Immobile - "Lacio" tarixidagi eng yaxshi to'purar
13 may 2021 15:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636688_original.jpg)
![](/upload/storage/636688_220.jpg)
Immobile - "Lacio" tarixidagi eng yaxshi to'purar
Forvard CHiro Immobile Rimning "Lacio" klubi tarixiga kirdi.
31 yoshli futbolchi poytaxt jamoasining eng yaxshi to'purariga aylandi. Hujumchi "Parma" (1:0)ga qarshi o'yinda "burgutlar" uchun 150-golini urdi.
Transfermarkt xabariga ko'ra, Immobile Silvio Piolu (149)ni quvib o'tib, "Lacio" to'purarlari orasida birinchi o'ringa ko'tarildi.
Eslatib o'tamiz, CHiro 2016 yilning yozidan beri Rim jamoasi sharafini himoya qiladi. Forvard joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 6ta assist qayd etdi. Uning "Lacio" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar