So’nggi yangiliklar

14:39"Кристал Пэлас" Даун синдромли болаларни жамоавий фотосессияга таклиф қилди  0 14:14"Ливерпуль" собиқ футболчиси БАА учинчи дивизиони жамоасида ўйнайди  0 13:43"Трабзонспор" Андре Онанага доимий шартнома таклиф қилди  1 13:16Ҳимоя чизиғида "катта тозалаш": "Интер" фахрийлар билан хайрлашишга тайёр  2 12:48Ҳолид Ал Фадли Ўзбекистон термасининг араб мамлакатларидан қандай фарқи борлигини айтди  2 12:27Файзуллаев Уругвай билан ўйнамайди  6 12:19Манба: Ўзбекистон халқаро турнирда Миср билан ўйнаши мумкин  6 12:05Реда Ҳани: "Мазкур беллашув Ўзбекистондаги сингари бизнинг мураббий учун ҳам биринчиси эди"  1 11:47Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК ҳакамлар академиясида малака оширади  0 11:35Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК Чақирув Лигаси ўйинларида!  0 11:24Ўзбекистон U-18 термаси Озарбайжон билан муроса кўчасини танлади  1 11:10Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар Осиё чемпионати саралаш босқичида ишлайди  0 10:46"Арсенал" туркиялик футболчи учун катта суммадан воз кечишга тайёр  1 10:18"Реал" ҳужумчиси январда АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0

Ilyos Zeytullaev: "Bugun yutqazishga haqli emasdik" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bugun yutqazishga haqli emasdik"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, biz bugun yutqazmasligimiz kerak edi. Tushunayapsizmi, biz bugun yutqazishga haqli emasdik. Harakat qildik, ijobiy natija uchun o'ynadik, lekin o'xshamadi. Murabbiylar shtabi aybni zimmamizga olamiz. 

- Tanaffusda qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Biroq, "Bunyodkor"ning yangi transferlari jamoada o'zaro bir-birini tushunish bo'yicha kamchiliklar kuzatildimi?

- Men xohlardim, bizda birinchi bo'limda imkoniyatlar bo'lganini muxlislar bilishi kerak. Qiyin bo'ldi, lekin biz oxirigacha o'ynadik. Bilasiz, kubokda davom etayapmiz. Mavsum yakunida Farg'onada bo'lib o'tadigan finalga ham chiqarmiz. Har doim ijobiy natija uchun o'ynaymiz.

- Birinchi davradan so'ng siz istagan futbolchilar transferi amalga oshdimi?

- Yaxshi savol. Biz istagan futbolchilarni tarkibga qo'shib oldik. Yig'inda ko'ringani o'yinda ham amalga oshavermaydi. Tayyorgarligimiz yaxshi edi, biroq o'yindagi natija ijobiy bo'lmadi. Albatta, bugungi o'yinimizdan qoniqmadim.

- Jamoadagi legionerlardan ko'ra o'zimizning futbolchilar bilan kuchliroq ko'rinmayaptimi?

- "Qizilqum" bilan o'yin og'ir kechdi. Legionerlar ko'ngildagidek natija ko'rsatmasa, bunga murabbiylar shtabi javob beradi. Hozir ikkinchi davrada faqat bitta jamoa bilan o'ynadik, birdaniga xulosa chiqarish to'g'ri emas.

- Siz bundan buyon har bir o'yin finaldek o'tishini aytgansiz. Bugungi uchrashuv shu finaldek kabi o'tdimi?

- Futbolda hamma narsa bo'ladi. Raqibning goli biz uchun ogohlik qo'ng'irog'i edi. Biz jamoa oldidagi vazifalarni to'liq bajarishni maqsad qilganmiz.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика