So’nggi yangiliklar

21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  0 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  0 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  2 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  2 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0 17:39Ўзбекистон U-16 термаси Японияга мағлуб бўлди   13 17:09Уругвайга қарши ўйин олдидан Фабио Каннаваро нималар деди?  9 16:58Спаллетти Италия термасининг жаҳон чемпионатига чиқишига ишонади  3 16:39Килиан Мбаппе: "Роналду - энг зўри"  36

Ilyos Zeytullaev: "Agar, xudo biz bilan birga bo'lsa, kim qarshilik qilishi mumkin?" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Agar, xudo biz bilan birga bo'lsa, kim qarshilik qilishi mumkin?"

Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi.

"Nima ham deyish mumkin. Agar, xudo biz bilan birga bo'lsa, kim qarshilik qilishi mumkin? Yigitlar oxirgi daqiqagcha kurashishdi, hattoki g'alaba qozonishga ishonishdi. Ular kurashuvchanlik hislatlarini ko'rsatishdi. "Olimpik"dan olingan bir ochko ham oltinga teng",- deydi Ilyos Zeytullaev. 

- "Bunyodkor" ikki kishi kam bo'lib xarakter ko'rsatdi. Bu futbolchilarning irodasimi yoki mashg'ulotlarda ishlanganlarning samarasi?

- Hammasi birgalikda bo'ldi. Yigitlar juda yig'inchoqlik bilan o'yin ko'rsatishdi. Murabbiylar, jamoaning mehnati. Bizda hamma bir-biriga ko'maklashadi. Yigitlardan afsusda emasman. To'g'ri, g'alabani saqlab qola olmadik. Futbolchilar soni teng bo'lganida boshqacha o'yin guvohiga aylanardik. 

- Mahmud Mahamadjonov o'tgan o'yinda ham zaxirada qolgandi. Bugun ham u zaxiradan tushdi va yana almashtirildi...

- U bilan hech narsa bo'lgani yo'q. Murabbiy sifatida bu ruhiyat bilan bog'liq deb o'ylayman. Balki terma jamoaga chaqirilmaganigadir. U o'zini ko'rsatishi kerak. Mahmud iqtidorli futbolchi. Xotirjam ishlashi, shug'ullanishi kerak. 

- Agarda jamoada qolsangiz ikkinchi davraga selekciya va tayyorgarlik rejasini ishlab chiqdingizmi? Tarkib kuchaytiriladimi? Jamoada qolish qolmasligingiz haqida gap-so'zlar tarqalmoqda...

- Mening rejam faqat "Paxtakor" bilan o'yinga qaratilgan. Agarda jamoada qolsangiz degan savolingizga kelsak. Otamni bir gapi bor: "It xurar, karvon o'tar". Odamlar bizda nima bo'layotganini bilishmaydi. Men hozir faqat qo'l ostimda bor yigitlar haqida gapirishim mumkin. Tarkib kuchaytirilishi borasida rahbariyatdan so'raganingiz maqul.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика