So’nggi yangiliklar

12:44Мурод Исмоилов: "Левченко борасида тезкор қарор чиқарилмаслигини истардим"  1 12:32"Тоттенхэм" "Барселона" футболчисини нишонга олди  0 12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  2 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?!  2 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  7 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  7 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  7 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  6 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  29 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1

Intervyu. Doston Tursunov: “Renofa Yamaguchi” Yaponiya oliy ligasiga chiqmoqchi” Yangiliklar

Intervyu. Doston Tursunov: “Renofa Yamaguchi” Yaponiya oliy ligasiga chiqmoqchi”

O'zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov Osiyo Kubogidan oldin Yaponiyaning “Renofa Yamaguchi” klubi bilan shartnoma tuzgan edi.

24 fevral kuni Yaponiya birinchi ligasida yangi mavsum boshlanadi. Biz 1-turdan oldin Tursunov bilan bog'landik va bir qator savollarga javob oldik.

- Nega aynan “Renofa Yamaguchi”ni tanladingiz? Sizda boshqa takliflar ham bormidi?

- Albatta, oldimda bir qator variantlar bor edi. O'zbekistonning bir qator jamoalaridan, xorij klublaridan ham takliflar bor edi. Ammo menga Yaponiya futboli yoqqani uchun ham "Renofa Yamaguchi" klubini tanladim. Bilasiz Yaponiya futboli juda ham tezkor. Xudo xohlasa bu erda futbolchi sifatida o'sishga erishaman. O'zbekistonlik futbolchilar ham mahoratli ekanligini isbotlamoqchiman.

- Yaponiya siz uchun begona davlat. Klubga rozilik bildirishdan oldin kim bilan maslahatlashdingiz?

- Bu erga kelishdan oldin Fozil aka Musaev bilan gaplashgandim. Yaponiyada futbol saviyasi juda yuqori, bu erda futbolchi sifatida yanada o'sasan deb maslahat berdilar. Klub infratuzilmasi va stadioni bilan tanishib chiqqach shartnomaga imzo chekdim.



- Necha yillik shartnoma tuzdingiz?

- Ikki yilga, yani 2020 yil oxiriga qadar “Renofa Yamaguchi” klubining futbolchisi hisoblanaman.

- Yangi klubda nechanchi raqamda o'ynashingiz aniq bo'ldimi?

- "Renofa Yamaguchi" klubida 15-raqamni tanladim. Aslida futbolda raqamning u qadar ahamiyati yo'q. Maydonda yaxshi o'ynasangiz bo'ldi.

- Jamoani bugungi kunda Masaxiro SHimoda boshqarib borayotgan ekan. Murabbiy haqida qanday fikrdasiz?

- Bosh murabbiy juda ham qattiqqo'l, talabchan ekan. Har bir mashg'ulot qiziqarli tarzda kechmoqda. Tajribali murabbiy ekanligini ko'rinib turibdi. U bir necha yil davomida Yaponiya U-23 terma jamoasida faoliyat olib borgan ekan.

- "Neftchi"da ko'plab nuqtalarda o'ynagansiz. Murabbiy sizni qaysi maydonning aynan qaysi joyida o'ynatmoqchi?

- Murabbiy meni markaziy himoyada o'ynatmoqchi. Jamoada har bir chiziqda raqobat juda ham kuchli. Asosiy tarkibga kirish uchun barcha futbolchilar mashg'ulotlarda tinmay mehnat qilishmoqda.



- Yaponiyalik futbolchilarning tashqi ko'rinishi bir-biriga juda ham o'xshash. Qiyin bo'lmayaptimi?

- To'g'ri aytdingiz. Futbolchilar juda o'xshash, bundan tashqari ismlari ham qiyin. To'g'risi adashtirib yuborayapman, ismlarini hali yodlab olganim yo'q.

- “Renofa Yamaguchi”da sizdan boshqa legioner ham bormi?  

- Ha jamoada braziliyalik legioner bor - Renan. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ingliz tilini ancha o'rganib oldim. SHu kunlarda jamoaga yana bir braziliyalik himoyachi qo'shiladi deb aytishdi.

- Yangi klubingiz oxirgi uch mavsumda Yaponiya birinchi ligasida ishtirok etgan ekan. Bu yillarda jamoa 12, 20 va 8-o'rinni olgan ekan. Bu yilgi maqsad qanday?

- Jamoa tarkibi ancha kuchaytirilmoqda. 2019 yil "Renofa Yamaguchi" Yaponiya oliy divizioniga chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bu juda ham qiyin bo'ladi, chunki birinchi ligada kuchli jamoalar ko'p va ko'plab klublar o'z oldiga aynan oliy ligaga chiqish vazifasini qo'yishgan.

- Klubga qaysi kompaniya homiylik qilar ekan?

- To'g'risi klubning homiylari juda ko'p ekan. Futbolkada bir nechta logotiplar bor. Yaponiyada futbolga etibor juda ham yuqori ekan.

- “Renofa Yamaguchi” uy stadioni “Ishin Mi-Layv” haqida qanday fikr bildirasiz?

- Juda ham alo darajadagi stadion ekan. Maydoni ham zo'r. Yaqindagina "Sanfrechche Xirosima" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. SHu o'yinga ham ko'plab muxlislar kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishdi.



- "Sanfrechche" bilan o'rtoqlik o'yiniga futbolchilar kostyum shimda kelishganini ko'rdik. Doim shunday ekanmi?

- Bu holat meni ham xayron qoldirdi. O'rtoqlik bo'ladimi yoki rasmiy o'yinmi farqi yo'q, barcha futbolchilar stadionga bir xil kostyum shimda borishi va o'yindan keyin ham shu kiyimda ketish kerak ekan.

- Klub sizga alohida uy berdimi yoki mehmonxonada yashayapsizmi?

- Albatta klub menga alohida uy va mashina berdi. To'g'risi yangi mamlakatda hozircha biroz qiynalayapman. Sekin-sekin Yaponiyaga moslashib boraman.

- O'tgan yil O'zbekiston Superligasida 32ta tur bo'ldi. Yaponiya birinchi ligasida esa 22ta klub bor ekan. Bu degani mavsum davomida 42ta tur bo'ladi. Bunga tayyormisiz?

- Bu meni juda ham quvontiradi. O'yinlar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Har doim o'yin amaliyotiga ega bo'lib turamiz. Mavsum boshlanishini juda ham sabrsizlik bilan kutayapman. Ilk turni "Kashiva Reysol"ga qarshi o'tkazamiz. Ushbu klub o'tgan mavsum J-ligada o'ynagan va quyi ligaga tushib ketgan. Kuchli raqib. Biroq bu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz shart. CHunki o'z maydonimizda mavsumni g'alaba bilan boshlash juda muhim.



- Yaponiya ovqatlariga o'rganib oldingizmi?

- (kuladi) To'g'risi ozgina qiynalayapman. Yaponlarning Tovuqdan tayyorlangan "Yakiniku" degan ovqati bor ekan. SHu ovqat menga juda ham yoqdi.

- Sizni O'zbekistondan turib qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarga qanday tilaklar bildirasiz?

- Men uchun qayg'urayotgan barcha-barcha futbol muxlislariga minnatdorchiligimni bildiraman. Doim sog'-salomat bo'lishsin. Ularning bildirgan ishonchlarini oqlashga bor kuchim bilan harakat qilaman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi


Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика