“Inter” Konteni istefoga chiqarsa, qancha mablag' to'lashi malum bo'ldi
13 iyu 2020 09:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580802_original.jpg)
![](/upload/storage/580802_220.jpg)
“Inter” Konteni istefoga chiqarsa, qancha mablag' to'lashi malum bo'ldi
Bu haqida Italiya nashrlari xabar bermoqda.
Malum bo'lishicha, “Inter” muddatidan avval Antonio Konte va uning murabbiylar shtabi bilan shartnomani qanday sabablar bilan bekor qiladigan bo'lsa, bu milanliklar uchun 150 mln evroga tushadi. Qayd etish joiz, Konte A Ceriyada eng ko'p haq oladigan murabbiy hisoblanadi — yiliga 12 mln evro.
Avvalroq Kontening istefoga chiqarilishi mumkinlig aytilgandi. Uning o'rnini egallashga esa Massimiliano Allegri, Maurisio Pochettino va Unai Emeri kabi murabbiylar nomzodi bor. Kontening “Inter” bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.
“Inter” ayni damda A Ceriyada 4-o'rinda bormoqda. Klub peshqadam “Yuventus”dan 11, “Lacio” va “Atalanta”dan mos ravishda 3 va 2 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar