So’nggi yangiliklar

20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  1 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  20 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  1 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  0 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  15 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  13 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  2 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0

Internet sayt asoschisi – Evropa Ligasi yarim finalchisi murabbiyi Yangiliklar

Internet sayt asoschisi – Evropa Ligasi yarim finalchisi murabbiyi

Teglar :  "Red Bull Zalcburg"
“Zalcburg”dagi Rene Marich haqida eshitganmisiz? 26 yoshida jiddiy narsalarga erishib ulgurgan inson bilan tanishish vaqti keldi.

Evropa Ligasi yarim finali qurasi shafqatsizligi bilan etiborimizni tortgani bor gap.  

"Marsel"ga qarshi kurash olib borgan "Zalcburg" klubi oxirgacha kurashdi va jamoa vakillariga hech qanday etiroz bildirib bo'lmaydi. Umuman olib qaraganda, Evropa Ligasi yarim finaliga etib kelish ham Avstriya vakili uchun ijobiy natija. "Red Bull Zalcburg"ning bu qadar muvaffaqiyatli ishtirokida ikkinchi murabbiy Rene Marichning xizmatlari katta.

Rene futbolchilik faoliyatini endigina 20 yoshga to'lganda yakunlashiga to'g'ri keldi – og'ir jarohat sportchi orzulari bilan hisoblashib o'tirmas ekan. Hayot rejalari barbod bo'lganiga qaramay, Rene oyoqqa turish uchun o'zida kuch topa oldi. U "Xandenberg" bosh murabbiyiga ko'maklasha boshladi va parallel ravishda mahalliy universitetda tahsil ola boshladi. Qaysi fakultet, u erdan "kim bo'lib chiqadi" deysizmi? Qaxramonimiz futbolni yurakdan yaxshi ko'rsa ham, universitetda psixologiya fakultetida tahsil ola boshladi.  

Marich nostandart qarorlar qabul qila olishi va vaziyatni, futbolni chuqur analiz qilishi o'sha vaqtlardayoq sezilgandi. "O'yindan keyingi mashg'ulotda Rene bizga hech nima demasdi, xatolarimizni aytib, urushib o'tirmasdi. SHunchaki malum mashqlarni bajarishimizni talab qilardi. Oradan bir necha kun o'tibgina, biz o'sha mashqlar bizning oxirgi o'yindagi xatolarimizni tushunib, to'g'rilashimiz uchunligini sezardik", – degandi "Xandenberg"ning sobiq vakili SHtefan Kirnstetter.

Futbol klubidagi ish va universitetdagi o'qish Marichga etarli emasdi va u do'stlari bilan 2011 yil Spielverlagerung nomli saytni ishga tushiradi – bugungi kunga kelib, aynan shu loyiha dunyodagi eng mashhur taktika sayti hisoblanadi. "Jarohat sabab faoliyatimni yakunlagach, internetda turli-tuman malumotlar o'qiy, to'play boshladim. Forumlarda turli insonlar bilan suhbatlashar, fikr almashardim. Aynan shu orqali "Spielverlagerung"dagi sheriklarim bilan tanishganman. Dastlab biz saytni o'zaro fikr almashish va futbolga biz kabi boshqa rakursdan qaraydiganlarni topish uchun ishga tushirgandik. Ammo ish biz kutgandan ham omadliroq bo'ldi va oldimizda yangi imkoniyatlar eshigi ochildi, o'z-o'zidan vazifalar ham murakkablashardi", – yodga olgandi Marich. Loyiha o'z faoliyatini boshlayotganda Rene hali 21 yoshga ham to'lmagandi.

Klublar Spielverlagerung asoschilariga raqiblar yoki klub qiziqayotgan yosh futbolchilar haqidagi analitik hisobotlar so'rab murojaat qilar, ularni turli seminarlarga taklif qilishar va taktik tayyorgarlik borasida matnlar yozib berishni so'raganlar. SHunday qilib, Marich Abseits.at sayti bilan hamkorlik qila boshladi. 2012 yildan buyon bu sayt uchun Spielverlagerung 523 material yozib berdi. "Bundan besh yil oldin, bugungi darajamga etishim haqida orzu ham qilmagandim", – degandi 2017 yil Marich Abseits"ga bergan intervyusi chog'ida.


Marich va uning loyihasi (Spielverlagerung)ga Tomas Tuxel ("Maync"da ishlagan vaqtlari) va Rojer SHmidt ("Zalcburg") murojaat qilgan. "Tuxel "Maync"ning Gvardiola "Bavariya"siga qarshi o'yini analizini o'qib, bizga xat yubordi. Xatda uchrashuvga taklif qilingandi", – aytib bergandi Marich. Uchrashuv ijobiy yakun topdi – Tuxel blogerga "Maync"ning bo'lajak raqiblari borasida materiallar buyurtirdi.

"Zalcburg"ga ham Marich Spielverlagerung tufayli borib qoldi. 2016 yil yanvarida Rene "Zalcburg"ning yoshlar (18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar) jamoasi haqidagi materialni chiqaradi. O'shanda jamoani Marko Roze boshqarardi.

O'sha maqola haqida

Post chiqarilgandan keyin Marichning o'zi Rozega yozadi. "Men undan ko'p narsa kutgandim, amalda u bilan suhbat kutganimdan ham qiziqroq bo'ldi", – deb tan oladi Marich. Ko'p o'tmay ishga "Zalcburg" departamenti rahbari Ernst Tanner aralashadi – u Marichning yozganlarini va qo'llanmalarini o'rganib chiqadi, Rene esa klubga ishga kirish niyatidaligini malum qiladi. Bu barchaga maqul keldi va 2016 yil yozida Marich Rozening yordamchisi sifatida "Zalcburg U-19"da ish boshlaydi.

Birinchi mavsum ajoyib o'tdi. "Red Bull" yoshlar o'rtasida UEFA Ligasida zafar quchdi. Pley-off bosqichida Roze va Marich "Vardar"ni umumiy 8:0 hisobida, "Kayrat"ni (9:1), va "Man Siti"ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi.
Turning asosiy bosqichida "Zalcburg" PSJ (5:0), "Atletiko" (2:1), "Barselona" (2:1) va "Benfika" (2:1) jamoalari bilan kuch sinashdi. "Zalcburg" akademiyasi turli yosh toifasidagi jamoalar bir xil o'yin falsafasini ilgari suradi. Murabbiylar qo'llaydigan metodikalar ham bir xil. Xalqaro musobaqada ham biz klub annalaridan, ish uslubidan voz kechmadik", – degandi murabbiy.

2017 yil yozida Roze va Marich "Zalcburg"ning asosiy jamoasiga o'tishadi.


"Zalcburg" asosiy jamoasida Marich yosh jihatidan o'zidan katta bir necha futbolchilar bilan ro'baro keldi (sentyabrda Rene 26 yoshga to'ladi), lekin bu uni butkul xavotirga solmadi: "Futbolchilar sen ularga yordam berishinga ishonsa, sen 18  yoshdamisan yoki 38 ularga baribir. Bundan tashqari men o'zimni qulay xis qilishim uchun ikki sabab bor. Birinchidan, tarkibimizda ko'plab yosh futbolchilar mavjud. Ikkinchidan, faoliyatim borasida qandaydir malumot bilib qolishsa, qiziq-qiziq savollar berishadi".

Marich futbolchilar bilan suhbatda, Spielverlagerung maqolalarida ishlatadigan til, usuldan foydalanmasligini takidlaydi: "Mening matnlarim – kuzatuvlar natijasi, tushunchalar tili. Jamoa bilan ishlaganda ularning saralash va iloji boricha samarali tarzda etkazib berish muhim. Bu harakatlar tili. Men hech qachon o'zimni jurnalist sifatida ko'rmaganman, Spielverlagerung shunchaki mashq edi va u atrofdagilar qiziqishiga sabab bo'ldi. Endi men faqatgina tadqiqot, analiz bilan shug'ullanmayapman, endi keyingi bosqich – to'plangan malumotni futbolchilarga etkazib berish bilan ham mashg'ulman.

Jamoa bilan suhbatda Rene bosh murabbiy Rozening rolini alohida takidlab o'tadi: "U kerakli so'zlarni topa oladi. U mening eng yaxshi ustozim. Bazan amaliyotdagi bilimlarim kamroqligini sezaman. SHunda men murabbiylar shtabimiz vakillari va xatto futbolchilarga murojaat qilaman. Bunda hech qanday muammoni ko'rmayapman".


41 yoshli Roze va 26 yoshli Marich ajoyib juftlik hosil qilishdi. Marich – Gvardiola va pozicion futbol muxlisi, Roze esa "Zalcburg" pressing va kontrpressingga ko'proq murojaat qilishini taminlamoqda. "Menimcha bu bir-biriga qarama-qarshi narsalar emas. Men kelgunga qadar Roze U-18da ajoyib natijalar ko'rsatgan: uning jamoasi chempionatda umuman yutqazmadi va juda kam gol o'tkazib yubordi. Biz tarkibimizdagi futbolchilar imkoniyatidan kelib chiqib taktika tanlashga harakat qilamiz, ammo shu o'rinda ular universal bo'lib, erkin harakat qilishlarini istaymiz".

Marich asosiy jamoa yordamchisi sifatida birinchi mavsumini o'tkazmoqda, lekin undan hozirdanoq bosh murabbiy sifatida yakka o'zi ishlashi haqida so'rashmoqda. Rene bu kabi savollarga kamtarona: "Bosh murabbiydan ko'proq narsa talab qilinadi. Buning uchun men ko'plab jihatlarda o'sishim zarur. Odamlar bilan ishlashda, munosabatda va OAV vakillari bilan suhbatda ham o'zimni qanday tutishni o'rganishim kerak".

Hozircha Marich "Zalcburg"ning ikkinchi murabbiyi roliga qanoat qilmoqda, ammo yaqin kelajakda u faoliyatidagi keyingi bosqichga o'tsa ajab emas. Evropa Ligasidagi omadli ishtirok va Avstriyada ichki chempionatda navbatdagi sovrindan so'ng, Marko Roze Germaniya bundesligasi qator jamoalari qiziqishiga sababchi bo'ldi.

Katta ehtimol bilan Roze Dortmund yoki Leypcigga yo'l oladi. Agar shunday bo'lsa, Marich Avstriyada qolib ketmasligi aniq.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика