So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  4 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

Intervyu. Abdujamol Isroilov - Kanchelskisning etirofi, qachon yashil maydonga qaytishi hamda uni elga tanitgan jamoa haqida Yangiliklar

Intervyu. Abdujamol Isroilov - Kanchelskisning etirofi, qachon yashil maydonga qaytishi hamda uni elga tanitgan jamoa haqida

Ko'plab muxlislarini "Navbahor" yarim himoyachisi Abdujamol Isroilovning qachon jarohatidan forig' bo'lib, safga qaytishi qiziqtirmoqda.

Darhaqiqat, iqtidorli yarim himoyachi Superliga 2019 birinchi davrasida “lochinlar” safida katta hajmdagi ishni bajargan edi. Biroq, kutilmaganda og'ir jarohatga yo'liqib, uzoq muddatga safdan chiqqandi.

Bugun biz Abdujamol Isroilov bilan bog'lanib,tiklanish jarayonlari hususida suhbatlashdik.

- Ayni vaqtda to'liq tiklanib ulgurdingizmi? Yangi mavsumda muxlislar yana sizning o'yiningizdan bahramand bo'lishadimi?
- Etibor uchun rahmat. Jarohat futbolning bir qismi ekan. Hozir ancha yaxshiman. Moskvada kichik jarrohlik amaliyotini o'tadim. Nasib qilsa bir oylardan keyin mashg'ulotlarga qo'shilaman. Oldingidan kuchli bo'lib qaytishga harakat qilaman.

- Sizning holatingizdagi aksariyat futbolchilar ruhiy tushkunlikka tushib qoladi. Jarohat olgan paytingizda qalbingizdan qanday kechinmalar o'tdi? Nimalarni o'yladingiz?
- Buni boshdan o'tkazish og'ir bo'larkan. Futbol o'ynashni istaysiz-ku, imkoniyatingiz bo'lmasa. Qiynalgan paytlarim ham bo'ldi. Oila azolarimga rahmat aytaman, doim yonimda bo'lishdi. Klubdagilar dalda bo'lib turishdi. Sen bizga keraksan, hali o'ynashing kerak deyishdi. Muxlislar aslo yolg'iz qoldirishmadi. Ular uchun yanada yaxshiroq to'p tepishga intilaman.

- “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis intervyularini birida sizni top chempionatlarda o'ynab keta oladi degandi. Kuchli chempionatlarda o'ynash orzuingiz bormi?
- To'g'risini aytsam, murabbiyimizning bu gaplaridan xursand bo'ldim. Andrey Antanasovichning etirofi menga yanada qo'shimcha kuch berdi. Top chempionatlarda to'p tepish har bir futbolchining orzusi va maqsadi hisoblanadi.

- Andrey Kanchelskisning qaysi jihati sizni ajablantirdi?
- Avvalo, Kanchelskisning insoniylik xususiyatini etirof etishim kerak. Deylik, o'z davrida ko'pchilik bilgan “Manchester Yunayted” klubida to'p tepgan. Biz - futbolchilar bilan ham, klubdagi oddiy xodimlar va muxlislar bilan ham birdek samimiy muomala qiladi. Bu meni juda hayron qoldirdi. Uning odamgarchiligiga tan berdim.

- Superliga 2019 uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Paxtakor” va “Navbahor” uchrashuvi yilning eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri bo'ldi. Unda siz “SHerlar” darvozasini ishg'ol qilgan edingiz. Nazarimda mana shu o'yin sizni ommaga yanada yaqinroq tanitdi...
- Esingizda bo'lsa 2017 yil Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'ynaganman. Ko'pchilik bizni “Lester”ga qiyoslashgandi. O'sha paytlarda men va boshqa futbolchilar mahalliy muxlislarga tanilib etiborga tushganmiz. Siz aytgandek “Paxtakor”ga qarshi kechgan 2:2 hisobidagi o'yin meni tanitdi deya olaman.

- Keling suhbatimizni OTJ haqida davom ettirsak. O'z vaqtida siz ham mazkur terma jamoa bilan Osiyo chempiontida g'olib chiqqansiz. Qaysidir manoda o'zingizni hissangizni qo'shgansiz. Tarixni takrorlash bilan birgalikda, yangi tarix yaratish hozirgi olimpiyachilarimizning oldida turgan asosiy maqsadi hisoblanadi. O'tgan galgi turnirga qaraganda, bu safar munosabat boshqacha bo'ladi. Boisi, o'rtaga Olimpiada yo'llanmasi qo'yilgan...
- To'g'ri aytasiz. Tailanddagi Osiyo chempionatiga hamma jamoalar boshqacha tayyorgarlik va masuliyat bilan kelishadi. Bizning terma jamoamiz tarkib jihatdan aslo kuchsiz emas. Kuchli termalar bilan bemalol o'ynay olishlariga va olimpiyadaga chiqishlariga ishonchim komil.

- Janubiy Koreya, Yaponiya bilan avvalgi safar chorak va yarim final bosqichida o'ynaganmiz. Endi esa Koreya bilan bir guruhdan o'rin oldik...
- Guruhimiz kuchli. SHunday bo'lsada, birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga havotirsiz chiqa olishadi. 2018 yil Xitoydagi musobaqada bir bosh ustunligimiz bilingandi. Hech qaysi o'yinni tasodif tufayli yutganmiz deya olmayman. Raqiblarimizni uchta, ikkita to'p farqi bilan mag'lub etganmiz. Menimcha, sensaciyaga qiyoslash noo'rin. Ishqibozlardan OTJ ga ishonishlarini so'rab qolaman. Namanganlik muxlislar bizni qo'llab quvvatlashdan charchashmasin. Mana, bu yil “Navbahor” oldiga chempionlar ligasiga chiqish va chempionlik vazifasi qo'yilmoqda. Ularning olqishlashlar  ostida marralarni zabt etamiz degan umiddaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика