So’nggi yangiliklar

17:50Фоден, Деклан Райс, Сака ва бошқалар — АПЛ мавсумнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 17:27"Тоттенхэм" таркибини тубдан ўзгартиради  0 17:12ПРО-Лига. "Дўстлик" - "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:55Моуриньо: "Ўша таклифни рад этиб, хато қилганман"  4 16:41ПРО-Лига. "Шўртан" – "Қўқон-1912": Асосий таркиблар маълум  0 16:23Ўзбекистон футзал МТЖ дунёнинг биринчи рақамли жамоаси билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  4 16:05"Манчестер Юнайтед" АПЛ юлдузи учун курашга қўшилди  1 15:44Холанд АПЛнинг "энг яхши ёш футболчиси" соврини қўлга киритиши мумкин   5 15:21Стефано Пиоли А Сериянинг бошқа бир грандида иш бошлаши мумкин  0 14:45"Реал Мадрид" Кроосга "Байер"дан ўринбосар топди  5 14:14Спортчилар ижтимоий тармоқларда  0 13:57"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед"га иккита гол урган футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  4 13:31Моуриньо: "Балки, баъзи мураббийлар мендан ақллироқдир, чунки..."  5 13:04Шлоттербек Чемпионлар Лигаси финали йўлланмаси қўлга киритилганини нишонлаш вақтида жароҳат олиши мумкин эди  3 12:32"Барселона" "Брюгге" ҳужумчисига қизиқмоқда  0

Intervyu. Darko Markovich: "Rivaldo, Skolari? Ular meni hayron qoldirishmagandi" Yangiliklar

Intervyu. Darko Markovich: "Rivaldo, Skolari? Ular meni hayron qoldirishmagandi"

Superligadagi tanaffusdan foydalanib klublarimizda to'p tepgan legionerlardan biri bilan suhbatlashish istagi tug'ildi.

Serbiyalik futbolchilarning shunday ajoyib xislati borki, ular doim har qanday vaziyatda, har qanday inson uchun ochiq. Hattoki sizni tanimasa ham. 2008-2010 yillarda "Paxtakor"da to'p tepgan Darko Markovich ham shundaylar toifasidan. Unga ijtimoiy tarmoq orqali O'zbekistondan ekanligimni aytishim zahotiyoq suhbatlashishga tushdi. Muxlislarga salom yo'lladi. SHu asnoda suhbatimizni ham boshladik. 

- Ayni paytda nimalar bilan bandsiz?

- Avvalambor barchaga alangalik salom yo'llamoqchiman. Hozirda CHernogoriyada to'p tepmoqdaman. Faoliyatimni hali yakunlaganim yo'q. Fikrimcha, bu tez orada yuz beradi. Menda UEFAning B licenziyasi bor. SHunday ekan butsalarimni mixga ilgach murabbiy sifatida ishimni davom ettiraman. Kelajakda hamma narsa bo'lishi mumkin. 

- Palovni sog'indigizmi?

- Albatta palovni eslayman. Juda mazali va boshqacha taom. Bu erdagilarga palov haqida ko'p gapirib beraman. 

- Umuman "Paxtakor" va O'zbekistondagi xotiralaringiz nimasi bilan yodda qolarli kechgan?

- "Paxtakor" - katta jamoa. Bu jamoa tarkibida yaxshi futbolchilar yig'iladi. Muxlislar, Toshkentdagi insonlarning samimiyati yodimdan chiqmaydi. 

- Qiziq, poytaxt klubiga kelishingiz tarixi qanday bo'lganini ayta olasizmi?

- O'sha paytda men "Zeta" klubi bilan Turkiyada yig'inida edim. Mazkur yig'in doirasida Buxarestning "Styaua" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvimizni "Paxtakor" murabbiylari kuzatgan. SHundan keyin taklif bilan chiqishdi. 

- Bizdagi malumotlarga ko'ra, klub sizni malum summa evaziga transfer qilgan...

- Ochig'i bilmayman. Klublar o'zaro kelishgach men ham o'z talablarimni aytganman. 

- Sizning kelishingiz "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'rtasidagi Toshkent derbisining eng avjiga chiqqan paytga to'g'ri kelgandi...

- Uchrashuvlar ajoyib atmosferada o'tardi. Raqobat, principiallik har jabhada ko'ringan. Menimcha hamma futbolchi ham bunday o'yinlarni yaxshi ko'radi. 

- Rivaldo singari jahon yulduziga qarshi o'ynash nasib qilgan. Qandaydir hayajon yoki ajablanish holati ro'y bermaganmi?

- Bunday futbolchilarga qarshi to'p tepish doim yoqimli hislarni bergan. Lekin bu men uchun yangilik hisoblanmasdi. Boisi "Zeta" safida evrokuboklarda bir qator yulduzlar bilan to'qnash kelgandim. Rivaldo, Skolari meni xayron qoldirmagan. Hammasini oddiy qabul qilganman. 

- Nima deb o'ylaysiz, yuqori saviyadagi top legionerlar O'zbekiston chempionatini nufuzini oshirdimi?

- Bu fikringizga qo'shilaman. Ammo legionerlardan tashqari "Paxtakor" va "Bunyodkor"da yaxshi darajadagi mahalliy yigitlar jamlangandi. Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix, Zayniddin Tojiev, Ilhom Suyunov, Asror Aliqulov kabi ijrochilarni ortiqcha tariflash shart emas. 

- Qaysi futbolchidan kelajakda yuqori natija kutgan edingiz?

- Futbol jamoaviy sport turi. Yuqorida ham aytdim. Kimnidir ajratib ko'rsatish qiyin. 

- "SHerlar" libosida 100ga yaqin o'yinda maydonga tushgansiz. Aynan bitta bahsni ayta olasizmi?

- 2009 yilgi O'zbekiston kubogi finalida "Bunyodkor"ni mag'lub etib bir yil oldingi mag'lubiyat uchun revansh olgan edik. Undagi hissiyotlarni so'z bilan tariflash juda murakkab. 

- Statistikaga ko'ra, 20ga yaqin gol urganingizni ko'rish mumkin. Ular orasida eng chiroylisi qaysi bo'lgandi?

- Bilsangiz, "Neftchi" bilan o'yinlar o'zgacha derbi maqomida o'tardi. SHunday uchrashuvlarning birida Zayniddin Tojievning pasini golga aylantirganim esimda hamon. 

- Bugungi kunda ham sobiq jamoangizning natijalari bilan qiziqib turasizmi?

- Befarq emasman. "Paxtakor"ning OCHL va O'zbekiston chempionatidagi o'yinlarini kuzatib boryapman. 

- 2008-2010 yillarda Viktor Jalilov, Miodrag Radulovich, Ravshan Haydarov ustozligidagi jamoa. 2017-2020 yillarda SHota Arveldaze boshchiligidagi "Paxtakor". Qaysi biri sizningcha kuchli?

- O'ylab ham o'tirmasdan javob berishim mumkin. SHubhasiz 2008-2010 yildagi "Paxtakor" men uchun eng kuchlisi. Viktor Jalilov, Ravshan Haydarov qo'l ostida chiroyli futbol ko'rsatardik. Ularga saytingiz orqali salomimni etkazib qo'ying. 

- "Paxtakor"dan ketishingizni kim istagan? Eshitishimizga qaraganda Samvel Babayan bilan o'shanda nizo yuzaga kelgan...

- Bilmadim, buni kim istagan. Futbolchilar maosh olmasa ham o'ynardi.  Nizo esa men emas Babayan tomondan bo'lgan, deya olaman. Keyinchalik FIFAda men g'olib chiqib maoshlarimni oldim. Balki Samvel Babayan bu haqida to'liqroq bilar. Muammoni doim ikki tomoni bo'ladi. 

- O'zingiz bilan birga o'ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoangiz qanday ko'rinish olgan?

- Nesterov, Ivanovich, Ismoilov, Kosorich, Radunovich, Ahmedov, Stevanovich, Zakarich, Kabat, Korach, Lendrich.


Obuna bo'ling: Intervyular olami

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика