So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  11 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  21 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Intervyu. Kevin Kurani: “Dinamo" Bundesligada 5-o'rin uchun kurashgan bo'lardi” Yangiliklar

Intervyu. Kevin Kurani: “Dinamo" Bundesligada 5-o'rin uchun kurashgan bo'lardi”

“Dinamo”dan “Xoffenxaym”ga ko'chib o'tgan Kevin Kurani bilan “Sport Ekspress” gazetasi muxbiri Cucenxauzenda joylashgan “Xoffenxaym” bazasida suhbatlashdi.

Jamoaning mashg'ulotini kuzatish uchun ko'plab ishqibozlar tashrif buyurishdi. Ular aynan Kevinni kuzatish uchun bazaga kelishgandi. Bunday holat jamoa tarixida ro'y bermagandi. Uning birinchi mashg'uloti yakunlangach, Kurani rossiyalik muxbirning savollariga javob berdi.


– Birinchi mashg'ulotda bunchalik ko'p ishqibozlarni kutganmidingiz?

– Ishqiboz ko'p bo'lgani ajoyib, albatta. Ushbu yosh jamoa bilan mashq qilish imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman. Yurtimda, oilam davrasida ekanimdan qoniqyapman.

– Moskvadagi 5 yildan keyin Germaniyada o'zingizni qanday his qilyapsiz?

– Ajoyib. Moskvada yaxshi vaqtim o'tdi va yangi tajribaga ega bo'ldim. Bundesligada o'ynash imkoniyati tug'ilganidan baxtiyorman. Nemis havosidan nafas olish osonroq.

– “Xoffenxaym”da qanday rol o'ynashni istaysiz? Kimdir sizni futbolchilarga katta akadek ko'rmoqda.

– Yosh futbolchilarga tajribam orqali o'sishlari uchun yordam berishga harakat qilaman. Jamoaga kirishib ketishga o'zim ham ko'p narsalarni amalga oshirishim lozim. Oldimda shunday vazifa borligi yaxshi.

– Rossiyadan keyin Germaniyadagi birinchi mashg'ulotdan taassurotingiz qanday?

– Bu erda boshqacharoq. Rossiyada ham mashqlar ancha kuch talab qiladi. Uzunroq tatilga ega bo'lganim sababli o'zim bir necha mashqlarni o'tkazdim. Hozir yana jamoa bilan ishlayapman. Tayyorgarlik bo'yicha yigitlar 2 haftacha oldinda, men ularga etib olishim darkor. Bu esa ko'p ishlash kerakligini bildiradi.

– “Dinamo”ning oxirgi o'yinlarini ko'rdingizmi? Sobiq jamoangizning hozirgi o'yini haqida qanday o'ylaysiz?

– Afsuski, uchrashuvlarni ko'rish nasib etmadi – vaqt bo'lmadi. Natijalarni kuzatdim. Tarkibni ham bilaman. Bazi futbolchilar o'ynamaganidan ajablandim.

– “Dinamo”da Rotenberg, CHerchesov, Adjoev yo'q. Bu jamoaga qanday tasir qilishi mumkin?

– Ayta olmayman. “Dinamo”da bu uchlikning yo'qligi afsuslanardi. Ular klub uchun katta yo'qotish.

– Moskvada 5 yilda 4 murabbiy qo'l ostida o'ynadingiz. Bojovich, Silkin, Petresku, CHerchesovda qanday xususiyatlar bor? Ular haqida o'ylaganda nimani yodga olasiz?

– Taqqoslash qilish qiyin. Har bir murabbiyning kuchli taraflari bor edi, ulardan o'rgandim. Barchasini yoqtiraman.

– “Dinamo” bundesligada qaysi pog'onani egallagan bo'lardi?

– O'ylaymanki, 5-o'rin uchun kurasha olardi.

– Moskvada 15 million aholi yashaydi, Zinsxaymda esa taxminan 35 ming. Bunga ko'nikish qanchalik qiyin bo'ladi?

– Bu umuman qiyin emas. Ko'p mamlakatlarda o'sganman, ko'nikish hech qachon qiyinchilik tug'dirmagan. Ulkan Moskvadan keyin yana kichik shaharda paydo bo'lish yomon emas.

– 2010 yilning yozida “Dinamo” futbolchisiga aylandingiz. Rossiya haqida o'sha vaqtda taassurotlaringiz qanday edi va hozir qanday?

– 2010 yil ko'p narsalar menga malum emasdi. Bugun esa deyarli hammasini bilaman. Bu davlat va uning odamlari bilan tanishganimdan xursandman. Doimo u erga bemalol boraman. Rossiya, Moskva va“Dinamo” har doim qalbimda bo'ladi.

– Germaniyada Rossiyadagi qanday narsalarga duch kelmaysiz?

– Sovuq va yo'llardagi tirbandlik bu erda yo'q. Lekin u erdagi do'stlarimni sog'inib qolaman. SHirinliklar, borsh vapiroglar haqida ham shunday deyishim mumkin. SHuningdek, “Qizil maydon” kabi ajoyib joylar etishmaydi.

– Nemis futbolchisida Rossiyadan taklif bo'lsa, unga qanday maslahat berasiz?

– Agar barcha sharoit to'g'ri kelsa, Rossiyaga borishni maslahat beraman. Yoqimli insonlar ko'p bo'lgan qiziq mamlakat.

– Rossiya chempionati haqida qanday o'ylaysiz?

– Biz yaxshi o'ynadik. Evropa Ligasida ham. Kuchli jamoa safida harakat qildim. Rossiyada futbol yaxshi saviyada. Germaniyadan farqli, lekin baribir yaxshi.

– Fabio Kapello Rossiya termasida yo'q. Xuddi CHerchesov “Dinamo”dan ketgani singari. U terma jamoani boshqarishi mumkinligi aytilmoqda. Bu to'g'risida qanday fikrdasiz?

– CHerchesov ajoyib murabbiy. U juda yaxshi ishlayotganini ko'rsatib bo'ldi. Terma jamoani boshqarsa, bu juda yaxshi bo'ladi. U buni uddalay oladi deb o'ylayman.

– Nega rus tili bilan bog'liq muammo bor? Rossiyalik muxlislarga qanday tilak bildirasiz?

– Til bo'yicha muammo yo'q. Faqat bu tilda nimadir deyishim uchun ko'proq vaqt talab etiladi. Rus muxlislariga nima deyman? Barchasi yaxshi bo'ladi!

– “Xoffenxaym”da oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

– Muvaffaqiyatli mavsum o'tkazish, yaxshi futbol o'ynash, ko'p gollar urish. Murabbiy ajoyib futbol mentalitetiga ega. Uni bajara olsak, muvaffaqiyatga erishamiz. Muxlislarni bu bilan xursand qilamiz.

– Jamoaga kirishish uchun sizga nima qilish kerak bo'ladi?

– Bugun qilgan narsam – to'p bilan ko'proq o'ynash. Jamoadoshlarim bilan tanishib, holat bo'yicha o'sishim zarur. Murabbiy mening misolimda nimaga ega ekanligini yaxshi biladi.

– Folland bilan birga o'ynashdan qoniqdingizmi?

– U bilan bir necha soatni birga o'tkazdik, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Lekin maydonda o'zaro tushunish hm muhim. U Germaniyadagi eng iqtidorli futbolchilardan biri. Unga yordam berib, terma jamoada eng yaxshilardan biriga aylanishi uchun yordam berishga intilaman.

– Klubga kelishingiz qanday amalga oshdi?

– Bundesligaga qaytishim haqida gapirardim. Jamoa vakillari bilan men bilan aloqaga chiqishdi, agentim ular bilan barchasini hal qildi. Murabbiy va menejer bilan telefon orqali suhbatlashdim. Barchasi ijobiy ko'rinish hosil qildi.

– SHu erda istiqomat qilasizmi yoki SHtutgartdan qatnaysizmi?

– O'ylashimcha, bazaga yaqin atrofda yashayman. Bolalar esa shu erdagi maktabga borishadi. Mashg'ulotdan so'ng oilam bilan birga bo'lish ajoyib.

– Germaniyadagi futbol qishlog'i qanday?

– Ajoyib ko'rinish. Bizda qulayliklar mavjud baza bor, unda o'yinlarga juda yaxshi tayyorlanish mumkin. Faxriy futbolchi sifatida bu erda o'zimni yaxshi holatda ushlab tura olaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика