So’nggi yangiliklar

22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  0 21:45Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  1 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  0 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  11 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4

"Inside": Bobir Abdixoliqovga Evropaning qator jamoalari va MLS klublaridan qiziqish yuqori Yangiliklar

"Inside": Bobir Abdixoliqovga Evropaning qator jamoalari va MLS klublaridan qiziqish yuqori

Qarshining "Nasaf" jamoasining sobiq hujumchisi Bobir Abdixoliqovga xorijdan ko'plab taklif va qiziqishlar uchramoqda.

Bu haqda Bobir ABdixoliqovning transferi bilan bog'liq eksklyuziv malumotlarni SHahboz Beg'amov saytimizga malum qildi.

Ayni paytda Polsha, Sloveniya, Greciyaning qator jamoalari Bobir Abdixoliqovga jiddiy qiziqmoqda. SHuningdek, hujumchining xizmatiga MLS klublari va Turkiyaning "Kayserispor", "Denizlispor" va "Erzurum" jamoalaridan qiziqish mavjud.

Bobir Abdixoliqovning xizmatlariga yana Qozog'istonning "Qayrat" jamoasidan jiddiy taklif mavjud. Xususan jamoa bosh murabbiyi Aleksey SHpilevskiyga Abdixoliqovning o'yini manzur kelgan va mutaxassis Bobirni jamoaga olib kelishga qiziqmoqda.

Ayni paytda "Nasaf" bilan shartnomasi yakunlangan va erkin agentga aylangan Bobir Abdixoliqov va futbolchining agentlari dastlab ustuvor bo'lgan chempionatdan yakuniy qarorni kutishmoqda va keyinchalik qolgan takliflarni ko'rib chiqishni reja qilishgan. Hozirda qator chempionat vakillari bilan muzokaralar davom ettirilmoqda.


Bobir Abdixoliqovga Osiyo qitasidan ham takliflar tushgan. Biroq Bobir va futbolchining vakillari uchun birinchi o'rinda Evropa varianti ustuvor bo'lib turibdi. Bobir Abdixoliqovga Evropaga Osiyoga nisbatan kamroq maosh evaziga bo'lsa ham ketishni va futbolchi sifatida o'sishni maqsad qilgan.

Reyting: +110   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика