So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Intervyu. Husniddin G'ofurov: "Ektor Kuper o'zi qo'ygan talabni futbolchilardan 100 foiz qabul qilib oladi" Yangiliklar

Intervyu. Husniddin G'ofurov: "Ektor Kuper o'zi qo'ygan talabni futbolchilardan 100 foiz qabul qilib oladi"

Serbiyadagi besh yillik faoliyatidan so'ng yana O'zbekistonga qaytgan "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Husniddin G'ofurov so'nggi paytlar o'z jamoasi safida bir qator muhim gollarni urishga erishdi.

Bundan tashqari G'ofurov Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasining avgust va oktyabr oyidagi yig'inlariga chaqiruv oldi. Biz yaqinda Husniddin G'ofurov bilan suhbatlashdik.

- Millionlar o'yiniga kirib kelishingiz tarixi qanday bo'lgan?

- Futbolga maktabda tahsil olayotgan paytimdayoq kirib kelganman. Oltiariqdagi 38-maktabda o'qib yurgan paytlarim jismoniy tarbiya fanidan dars bergan Mahmud aka qo'l ostida mashg'ulot o'tkazardim. Hozir ham Oltiariqqa borsam u kishi bilan ko'rishib turaman. Keyin Farg'ona futbol internatiga o'tganman. Bu erda Durbek aka va Ravshan aka kabi murabbiylar qo'lida o'ynaganman. So'ngra Farg'ona viloyati ikkinchi ligasida to'p tepdim. Xushbek Qosimov va Bahrom aka jamoasida faoliyat olib bordim. O'yinlarimni kuzatgach bir qator klublar taklif bilan chiqishgan. Ular orasidan o'zim uchun eng maqul kelgani "NBU-Osiyo" bo'ldi. Sababi jamoa birinchi ligada o'ynardi. O'zimni birinchi ligada ko'rsata olsam yanada kuchli jamoalarga o'tish imkoniyati paydo bo'lishini o'ylaganman. Bu jamoada Muxtor Qurbonov boshchiligida bir yil davomida to'p tepdim.

- Ko'pchilik Superligada o'ynab ham chet elga keta olmaydi, siz esa hali 20 yoshga ham to'lmay turib, birinchi ligada to'p tepib legionerga aylangansiz. Bunga qanday erishgansiz?

- "NBU-Osiyo" safiga mavsum o'rtasida kelganman. Ikkinchi davrada adashmasam 13 yoki 14ta gol urgandim. Keyingi mavsum birinchi davrasida ham deyarli shuncha to'p kiritishga muvaffaq bo'lganman. Mana shu gollarimni yig'ib videorolik tayyorlashgan hamda xorijlik skautlarga taqdim etishgan. Muxtor Qurbonov tufayli men Serbiya klubi bilan shartnoma tuzganman.


- Serbiyadagi hayot qanday boshlangan? O'zga mamlakat, o'zga madaniyat, siz uchun notanish til...

- Serbiyaga borganimda endi 19 yoshga to'lgandim. Qaerga kelib qolganimni bilmaganman. Bir o'zim rossiyalik tarjimon men bilan birga yurgan. Keyin esa u ketgan. Jamoada rus tilini biladigan hech kim yo'q edi. Sekin-sekin jamoadoshlarim bilan muloqot qilib, kafelarga borib, serb tilini o'rganib oldim. Bugungi kunda serb tilini 90 foiz bilaman. "Lokomotiv"dagi murabbiy Mirko Yelichich, futbolchi Igor Yelich bilan serb tilida erkin so'zlashaman. Bugungi kunda AGMKda o'ynayotgan Yovan Jokich bilan birga Serbiyada 3,5 yil to'p tepdim.

- Serbiya futboli haqida nima deya olasiz?

- Serbiya chempionati saviyasi yaxshi darajada. U erda futbolchilarning jismoniy holatiga ko'proq urg'u berishadi. Masalan, O'zbekistonda ko'proq to'p bilan ishlashga etibor beriladi. Lekin Serbiyada futbolchi jismonan baquvvat bo'lishi lozim.



- U erdagilar O'zbekiston futbolidan qanchalk xabardor?

- Serbiyadan ko'plab futbolchilar O'zbek klublarida to'p tepishgan, hozir ham ko'p serbiyaliklar bor. AGMK hujumchisi Milosh Trifunovich o'z vaqtida "Bunyodkor"da faoliyat olib borgan. U ham mening O'zbekistondan ekanligimni bilgach men bilan tanishgandi.

- Serbiyada ekanligingizda sizdan intervyu olganimda yaqin orada ortga qaytish niyatim yo'q deb aytgandingiz. Bu yil boshida esa sizni "Lokomotiv" safida ko'rdik...

- Xabaringiz bor, to'rt yil Ivanicaning "Yavor" klubida faoliyat olib bordim. 2017 yilda "Mladost Luchani"ga ko'chib o'tdim. Ammo bu erda bosh murabbiy bilan muammo bo'lgani uchun o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim. Vaqti kelsa xatto uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmas edim. Hozir ayni o'ynaydigan yoshdaman. SHu bois O'zbekistonning eng kuchli klubidan taklif tushdi. "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasida o'ynadi, shu bois taklifni qabul qildim va yurtimizga qaytdim.

- Serbiyada qaysi poziciyada o'ynadingiz?

- Asosan o'ng va chap qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynadim. "NBU-Osiyo"da markaziy hujumchi bo'lganman. Biroq aytganimdek Serbiyada futbolchilar baquvvat va baland bo'yli bo'lishi kerak. Markaziy hujumda 185-190 santimetr bo'yga ega futbolchilar o'ynashardi.



- Sizdan biroz keyin o'zbekistonlik Murod Rajabov ham Serbiya klubiga o'tgandi. Biroq tezda ortga qaytdi.

- Odam birinchi navbatda o'ziga ishonib harakat qilishi lozim. Murod Rajabov o'zini yo'qotib qo'ydimi bilmadim. Til bilmasligi sababli klubda yolg'izlanib qoldi shekilli. Serbiyada menga qo'ng'iroq qilib turardi. Unga yo'l-yo'riq ko'rsatishga harakat qildim. Ammo yarim yil bo'lmasdan O'zbekistonga qaytib keldi.

- Ko'plab o'zbekistonlik futbolchilarning maqsadi arab mamlakatlari yoki Rossiya klublariga o'tish hisoblanadi. Serbiyada qanday?

- Serbiyalik yosh futbolchi chiqdimi, birinchi navbatda "Partizan" yoki "Crvena Zvezda"ga o'tishni o'ylaydi. Bu klublardan biriga o'tsa evrokuboklarda o'ynaydi va shundan keyin kuchliroq ligaga o'tishga harakat qildi. Serblar asosan Gollandiya, Italiya, Germaniya kabi mamlakatlarga ketishadi.

- "Partizan" va "Crvena Zvezda" o'rtasidagi o'yinlarni stadiondan tomosha qilishga erishdingizmi?

- Bu o'yinni nafaqat Serbiyadagi balki Evropadagi eng daxshatli derbilardan biri deb bemalol ayta olaman. Albatta stadionda muxlislar tartibsizliklar keltirib chiqarishlari haqida juda ko'p eshitdim. Ammo shaxsan o'zim bu derbini stadiondan kuzatmadim. Bir necha bor TV orqali tomosha qildim xolos.



- Serbiya va O'zbekiston stadionlarini solishtirib ko'ra olasizmi?

- Agar taqqoslab ko'rsam, O'zbekistondagi stadionlar holati ancha yaxshi. Maydon holati ham umuman stadionning umumiy holati bo'yicha biz ustunroqmiz.

- O'zbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida fikrlaringiz...

- Ektor Kuper yoshi ulug', ancha tajribaga ega murabbiy. "Valensiya", "Inter" kabi klublardan va Misr terma jamoasida ishlagan. U o'zi qo'ygan talabni futbolchilardan 100 foiz qabul qilib oldi. Mashg'ulotlar vaqtida futbolchi qo'yilgan vazifani bajara olmasa, 100 marta qilib bo'lsa ham o'sha narsani to'g'rilashi kerak. Uning mashg'ulotlarida ko'proq to'p bilan ishladik. Faqat bir kun yugurish mashqlarini bajardik xolos. Darvozaga ko'proq zarba berish, qanotlardan to'p uzatishga urg'u qaratildi.

- Ko'pchilik Kuper ko'proq himoyaviy o'yin tarafdori deb aytmoqda. Bunga qo'shilasizmi?

- Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Kimdir hujumni, kimdir himoyani yaxshi ko'radi. Kuper sekin-sekin o'yinimizni shakllantirmoqchi. Ko'proq to'p bilan muomala qilishimizni va tezkor ravishda hujumga o'tishimizni istamoqda.



- "Lokomotiv" nimaning evaziga chempion bo'la oladi?

- "Lokomotiv" amaldagi O'zbekiston chempioni. Hali oldinda o'yinlar ko'p. Ayni paytda biz musobaqa jadvalida birinchi o'rindami va barchasi o'z qo'limizda. Jamoaviy o'yin ko'rsatib, g'alabalarga erishsak xudo xohlasa yana chempion bo'lamiz. To'g'ri O'zbekiston kubogi chorak finalida "Paxtakor"ga yutqazib qo'ydik. Barchamiz uchun qayg'uli kun bo'ldi. Ertasi kuni futbolchilarning kayfiyati yaxshi bo'lmadi. Ammo barchasini unutib Superliga doirasida "Bunyodkor"ni mag'lub etdik.  

- Bugungi kunga qadar urgan eng chiroyli golingiz qaysi?

- Menimcha yaqindagina "Paxtakor"ga qarshi derbidagi urgan golim eng chiroylisi. O'sha kuni juda asabiy bahs bo'lgandi. Hisobda ortda qolayotgandik va so'nggi daqiqalarda raqib darvozasiga to'p kiritib jamoamni mag'lubiyatdan qutqarib qoldim.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика