So’nggi yangiliklar

00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  0 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  0 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  3 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  21 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  38 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  7

Intervyu. Quvondiq Ro'ziev: "Hali ham fikrimdan qaytganim yo'q" Yangiliklar

Intervyu. Quvondiq Ro'ziev: "Hali ham fikrimdan qaytganim yo'q"

"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'ziev "Surxon" klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Nega bu yili "Surxon" jamoasi taklifini rad etdingiz?
- "Surxon" jamoasi taklifini rad etganim yo'q. O'tgan yilgi chempionat tugashidan oldin "Surxon" jamoasi murabbiyi men bilan aloqaga chiqqanda tushuntirdim horij klublaridan taklif bo'layotganini va o'zimni ham horijda o'ynash niyatim borligimni aytdim. SHundan so'ng, men bilan boshqa aloqaga chiqishgani yo'q.

- Olingan malumotlarga qaraganda sizga Janubiy Koreya klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Nega ushbu transfer amalga oshmadi?

- Ha, horij klublarining 2-3 tasidan takliflar bor edi. Koreyadan tashqari yana boshqa davlatlardan ham taklif bor edi. O'zim ham ketishni niyat qilib turgandim. Rostini aytadigan bo'lsam, "Qo'qon-1912" yangi bosh murabbiy bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov menga hech bo'lmasa yarim yil "Qo'qon"ga yordam berishim kerakligini aytdi va men ham shu jamoada 2-3 yildan beri mehnat qilib kelayotganligim uchun yo'q deya olmadim. Lekin hali ham fikrimdan qaytganim yo'q, o'zimni xorij klublarida sinab ko'rish niyatim bor.

- Futboldagi ilk murabbiyingiz kim?

- Futboldagi birinchi murabbiyim emas, yoshligimdan menga futbol sirlarini o'rgatgan murabbiyim Rustam aka Oripov bo'ladilar. Aynan shu inson nafaqat futbolda balki hayotda ham menga ko'p narsalarni o'rgatgan. Rustam aka mendan tashqari Ikrom Aliboev, Xurshid Muxtorov, Doniyor Usmonov va Timur Usmonovlarga ham ustoz hisoblanadi.


- "Surxon" jamoasi o'yinlarini kuzatib borasizmi?

- "Surxon" o'yinlarini imkon qadar kuzatib borishga harakat qilaman. Agar vaqt bo'lib, mashg'ulotlarga to'g'ri kelib qolmasa, o'yin kuniga to'g'ri kelib qolmasa albatta o'yinini ko'raman.

- Ektor Kuper haqida fikrlaringiz? Kuperning mahalliy murabbiylardan farqli jihati nimada?

- Kuper birinchi navbatda ajoyib inson edi. Haqiqiy professional murabbiy. U bilan maydondan tashqarida hoxlagancha hazil qilasiz. Muammolaringizni aytsangiz imkon qadar birgalikda hal qilar edi. Lekin maydonda va mashg'ulotlarda haqiqiy qattiq qo'l murabbiy. Kuperni mahalliy murabbiylar bilan solishtirmagan bo'lardim. Har bir murabbiyning o'ziga yarasha ustun jihatlari bor. Kuper professionalik tomondan mahalliy murabbiylarga o'rnak bo'la olardi. Kuper - doim bir so'zni doim takrorlardi: "terma jamoa eshiklari hamma uchun ochiqdir" deb. Kim o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdimi, men uni albatta terma jamoaga chaqiraman derdi. SHu jixatlari bilan ajralib turardi desam ham bo'ladi.

- "Surxon" jamoasiga qaytish niyatingiz bormi?

- Surxondaryo o'zim tug'ilib o'sgan joy. Albatta bu viloyat shanini himoya qilish men uchun sharafdir! Xudo hoxlasa hali albatta qaytish niyatim bor. Faqat boya yuqorida aytganimdek, hozirgi asosiy maqsadim o'zimni xorij jamoalarida sinab ko'rish yoki o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan (OCHL) jamoalarda o'ynash.

- Futboldagi eng yaqin do'stingiz kim?

- Futboldagi do'stlarim judayam ko'p. Eng yaqin do'stim Ikrom Aliboev. U bilan yoshligimdan birga katta bo'lganmiz. Ikrom bilan 12-13 yildan beri birgamiz. Undan tashqari Hurshid Muxtorov, Sarvar Karimovlar bilan yoshligimdan do'stman.

- Qaysi futbolchining o'yinlari sizga yoqadi?

- Asosan bitta futbolchini aytmagan bo'lardim. Lekin ko'proq "Barselona" yarim himoyachisi Koutinoni o'yinlarini doimiy kuzatib boraman.


- Qaysi jamoaga muhlislik qilasiz?

- Yoshligimdan futbolga kirib kelib, futbolni taniganimdan beri Italiyaning "Milan" jamoasiga muhlislik qilaman. Ushbu jamoa mening futbolga kirib kelishimga mehr uyg'otgan desam ham adashmagan bo'laman. Hozirgacha ham aynan "Milan"ga muhlislik qilaman.

- Futbolchi bo'lish uchun puli bo'lishi kerak degan fikrlarni eshitamiz. Siz bunga qanday javob berasiz?

- Bu fikrga mutlaqo mutlaqo qo'shilmagan bo'lardim. Nafaqat futbolda balki hayotda ham shunaqangi vaziyatlar bo'ladiki "pul" hech narsani hal qilmay qoladi. Bu shunchaki oddiy mahalliy odamlar orasidagi gaplar. Lekin futbolchi bo'lib yoki futbol ichida yashagan inson uchun bu shunchaki kulgili gap tuyuladi. To'g'ri, bazida bo'lishi mumkin masalan yoshligida o'g'li boshqa narsaga qiziqsa ham uni majburlab futbolga qo'yib, murabbiy bilan yaxshi bo'lib unga 1-2 so'm pul berib, o'g'lizni o'ynatib harakat qilishingiz mumkin. Bu faqat yoshligida shu ishlarni qilishingiz mumkin. Lekin bu narsa 15-16 yoshga to'lganda avtomatik tarzda o'z so'zini aytadi. O'sha bolaning futbolchi bo'lib etishishi 100% dan 10% bo'lib qoladi. SHuning uchun birinchi navbatda insonda harakter bo'lishi kerak. Umuman hayotda ham harakter bo'lmasa biror nimaga erishish qiyin. Bu gaplarim hozir oddiy gapga aylanib qolgan. Yuqorida aytganimdek futbol ichida bo'lgan odam uchun futbol umuman boshqacha narsa.

Bazida o'sha bolani o'zi yoki otasi tan olgisi kelmaydi. Misol uchun o'g'lini biror klubga olib bordi, kuchi etmadi, tortolmadi. Keyin nima deydi? Do'stlariga yoki yaqin qarindoshlariga "meni o'g'lim futbolga tortmas ekan, meni o'g'limdan ham yaxshilar bor ekan" degan fikrni aytadigan 100 odamdan bitta chiqadi yoki yo'q. Keyin o'sha bola nima deydi, biz bilan borgan 3-4 tanish bilan kirib ketdi, mendan shuncha pul so'radi, shu sababli futboldan ketdim, futbolni yig'ishtirdim, hamma yoq pul bo'lib yotibdi degan gaplar aytiladi asosan. SHu sabali mana shu gaplar kelib chiqqan deb o'ylayman. Tanish-bilish, pul - bu umuman bo'lmagan narsa. Futbolda umuman yo'q narsa. CHunki jaxon tajribasida ham asosan yulduz o'yinchilar qiyinchilikdan katta bo'lgan o'yinchilar hisoblanadi. Harakter evaziga g'olib chiqqan o'yinchilardilar ular. Misol tariqasida Braziliyani keltirish mumkin. Futbolchilari asosan ko'chada katta bo'lyapti va qizig'i ular keyinchalik yulduz futbolchilarga aylanayapti. Nimani evaziga - qiyinchilik va harakter evaziga. SHunday ekan puli bo'lishi kerak degan fikrlar mutlaqo noto'g'ridir.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика