"Inter" aprelda SHkrinyar bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
12 mar 2022 15:37
Yangiliklar
"Inter" aprelda SHkrinyar bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
"Inter" himoyachi Milan SHkrinyar bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub 27 yoshli slovakiyalik futbolchiga bonuslarsiz yiliga 4,5 million evrolik shartnoma bilan 2026 yilga qadar shartnomani taklif qilishga tayyor.
Tomonlar aprel oyida kelishuvni uzaytirishni muhokama qilishi kutilmoqda.
SHkrinyar 2021/22 yilgi mavsum "Inter" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar