So’nggi yangiliklar

21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  0 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  0 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  10 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  89 20:25"Манчестер Сити" ўзи учун рекорд нархга футболчи сотди  5 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  10 18:40Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га эмас, "Реал"га ўтмоқчи  12 17:38"Барселона"нинг янги сардори маълум бўлди  2 17:09"Арсенал" франциялик юлдузга кўз тикди  1 16:43"Динамо" стадионида янги прожектор лампалари ўрнатилмоқда  4 16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  1 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  3 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  5 14:47Муборакдаги ўйин қаҳрамони, "Қўқон-1912" дарвозабони ва мураббийи - Про лига 15-тур лауреатлари  1

Ilhom Yunusov: "Qizilqum"da penaltidan gol ura oladiganlar talaygina" Yangiliklar

Ilhom Yunusov: "Qizilqum"da penaltidan gol ura oladiganlar talaygina"

G'uzorda “SHo'rtan” - “Qizilqum” jamoalari bahsi (0:1) yakunlangach, navoiyliklar yarim himoyachisi va g'alaba to'pi muallifi Ilhom Yunusov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-   Dastlabki turda Qarshida mag'lubiyatga uchragan “SHo'rtan” futbolchilarini bizga qarshi jiddiy kurash olib borishini kutgandik, - dedi Ilhom Yunusov. - SHu bois, o'yin kutilganidek, juda shiddatli o'tdi. Har ikki jamoada ham golga tortadigan ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo o'yin jarayonida undan unumli foydalanish na bizga va na raqib o'yinchilariga nasib etmadi.

-   Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda penaltilarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdasiz? “Qizilqum”da bundan keyin bu vazifani faqat siz bajarasizmi?
-   Hozircha ko'z tegmasin, bu imkoniyatdan samarali foydalanyapman. Jamoamizda 11 metrli nuqtadan mahorat bilan darvozani nishonga oladiganlar talaygina. Bahriddin Vahobov, Vyacheslav SHevchenkolar ham bu ishni bemalol uddalashadi. Qishki o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Vahobov raqib darvozasini ishg'ol etolmaganidan keyin klub murabbiylar shtabi bu vazifani menga topshirishdi. Asosiysi, o'z jamoam g'alabasiga hissa qo'shayotganimdan juda xursandman.

"Qizilqum" matbuot xizmati


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика