Inter Akunya bilan shartnoma imzolashi mumkin
01 jan 2020 00:30
Yangiliklar


Inter Akunya bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Sporting" yarim himoyachisi Markos Akunya faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
"Sky Sports Italy" nashri xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi 28 yoshli futbolchi bilan qiziqib qolgan. Milan klubi agar "CHelsi" vakili Markos Alonsoni qishki transfer mavsumida xarid qilolmasa, Akunya borasida Lissabon klubiga taklif yuboriladi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 12 uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar