Inesta "Vissel Kobe" bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi
11 may 2021 11:49
Yangiliklar
Inesta "Vissel Kobe" bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta klub bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Malumotga ko'ra, 37 yoshli ispaniyalik o'yinchi yapon klubi bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. "Vissel Kobe" o'tgan mavsum jadvalda 14-o'rinni egalladi. Xavbek esa 4ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Inesta "Vissel Kobe"ga 2018 yilda "Barselona"dan o'tgan edi. Qayd etish kerakki, bugun afsonaviy futbolchining tug'ilgan kuni.
#8HereToStay pic.twitter.com/YaPQdLwZR2
— ヴィッセル神戸 (@visselkobe) May 11, 2021
Fikrlar