Insine jarohat oldi va “Barselona”ga qarshi maydonga tusha olmasligi mumkin
02 avg 2020 08:56
Yangiliklar
Insine jarohat oldi va “Barselona”ga qarshi maydonga tusha olmasligi mumkin
Italiya chempionatining 38-turida “Lacio”ga (3:1) qarshi bellashuvda “Napoli” sardori Lorenco Insine o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi.
Uchrashuv davomida orttirib olgan jarohati tufayli u 84-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berishga majbur bo'ldi.
Maydonni tark etayotgan futbolchi ko'z yoshlarini yashirishga uringan bo'lsada, uning chap oyog'iga qo'yilgan muz bo'lagi neapolliklar sardorining jarohat olganidan darak berardi.
SHu tariqa Insinening ECHL 1/8 finali javob uchrashuvida (“Barselona”ga qarshi o'yin 8 avgust kuni “Kamp Nou”da o'tkaziladi) maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda.
Fikrlar