So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  3 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  13 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Intervyu. Eldor SHomurodov: "O'tgan kunni tezroq unutishga harakat qilaman" Yangiliklar

Intervyu. Eldor SHomurodov: "O'tgan kunni tezroq unutishga harakat qilaman"

"Jenoa" klubi YouTube kanalida "Futbolny Maximum" kanali asoschisi yosh Maksim tomonidan Eldor SHomurodov bilan eksklyuziv intervyu uyushtirildi.

- Futbolni necha yoshdan boshlab o'ynay boshlagansiz va qaysi poziciyada harakatlangansiz?
- Futbolni 6-7 yoshimdan o'ynay boshlaganman. Otam, amakim va akalarim shu sport turi bilan shug'ullanishgan. O'ylaymanki, futbol oilasimiz. Futbolga bo'lgan qiziqishim shundan bo'lsa kerak. Ko'pchilikning aytishicha, otam hujumda juda yaxshi o'ynaganlar. Men xuddi ular kabi bo'lishni xohlaganman.

- Oilangizni ahil va inoq desak bo'ladimi? Ularni sog'inasizmi?
- Albatta, oilamiz ahil-inoq, ularni sog'inaman. Oilamiz katta, barcha bayramlarni, tug'ilgan kunlarni birga nishonlaymiz. Ko'plab bayramlarni o'tkazib yuborishimga to'g'ri kelyapti, lekin bu hayot, shunday ekan, sabr qilamiz.

- Oila davrasida futbol o'ynab turasizlarmi?

- Yaxshi savol. O'ynab turamiz, albatta, faqat katta futbol emas, 7 ga 7 bo'lingan holda mini-futbol o'ynaymiz.

- Unda doim siz harakatlanadigan jamoa yutadimi?

- Yo'q, albatta. Aytib o'tganimdek, oilamiz azolari futbol o'ynashni juda yaxshi bilishadi, shu bois o'yin qiziq kechadi va unda har doim ham men harakatlanadigan jamoa yutavermaydi.

- Nega 61-raqamni tanladingiz? Bu g'oya qaerdan kelib chiqdi?

- 14-raqam band bo'lgani bois shu raqamni oldim va buni do'stim tavsiya qilgandi. U: "61 bizning hududga tegishli raqam va bundan muxlislar xursand bo'lishadi", – deb aytdi.

- Bolaligingizda siz uchrashishni va imzo olishni xohlagan kumiringiz kim?

- Har doim takidlaganimdek, kumirlarim – Fernando Torres va Dide Drogba. Aynan ular bilan ko'rishishni va dastxat olishni xohlagan bo'lardim.

- "Jenoa"da kimning o'yini sizga manzur bo'ldi?

- Aynan kimnidir ajratib ko'rsatolmayman. Jamoamizning har bir azosi kuchli va top futbolchilar.

- Faoliyatini endigina boshlayotgan futbolchilarga qanday maslahatlar bera olasiz? Birinchi navbatda nimaga etibor qaratish zarur?

- Avvalo, faqat futbol haqida o'ylash kerak. Astoydil mehnat qilish, o'ziga ishonish va maqsad sari intilish lozim.

- Xobbingiz bormi?

- Ota-onam bilan telefonda muloqot qilish, italyan tilini o'rganish va televizor tomosha qilish.

- Italyan tilini o'rganish qiyin kechmayaptimi? Italyanchada muxlislarga nimadir deyolasizmi?

- Hozircha gapirishga qiynalyapman, lekin ancha-muncha so'zlarni tushuna boshladim.

- Genuya oshxonasi haqida nima deya olasiz? Haqiqiy o'zbek palovi pishiriladigan joyni topdingizmi?

- Yo'q, hozircha o'zbek oshxonasini topa olmadim, faqat italyan oshxonasida bo'ldim.

- Sizga qaysi italyan taomi yoqdi?

- Rizotto taomi

- Genuya haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Juda chiroyli va tarixiy shahar. Monte Pesshe tog'ida bo'ldim, u erdan butun Genuya ko'rinarkan. Aholisi ham futbolni yoqtiradi va "Jenoa"ning o'yinlarini faol ravishda kuzatib boradi.

- Adashmasam, Italiya Kubogi doirasidagi "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda o'zingizning birinchi golli uzatmangizni qayd etdingiz. O'shanda nimalarni his etdingiz?

- Buni eslamaslikka va o'tgan kunni unutishga harakat qilaman. Albatta, ko'pi bilan bir kun xursand bo'laman, keyin esa bor diqqat-etiborimni navbatdagi bahsga qarataman.

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

- Doimo o'sishga harakat qilaman, qo'limdan kelgan barchasiga erishishni istayman va bu uchun borimni beraman. Jamoaviy sovrin yutishni niyat qilaman.

- Siz qaysi futbolchidan dastxat olishni orzu qilasiz?

- Men doim Fernando Torres va Dide Drogbaning muxlisi bo'lib kelganman. Aynan ulardan dastxat olishni xohlardim.

- "Jenoa" bilanmi?

- Ha, "Jenoa" bilan. Asosiysi, O'zbekiston terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga chiqishni xohlayman.

- Yaqinda ota bo'ldingiz. Qanday hissiyotlarni boshdan kechirdingiz?

- Buni so'z bilan tariflab berish qiyin. Noodatiy va yoqimli hisga ega bo'lasiz.

- Genuyada farzandingiz hamda rafiqangiz bilan istiqomat qilyapsizmi?

- Yo'q, ular hozircha Toshkentda. O'ylaymanki, yaqinda bu erga (Genuyaga) kelishadi. Ularni rosa sog'indim.

- Sizga muvaffaqiyat va g'alabalar yor bo'lishini tilaymiz. Hurmatli tanglovchilar, siz bilan Eldor SHomurodov va Maksim bo'ldi.

- Sizga ham rahmat!


 


Rus tilidan SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика