bo'lardim. Bu men uchun muhim.

- Bungacha eng yaxshi murabbiy nomiga erishgansiz. Ikkinchi marta yana shunday mukofotga ega bo'lishni xohlayapsizmi?
- (Kuladi) To'g'risi, yurtimizda yaxshi murabbiylar ko'p. Albatta, agarda meni tengsiz deb topishsa bundan xursand bo'laman. Lekin bu narsaga erishishni kutayotganim yo'q. Jurnalistlar va mutaxassislar baho berishadi.

- O'zingizga qolsa, kimni eng yaxshi murabbiy deb aytgan bo'lardingiz?
- Buni yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Yaxshi natijaga erishayotgan murabbiylarimiz ham bo'lyapti. Milliy terma jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmayapti. Samvel Babayan “Paxtakor” va terma jamoada yaxshi natijalarni ko'rsatyapti. U asosiy nomzodlardan biri. Ishdan ketgan bo'lsa ham Sergey Lushan “Bunyodkor”da yomon ishlamadi. U ham yaxshi mutaxassislar qatorida. Vadim Abramov haqida ham shunday degan bo'lardim. Albatta, men baho bera olmayman. Ammo bizda chindan ham yaxshi murabbiylar bor.  

- Eng yaxshi futbolchi siz uchun kim?
- Menimcha, Igor Sergeev har tarafdan o'zini ko'rsatdi. “Paxtakor”da ham, terma jamoada ham yaxshi o'ynadi va to'purar bo'ldi. O'ylashimcha, bu yil aynan Sergeev eng yaxshi o'yinchi bo'lishi kerak. “Lokomotiv”dagi Sanjar SHoahmedov ham o'zini ko'rsata oldi. O'zimni jamoamdan ham o'zini yaxshi tomondan namoyish qilgan futbolchilar bo'ldi. Eldor Suyunov mahoratli posbon ekanligini isbotladi. Biroq Sergeev boshqalarga nisbatan ajralib turdi.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика