So’nggi yangiliklar

14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  7 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  18 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0

Intervyu. Radamel Falkao: “Murabbiy va jamoa uchun bor kuchimni ishga solaman” Yangiliklar

Intervyu. Radamel Falkao: “Murabbiy va jamoa uchun bor kuchimni ishga solaman”

“Monako”ga tegishli bo'lgan va avvalgi mavsumni “MYU”da ijarada o'tkazgan Radamel Falkao kelayotgan mavsumni “CHelsi” safida o'tkazadi.

Kolumbiyalik hujumchi APLda o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi. O'tgan yili uning o'yinlari qovushmagandi. Falkao “CHelsi” rasmiy saytiga bergan intervyusida o'tish va boshqa holatlar xususida to'xtaldi.


- Ushbu yoz siz uchun tig'iz kechdi.

- Ha, men Amerika Kubogida qatnashdim va keyin dam olish nasib qildi. 14 kun davomida Kolumbiyada oilam va do'stlarim davrasida hordik chiqardim. Keyin bu erga kelib, tayyorgarlik jarayoniga qo'shildim.

- Joze Mourino sizning jamoaga Angliyada o'zingizni qanchalik yaxshi ekanligingizni ko'rsatish uchun kelganingiz haqida gapirdi.

- Rostdan ham “CHelsi”da o'ynashga katta istagim bor. Bu erda o'zimni sinab ko'rdim, zavq oldim. Ishtiyoqim avvalgidek qolgan va shu bilan birga “CHelsi” bilan g'alabalarni xohlaganim uchun to'liq etiborimni qaratyapman. CHempionatni yutishni va jamoa uchun muhim bo'lishni xohlayman. Murabbiy menga ishonch bildirib, qo'llab-quvvatlashi to'g'risida xabar yubordi. Menga ishonishini aytdi. Undan juda minnatdorman. Jamoa va shaxsan Joze uchun bor kuchimni sarflayman.

- Janubiy Amerikadan “Portu”ga 5 yil oldin kelgansiz, unda u ketgandi. Odamlar Joze haqida hamon gapirishda davom etisharmidi?

- Ha, u “Portu”ga katta tasir ko'rsatgan. Taktika va o'yin uslubi jamoa Mourinodan qolib ketgan xazina sanaladi.

- “CHelsi” muxlislari apreldagi uchrashuvda siz darvoza ustunini nishonga olib, to'pni darvozaga kiritmaganingiz uchun sizdan minnatdor bo'lishgan. O'tgan mavsumda “CHelsi” siz uchun eng murakkab raqib bo'lganmidi?

- “CHelsi” mavsum mobaynida yuqori saviyasini namoyish qildi. Yil davomida suratni saqlab qolishdi. Albatta, jamoa mavsumning eng yaxshi jamoasi bo'lgandi.

- Monrealda shu haftada sizni kolumbiyalik ko'plab ishqibozlar kutib olishdi. “CHelsi”ni Kolumbiyada ko'pchilik qo'llab-quvatlaydimi?

- Kolumbiyada “CHelsi”ning tarafdorlari ko'p. Hozir Xuan Kuadrado va men ishtirokimdagi o'yinlarni 45 millioncha muxlis tomosha qiladi. Faqat Kolumbiyada emas, qitada jamoaning ishqibozlari etarlicha topiladi.

- Xuan bilan yaxshi tanishsiz. U haqida gapirib bersangiz.

- Xuan ajoyib sifat va iqtidorga ega baxtli insondir. Unga o'sishi va jamoa uchun muhim o'yinchiga aylanashiga vaqt kerak, xuddi Italiyada bo'lgani kabi. Uning imkoniyatidan barcha yaxshi xabardor hamda murabbiy va futbolchilar uni qo'llab-quvvatlaydi. U malum masofadan juda yaxshi o'ynaydi. Bu yil Xuanda barchasi ijobiy kechishiga umid qilaman. Bu erga kelishdan oldin Xuan bilan gaplashdim. Anchadan beri “CHelsi”ga kelishim haqida gaplar yurardi, biroq bu amalga oshmasdi. Mana, endi buning vaqti keldi.

- Jamoa to'g'risida “Monako”lagi do'stingiz Rikardu Karvalyudan so'radingizmi?

- Ha, u klub haqida gapirib berdi. Bu erda qanday ajoyib yillarni o'tkazgani xususida fikrlarini bo'lishdi. O'shanda u katta zavq olgan va jamoadan hamisha minnatdor. U juda yaxshi himoyachi.

- Siz yana haqiqiy xarakter sohibi Diego Kosta bilan o'ynaysiz.

- U ishonib bo'lmas darajada ajoyib! Uni “Atletiko”dan yaxshi bilaman. U erda ajoyib damlarni boshdan kechirganmiz. Xotirada yorqin voqealar qolgan. Sovuq basseynda o'tirgan holda u boshqa futbolchilarga suv sachratib qolardi. U yaxshi inson. Oxirgi marta 2012/13 yilgi mavsumda birga o'ynagandik. O'shanda ko'plab gollarga mualliflik qilganmiz. O'yin taraflama turlichamiz va bir-birimizni to'ldirib turamiz.

- “Portu”ning “CHelsi” bilan 2009 yil CHempionlar ligasidagi o'yinda zaxirasi yodda qolmasligi mumkin edi, lekin o'shanda siz ushbu musobaqada debyutingizni nishonlagansiz.

- Hech qachon CHempionlar ligasidagi birinchi o'yinimni unutmayman. “Stemford Brij” menga o'shandayoq yoqib qolgandi. Raqib ham maqul kelgan va qachondir shu erda o'ynashni maqsad qilgandim.

Bizga qarshi kuchli futbolchilarga ega ajoyib jamoa o'ynagandi. Yomg'ir yog'ardi, lekin maydonda barchasi yaxshi ko'rinishda edi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushdim va yomon o'ynamadim. Himoya markazida Jon Terri va Rikardu Karvalyu o'ynagan, bu men uchun katta tajriba bo'lgandi. “Portu” “CHelsi”ni uyda qabul qilganda asosiy tarkib futbolchisiga aylangandim.

Keyingi safar “CHelsi”ga qarshi 2012 yil Monakoda Evropa Superkubogida o'ynadim. Uchrashuvni “CHelsi” muxlislari xursandchilik bilan eslamasalar kerak. O'sha oqshom biz to'xtatib bo'lmaydigan darajada kuchli o'ynagandik. Ehtimol, o'shanda men Evropadagi faoliyatim davomida eng kuchli o'yinni namoyish etganman. 3ta gol urdim, 2 marta to'sinni nishonga oldim – bular birinchi bo'limdayoq yuz berdi. O'shanda fantastik oqshom bo'lgandi. Faqat men emas, “Atletiko” ajoyib o'ynagandi.

- O'shanda maydonni ertaroq tark etayotganingizda sizni “CHelsi” ishqibozlari ham olqishlashgandi.

- To'g'risi, buni payqamaganman. Lekin bu ajoyib.

- To'liq ismingiz – Radamel Falkao Garsiya Sarate (Garsiya – ota, Sarate – ona tarafdan). Ispaniyaliklar ko'proq so'nggi ikki ismdan foydalanishadi, siz esa aksincha qilgansiz. Nima uchun?

- Bilmayman. Ko'pchilik meni Falkao deb ataydi. Radamel Falkao deb atashlariga ko'nikkanman. Otamning ismi ham Radamel, shuning uchun meni Falkao deyishlari ko'proq yoqadi.

- Angliya bilan bog'liq qarindoshlik aloqalari haqida aytsangiz.

- Bobomning otasi Yorkshirda tug'ilgan, keyin Kolumbiyaga ko'chib o'tishgan. U erda buvim dunyoga kelgan. Oila azolarimdan bazilari keyin Yorkshirga borishgan. Amakivachchalarimdan biri bir marta Britaniya fuqaroligini olishga urinib ko'rgandi. Biroq bu imkonsiz edi. Lekin oilam Angliyaga mehr bilan munosabatda.


Behzod Nazarov tayyorladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика