So’nggi yangiliklar

01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  0 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  0 00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  12 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  13 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2

Intervyu. Joze Mourino: “Endi men xotirjam birinchiman” Yangiliklar

Intervyu. Joze Mourino: “Endi men xotirjam birinchiman”

Oldiga hamisha katta maqsadlarni qo'yadigan portugaliyalik murabbiy Joze Mourino “Frans Futbol” nashriga intervyu berdi.

Unda Joze kasbi, lavozimining ahamiyati, “Manchester Yunayted” va faoliyati xususida qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.

– 10 yil oldin sovrinsiz yashash qiyin ekanligi haqida gapirgansiz. Hozir ham shundaymi?
– Hamisha shunday. Futbol keskin o'zgardi. Men bu kasbda eng muhimi katta klublarga intilishga moslashish ekanini tushundim. Ularda ishlab, zarur narsalarga erisha olasan. “Manchester Yunayted”da ish boshlaganimda yaxshi va qiyin holatlarga duch kelishimni anglab etgandim. Men klub nimani istashini bilishim va o'zimni yo'qotmasligim lozim. Boshqa insonga aylanmasligim kerak. SHu sababli 10 yil avval gapirgan so'zlarimga qaytaman – sovrinlar va g'alabalar o'yinchilar guruhi va klubni mentalitetni o'zgartirish uchun eng yaxshi yo'l.

– “Sautgempton” ustidan Liga Kubogida qozonilgan g'alabadan xursand bo'ldingizmi? Bunga o'xshamadi.
– Albatta, bu menga yoqdi. Ehtimol, siz hozirgina aytib o'tgan 10 yil oldingi so'zlarim xatom hisoblansa kerak. Muammo shundaki, men masuliyat, sinov va kutishni o'z zimmamga olaman. SHundayman va hech qachon berkinmayman. To'g'ri odamman. Har narsani borligicha gapiraman. Bazida o'ylamagan taraflarimni ham birga ishlayotgan insonlarni ruhlantirish uchun aytib o'taman. “Yunayted”ga qiyin paytda keldim. Devid Moyes va Lui van Galga ham shunday og'ir bo'lgan. Klubning ser Aleks ketgandan keyin holatga dosh berishi mushkul bo'ldi. Yana boshqa sabab ham mavjud.


– Nega?
– Bu ingliz futboli uchun yangi davr edi. Moliyaviy jihat bunday yuqori ko'rinish oldi, u barchani qoniqtiradi. Bu Ispaniyada bo'lganidek ikki klub yoki Germaniyadagidek bir klubning qo'lida emas. Angliyada u ko'plab klublarning ixtiyorida.
Albatta, kuchliroq klublar bor va ularga bo'lgan talab yuqori. Biroq bu erda hamma kuchli. Vaziyat o'zgardi. Agar “Tottenxem”dan futbolchi sotib olishni xohlasam, buni uddalay olmayman. SHuningdek, “Manchester Siti” va “Arsenal” bilan bog'liq holat ham shunday. Ilgari bu muammo emasdi. “CHelsi”da ishlaganimda “Siti”ning eng yaxshi o'yinchisi SHon Rayt-Filipps yoki “Arsenal”dan Eshli Koulni sotib olgandim. Ser Aleks o'z paytida “Tottenxem”dan Maykl Karrik va Dimitar Berbatovni xarid qilgandi.

– Bu siz faqat Angliyaning kichik klublari yoki xorij chempionatlaridan futbolchi sotib olishingiz mumkinligini bildiradimi?
– Ko'proq xorijliklarni. Angliyada klublar moliyaviy tarafdan shunchalik kuchliki, bozor barcha uchun ochiq. Masalan, “Bavariya”ni oling. Ular qachon sovrinlarni qo'lga kiritishga tushganini bilasizmi? “Borussiya”dan har yili eng yaxshi futbolchilarni olishga tushganidan so'ng. Gyotce, Levandovski, keyin Xummels. Men buyuk va katta tarixga ega klubga keldim, ammo u bunday holatda uzoq qolmasligi mumkin. Angliyada hech bir klub, u “Yunayted”, “Siti” yoki “Liverpul” bo'ladimi, doimo etakchilik qila olmaydi. Hamma narsa qiyinlashdi: sotib olish, g'alaba qozonish, shakllantirish.

– Bunday o'zgarish nima sababli ro'y bermoqda?
– Barcha bosim ostida. OAVning o'rni katta: shunday tarixiy vaziyatda Klaudio Raneri singari chempionatdagi muvaffaqiyatdan olti oy o'tgach, istefoga chiqarilishingiz mumkin. SHuning uchun jarayondagi har bir pog'ona muhim. Birinchidan, so'nggi ikki mavsumda kuzatilmagan muxlislar va jamoa o'rtasidagi munosabatni yaxshilash kerak edi. Ishqibozlarga jamoa qanday o'ynayotgani yoqmayotgandi va ular o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganda stadiondan chiqib ketishlari kuzatilardi. Ularni qaytarish lozim sanalardi. O'yin sifati natijaga mos kelishiga erishish qiyin kechdi.

Uyda 4 uchrashuvda ketma-ket durang o'ynagan paytimizda ham natija ko'rinib turgandi. “Byornli”ga qarshi bellashuvda bir bir bahsda zarbalar soni bo'yicha APL rekordini o'rnatdik (37 zarba). Bu hujumkor uslubga qaytganimizni bildirardi. Bu muxlislar xohlagan uslub edi. Bu mendan kutilgan narsaning aksi edi. Bungacha jamoalarim ehtiyotkor futbol namoyish etgan.


– Murabbiylik falsafangiz qanday?
– O'zgarish va ko'nikib borish. Klubning hayotiga moslashishda nima talab etilishini bilish muhim. Bu aql bilan ish ko'rishni anglatadi. “Real”ga kelgan paytimda jamoa 10 yildan beri CHempionlar ligasida nimchorak finaldan o'ta olmasdi. Serxio Ramosdek futbolchi chorak final nimaligini bilmasdi. Qitada “Barselona” etakchilik qilardi. Ularni qanday engish mumkin? “Inter”ga o'tganimda jamoa bir necha yildan beri Italiya chempioniga aylanardi. Ular bilan qanday qilib ko'proq narsaga erishish va CHempionlar ligasini yutish mumkin? 4 yildan beri Angliyada chempion bo'lmagan “CHelsi”ga qaytib, bunga yana erishish lozim edi.

Eng muhimi – jamoada hamfikrlilikka asoslangan munosabatni yuzaga keltirish va barqarorlikni shakllantirish. “Manchester Yunayted”da endi Giggz, Skoulz yoki Kin kabi shaxslar yo'q. Jamoada Runi va Karrik bor, ular o'sha avlodning oxirgi vakillari hamda yangi o'yinchilar guruhi moslashishi kerak edi. Mana, nima uchun Zlatanni qo'lga kiritish menga nega muhim sanalardi. Ingliz bo'lmasdan va klub madaniyatini bilmay turib, u jamoa uchun muhim futbolchiga aylandi. O'yinchidan ko'proq shaxsga aylandi.

– Katta klublar murabbiyi qanday sifatlarga ega bo'lishi lozim?
– Bilasizmi, hozir nega Luis Enrike “Barselona”ni tark etishga qaror qilganini tushunishga urinyapman. “Real”ni boshqarganimda ham Gvardiola nega “Barsa”dan ketayotgani va bir yil tatil olishini anglashga uringanman.

“Real”, “Inter” kabi katta klublarda ishlash tajribamda doim muvaffaqiyatli bo'lishda asosiy jihat sizni qamrab turgan bosimga dosh berish ekanini tushunganman. Siz tanqidga dosh berish uchun kuchli bo'lishingiz zarur.

– Joze Mourino ham bunga moslashganmi?
– Albatta! “Uembli”ga kubok finali sari yo'l olganda katta masuliyat paydo bo'ladi. Aynan shu tarafdan men va Klod Pyuel bergan ko'rsatmalar farqlanardi. Agar yutsam, bu oddiy holat. Mag'lubiyat esa yo'q. Agar zafar quchsam “Manchester Yunayted”da ilk mavsumidayoq sovringa ega chiqqan birinchi murabbiyga aylanardim. Aks holda, klub tarixida buni uddalashni qo'ldan chiqargan murabbiylar qatoridan o'rin olardim.

Barchasi o'zgacha. Luis Enrike, Gvardiola boshqargan klublarda obro'ga qaramay, bosimni his qilasiz. Gvardiolaning aytganiga qo'shilaman: “Barselona” murabbiyi uchun eng yaxshi sifat – quloq solishga o'rganmaslik”. U mutlaqo haq. Muammo shuki, biz quloq solamiz.


– CHunki oddiy insonsiz.
– SHunday. SHu sababli Pepning Nyu-Yorkka ketganidan ajablanmadim. Luis Enrikening ketishidan hayron bo'lmadim. Hatto shunday deyman: bosim ayni paytda hammada bo'ladi, barcha klublarda. Hozir 26 yoki 28 ochko jamg'argan jamoalar qolishi uchun 40 ochko etarli ekanini aytganda ham bosim ostida turishadi. Klubni saqlab qolish uchun emas, balki ishsiz qolmaslik uchun. Bosim turli ko'rinishda uchrashi mumkin, biroq u har erda bor.

– Siz kabi murabbiyning eng yomon dushmani jamoani qurishga etmaydigan vaqtmi yoki muvaffaqiyat?
– Raneri uchun bu takrorlab bo'lmaydigan muvaffaqiyat edi deb o'ylayman. U qaytarish qiyin bo'lgan ishni amalga oshirdi. Klubdagi insonlar buni tushunish uchun unga etarli darajada sodiq bo'lishmadi. Klub bu mavsum shunday holatga tushishi aniq edi. Ular buni tushunishmadi. Klub o'z mo'jiza yaratuvchisini qurbon qildi.
To'g'risi, men “Lester”ning muvaffaqiyatini oddiy holat deb tushunmayman. “Manchester Yunayted”da barchasi boshqacha. Menda barqaror, vaziyatni tushunadigan rahbariyatning borligi omadim. Ular ingliz mentaliteti va sabrini bilishadi. Zamonaviy jamiyat bu barqarorlikni eb bitirmoqda. Mavsum boshida bir qator o'yinlarda yutqazdim va g'alaba qozonmadim. Lekin klubning ishonchini his qildim. Ofisdan tashqarida esa barchasi o'zgacha.

– Qanday o'ylaysiz, 2017 yildagi murabbiy ser Aleks yoki Arsen Venger kabi bir klubda 20 yil qolishi mumkinmi?
– Yo'q. Venger ularning so'nggisi. U “Arsenal”ni tark etgandan keyin bir murabbiy klubda etti yoki uzog'i bilan o'n yil qoladigan jarayonni ko'rmaymiz. Bu imkonsiz. Gap klublarning o'zida emas, balki murabbiylarda ham. Murabbiylarning yangi avlodi klubning barcha talablariga ko'nikishi qiyin. Buning uchun juda kuchli shaxslar kerak.

– Murabbiylik falsafangiz oxirgi 20 yilda qanday o'zgardi?
– Yangi dunyoga ko'nikishim lozim. Hozirgi yosh o'yinchilar avlodiga. Yosh Frenk Lempard 23 yoshda haqiqiy erkak edi va futbolni ishi deb hisoblab, haqiqiy professionallik ko'rsatardi. Hozirgilar esa shu yoshgacha ham bolalar kabi. Aynan shu farqni tushunib olishim lozim edi. ularni ayni paytda yigitlar deb atayman. Ularni o'rab turgan narsalar hayotda ham, ishda ham yordam bermaydi. Bunga ko'nikishim kerak bo'ldi. O'n yil oldin biror futbolchi uyali telefonini kiyinish xonasiga olib kirmasdi. Hozir hammasi boshqacha. Ammo bunga ko'nikish darkor. Bunga qarshi kurashish sizni tosh asriga olib borib qo'yadi. Futbolchilar bilan teng yoshdagi o'g'lim va qizimning borligi meni bularga ko'nikishga yordam berdi.


– Faoliyatingizni boshlaganingizdan buyon nimalar o'zgardi?
– Faoliyatim avvalida futbolning yangi qirralariga ko'nikdim - legionerlar sonining ko'payishi. Kiyinish xonasida turli 9 mamlakatdan kelgan o'yinchilar atrofida bo'lishimiz mumkin. Turli millat, irq va din sohiblari. Bu boshqacha qarashning ibtidosiga aylandi.

Janob Robsonga “Portu”da yordam berganimda u erda 28 portugaliyalik, bir argentinalik va braziliyalik bor edi xolos. Murabbiylikka kirishganimning birinchi 10-12 yilida xilma-xillilik tarafdan haqiqiy inqilob yuzaga keldi. Bunga moslashish uchun etarli darajada kuchli edim. Odamlar bilan birga-bir muloqot qilishni bilardim, chunki ko'p tillarda suhbatlasha olaman. Bu ular bilan yaqin munosabat hosil qilishda yordam bergan.

– Siz jamoangizni alohida o'yinlarga va biror uchrashuvda natijaga qarab, turli holatlarga tayyorlay olishingiz bilan mashhursiz.
– Tayyorgarlikda ikki jihat bor: taktik va ruhiy. Taktik jihatga etibor qaratsak, o'yinchilarga fikrimni etkazish uchun ishimni yaxshi uddalashga intilaman. Masalan, Liga Kubogi finalidan oldin yigitlarga o'z o'yinimizga diqqat qilishni va “Sautgempton” odatdagidek harakat qilishini takidladim.
Lekin raqib 15 kun o'yinlarsiz va bosimsiz Ispaniyada bellashuvga tayyorgarlik ko'rgandi. Bu vaqtda biz to'rt marta o'ynadik. Ular esa ikki haftaga Ispaniyaga yo'l olishdi. Bu normal holatmi?

Bu ularning bizga qarshi istalgan yoqimsiz syurpriz tayyorlashi mumkinligini anglatardi. Bu nima bo'lishi ehtimolini o'ylab ko'rishingiz zarur. SHu sababli barcha variantlarni ko'rib chiqdik. Taktik tarafdan har bir kichik holatni ko'zdan qochirmaslik darkor. Hamma narsaga tayyor turish kerak.

– Ruhiy jihat-chi?
– Jamoada kuchli shaxslar bo'lganda siz yaxshiroq tayyor bo'lasiz. OAV orqali futbolchilarni ko'proq ruhlantirish imkoniyati yuzaga keladi. “Inter”da bu borada o'zimni suvdagi baliqday his qilganman. Ixtiyorimda Materacci, Kordoba, Ibragimovich, Milito, Tyago Motta bor edi. Ular men uchun hamma narsaga tayyor bo'lishgan.


– To'pni nazorat qilish ixlosmandi bo'lmagansiz.
– Bunday emas. Joriy mavsum deyarli barcha o'yinlarda to'pni ko'proq o'zimizda saqlayapmiz. Bu qo'l ostingizdagi futbolchilarga bog'liq. Yoki to'p nazoratining jamoaga uchrashuvni yutishda yordam berishi yoki yo'qligidan kelib chiqadi. Bazida odamlar to'pni nazorat qilish va gol urish ko'rsatkichini adashtirib yuborishadi.
“Real”da Ispaniya ligasida gol urish bo'yicha rekord qo'ygan jamoani boshqarganman – 121 gol. Ular himoyadan hujumga o'tish va aksincha yo'nalishda eng yaxshilar bo'lganlar. To'pni darvozaga tez olib borishardi.

Krishtianu Ronaldu 27, Di Mariya 23, Benzema va Iguain 23-24 yoshda edilar. Bu raqibni tinchituvchi jamoa bo'lgan. “Manchester Yunayted” esa bundan farq qiladi. Bizda jamoa sekinroq o'ynaydi, tezkor futbolchilar yo'q, ammo to'pni boshqarish va o'yinda ustunlik qilish xohishi katta. Ibragimovich, Errera, Karrik va Pogba to'p bilan o'ynashni yoqtiradi.

– “CHelsi”da dastlab “O'zgacha”, keyin “Baxtli” bo'ldingiz. “Manchester Yunayted”da kimsiz?
– “Xotirjam” deb aytgan bo'lardim. Hamma muammo yaratishimni kutgandi. Hozirgacha men faqat oldimda turgan suvga to'la idishni tepganimda muammo kelib chiqdi. Meni tribunaga chiqarib yuborishdi va jarima to'ladim. Bu mening muammoim sanaladi. Jahlim chiqqanda shunday qilishga odatlanganman. Bu sakkiz oydagi yagona muammo bo'lib turibdi. SHu sababli “Xotirjam”man. Ehtimol, busiz meni ertaga ishdan bo'shatishadi (kuladi).


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика