So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  4 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

Intervyu. Ilhom Yunusov: "Hozir insonlarda oqibat yo'qolib ketgan..." Yangiliklar

Intervyu. Ilhom Yunusov: "Hozir insonlarda oqibat yo'qolib ketgan..."

"Buxoro", "Dinamo", "Nasaf" va "Qizilqum", bu jamoalarning nomlari zikir etilganda bilamizki, voha mintaqasining futbol olami ko'z oldimizga keladi.

Qolaversa, ushbu jamoalarda to'p tepuvchi ko'plab futbolchilar ham aynan mana shu mintaqaning farzandi hisoblanishgan. Bugun ham biz bilan hamrohlik qilishni istaganlar bilan birga ayni vaqtda yuqorida nomlari tilga olingan jamoalarda to'p tepgan va ko'plab muxlislarning “yoqimtoyi” ga aylanib ulgurgan, hozirda murabbiylik faoliyatini yuritayotgan Ilhom Yunusov bilan dildan suhbatimizni sizlarning etiboringizga havola etamiz.

- Ilhom aka, futbolchilik faoliyatini tugatganingizdan keyin nimalar bilan bandsiz?

- Hozirda “Odil Junior” futbol akademiyasida murabbiylik faoliyatimni olib boryapman. Ammo, hozir karantin sabab oilam bilan koronavirusdan saqlanmoqdamiz. Yani karantinda, barcha qonun va qoidalarga rioya qilib utiribmiz.

- Ilhom Yunusovning futbolga kirib kelishi qanday bo'lgan?

- Professional futbolga “Buxoro” jamoasi orqali kirib kelganman. 2001-yil ushbu jamoada Oliy ligada debyut o'yinimni o'tkazganman. Albatta, birinchi uchrashuv judayam hayajonlar ostida o'tgan. Ha yana bir narsa, men o'shanda tasodifan asosiy qaydnomaga kirib qolganman. Aslida mening o'rnimda boshqa bir yosh jamoadoshim maydongga tushishi kerak edi. Bilmadim nima bo'lganini, ammo o'shanda men asosiy tarkibda maydonga tushganman. Mana shundan keyin professional faoliyatim boshlangan.


- Ilhom aka siz uchun to'p surgan jamoalaringiz ichida eng qadrlisi qaysi biri?

- SHubhasiz “Nasaf” jamoasini ko'rsatgan bo'lardim. Sababi men bu erda ko'p narsalarga erishdim. CHempionlik tuyg'usini o'zimda ko'rdim. G'alabalarga erishdim. “Nasaf” jamoasining o'sha paytdagi kollektivi judayam ahil edi. Mana shu meni ushbu jamoaga bo'lgan mehrimni yanada oshirgan desam aldamagan bo'laman. Ushbu jamoada men bilan ishlagan barcha insonlarga fursatdan foydalanib raxmat aytaman. Sababi bular meni va o'zbek futbolini yuksaklarga kutardi. Albatta, yurtimizda mana shunday jamoalar ko'payishini tilab qolaman.

- Sizni nima uchun ko'pchilik yaqinlaringiz “eshon” laqabi bilan chaqirishadi. Bunga sabab nima?

- Men Eshonlar avlodidanman, barcha ajdodlarim eshon bo'lganlar. Qolaversa hozirda ham meni ko'pchilik eshon aka deb chaqirishadi.

- Ilhom Yunusov “Dinamo” va “SHerdor” jamoalarga moddiy yordam bergan degan mish-mishlar tarqaldi. Sizning bu gaplarga fikringiz qanday?. Yoki haqiqatdan ham ushbu jamoalarga yordam berganmisiz?

- Men bu jamolarga ish borasida yordam berganman holos. Hozir insonlarda oqibat yo'qolib ketgan. SHuning uchun ham hozir ko'proq yaxshilik qilish kerak deb o'ylayman va men yaxshilik ulashishdan qochmayman.


- Yaqinda koronavirus balosidan qiynalayotgan nochor oilalarga, futbolchimiz Otabek SHukurov xayriya qildi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Men judayam xursand bo'ldim. Sababi hozirda kunlik pul topadigan oilalar bor va ular hozirda qiynalishmoqda. Albatta, mana shu oilalarga hozir ehson ishlarni qilish kerak. O'zimizda ham mana shunday futbolchilar borligidan quvondim. Men ham savob ishlarni doim qilib kelaman. Lekin, buni hech kimga oshkor qilmaslikni o'zim uchun maqsad qilib qo'yaman. Olloh bilsa bo'ldi. Pul o'tkinchi vosita, bugun bo'lsa ertaga yo'q. Bu olamda doimo yaxshilik qilish kerak. Sizga albatta ushbu yaxshiligingiz qaytadi.

- Ilhom Yunusov uchun “Real Madrid” yoki “Barselona”. Qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

- “Barselona” jamoasini. Sababi ushbu jamoaning o'yin uslubi yoqadi. ”Barselona” jamoasining ayniqsa tiki-taka usulidagi hujumlari judayam menga zavq beradi.

- Siz uchun faoliyatingiz davomida to'p surgan futbolchilar orasida eng yaxshi siz uchun tandem bo'la olgan futbolchi kim?

- Erkin Baydullaev. CHunki, ushbu futbolchi bilan maydonda juda ham yaxshiharakat qilardik. Xatto ko'zimizni yumib bir-birimizni topa olardik (kuladi). Ayniqsa uning raqib jamoasi uyushtiradigan hujumlarini buzib, qarshi hujum boshlashi menga judayam ko'p imkoniyatlar yaratib bergan. SHuning uchun ham u bilan birga to'p surgan jamoalarimda yaxshi tandem hosil qilardim.

- Hozir futbolga qaytish imkoni bo'lsa, siz qaysi jamoada to'p tepgan bo'lardingiz?

- Agar mana shunday imkoniyat bo'lsa, yana bir bor “Nasaf” jamoasida o'ynar edim. Ammo, “Paxtakor” jamoasida ham to'p tepishga yo'q demagan bo'lardim. Boisi, bu jamoa hozirda professional jamoalar qatoriga kiradi. Bunday jamoada kim ham o'yanamasligi mumkin.

- Sizda hech futbolchilikni tanlaganingiz uchun afsuslanish bo'lganmi?

- Yo'q albatta. Menda bunday vaziyat hech qachon bo'lmagan. Sababi men futbol uchun jonimni fido qilganman va futbolni sevaman.

- “Nasaf” jamoasi bilan OFK Kubogini qo'lga kiritganingizdan so'ng xorij jamoalaridan takliflar bo'lganmi?

- Ha, bo'lgan. Buni yashirmayman. Menga Eronning “Fulad” jamoasidan taklif tushgan. Lekin, men o'shanda “Nasaf” jamoasini tanlaganman. Qabul qilgan qarorimdan keyinchalik ham, hozir ham afsuslanmaganman. Sababi bitta o'sha paytdagi “Nasaf” jamoasi boshqacha edi.Tariflab berishga so'z topib bera olmayman. Qisqa qilib aytsam bu jamoa o'zga bir sayyora desam adashmayman.


- Omadga ishonasizmi?. O'zingizni omadli inson deb bilasizmi?

- Omadga ishonaman. Men o'zimni omadliman deb hisoblayman. Omadli bo'lmaganimda shu darajaga kelarmidim.

- Agar futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasbni tanlar edingiz?

- Futbolchi bo'lmaganimda, turizmni rivojlantirishga o'zimni hissamni qo'shar edim. Samarqand, Toshkent va Xiva shaharlarini qolaversa ularning boy tarixini butun dunyodan kelgan sayyohlarga o'rgatardim.

- Ilhom Yunusov uchun futbolchilik hayotida muhim bo'lgan inson kim?

- Bu inson hozir oramizda yo'q. Bu inson menga to'p tepishni va ko'plab futbolchilik sirlarini o'rgatgan inson, birinchi murabbiyim hisoblanadi. U kishi men uchun judayam muhim inson hisoblanadi.

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- Tilagim avvalo hammangizni ishlaringizga omad. Doimo sog' va salomat bo'lib yurishingizni tilab qolaman. Ha yana bir narsa, hozirda tinmasdan xizmatda bo'layotgan shifokorlarimizga kuch quvvat yor bo'lishini ularga ana shu baloni engib o'tishlarini iltijo qilib qolaman.




SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика