"Inter" payshanba kuni Brozovich bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazadi
12 okt 2021 07:55
Yangiliklar
"Inter" payshanba kuni Brozovich bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazadi
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich shartnomani uzaytirishga yaqin.
Klub rahbariyati 14 oktyabr kuni yangi kelishuvni muhokama qilish uchun 28 yoshli xorvatning otasi bilan uchrashadi.
O'yinchi 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi, uning maoshi bonuslardan tashqari 4,5 mln evroni tashkil etadi.
Brozovich 2015 yilning yanvaridan beri "Inter"da o'ynaydi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar