So’nggi yangiliklar

18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  0 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  13 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   16 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  7 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  20 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 11:40Жейдон Санчо: "Тўғрисини айтсам, ёшлигимда Дидье Дрогба ва Фрэнк Лэмпард кумирларим эди"  7

Ilhom Yunusov: Endi hech kim Bunyodkor yoki Paxtakor nomidan qo'rqayotgani yo'q Yangiliklar

Ilhom Yunusov: Endi hech kim Bunyodkor yoki Paxtakor nomidan qo'rqayotgani yo'q

Teglar :  Ilhom Yunusov
O'zbekiston milliy chempionati tobora o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda. Oliy Liganing 5-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Qizilqum (0:1) o'yini ham kutilmaganda mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Navoiy jamoasi Ilhom Yunusovning ajoyib goli bilan Toshkentdan g'alaba bilan qaytdi. O'yindan keyin Erudit Sport gazetasi muxbiri Samarqandda tur qahramoni bilan uchrashib, intervyu oldi.

QIZILQUM HALI O'Z SO'ZINI AYTADI

- Ilhom aka, avvalo muhim g'alaba bilan tabriklaymiz. Keling, suhbatimizni Bunyodkorga qarshi bahs bilan boshlasak…


- Tabrik uchun rahmat. CHindan ham Bunyodkorni mag'lub etish biz uchun juda muhim edi. So'nggi turda Navoiyda muxlislarimiz qarshisida Buxoroga mag'lub bo'lganimizdan so'ng, har qanday holatda ham Toshkentdan g'alaba bilan qaytishni ko'zlagandik. Birinchi bo'lim yakunida jarima maydonida zarba berish uchun menda juda qulay vaziyat yuzaga keldi va kuchli zarba bilan o'yinda yagona golni kiritganimdan xursandman. Eng asosiysi golning jamoamizga g'alaba keltirganidir. G'alabani eng avvalo jamoaviy o'yinimiz bilan qo'lga kiritdik.

- Mavsumning boshlanishini jamoa uchun qay darajada baholaysiz?


- Bundan ham yaxshiroq boshlashimiz mumkin edi. 3-turda Qo'qonda mag'lubiyatga uchraganimizdan keyin o'z maydonimizdagi Buxoro bilan o'yinda ham kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Negadir o'zimizga kelishimiz qiyin kechdi. Bu jamoalarning kuchini to'g'ri baholab, bahsga jiddiy munosabatda bo'lishimiz kerak edi. O'ylaymanki, Bunyodkorni mag'lub etganimiz jamoaning muvaffaqiyatli seriyasining boshlanishi bo'ladi. Qizilqum hali o'z so'zini aytadi.


GEVORKYAN OLDINGI NATIJASINI QAYTARISHIGA ISHONAMAN

- O'tgan yili jamoa oltilikdan joy olgandi. Bu mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?


- Avvalo, o'tgan yilgi natijamizni yaxshilash vazifasi bor. Yani, kamida kuchli beshlikka kirish, imkonqadar esa sovrinli o'rinlardan birini egallash.

- Sizningcha, Qizilqumning joriy yilgi tarkibi 2016 yilgi mavsumdagi tarkibidan kuchliroqmi?


- Kuchliroq deb hisoblayman, zero jamoamiz yildan yilga kuchaymoqda. SHunga yarasha marralarni ham yanada kattaroq olayapmiz. Bu mavsumda birgina Artur Gevorkyanning tarkibga qo'shilishi ham jamoani ancha kuchaytiradi.

- Uning zaxirada qolayotgani ajablanarli…


- Artur yuqori saviyadagi futbolchi ekanligi barchaga malum. U Lokomotiv safini tark etgach, malum muddat o'yin amaliyotisiz qoldi, jamoamiz safiga ham chempionat oldidan kelib qo'shildi. SHu bois murabbiylar Gevorkyanni sekin-asta imkoniyat berishmoqda. U tez orada jamoamizda ham oldingi o'yinlarini namoyish eta olishiga ishonchim komil. CHunki, Artur bilan Nasafda men, Erkin Boydullaev, Azamat Allaniyozovlar birga to'p surganmiz. SHunday ekan, uning yangi jamoadagi moslashish jarayoni qiyin kechgani yo'q.


OLIY LIGANING BUNDAY BOSHLANISHINI ESLOLMAYMAN

- Ilhom aka, mana 10 yildan ortiq vaqt davomida Oliy Ligada yuqori saviyada faoliyat yuritayapsiz. Oldingilari bilan taqqoslaganda bu yilgi chempionatimizda qanday farqlarni ko'rayapsiz?


- Ochig'ini aytsam, Oliy Liganing mana shunday qiziqarli boshlanganini eslolmayman. Bilasizmi, oldingi yillar o'rtamiyona jamoalar Paxtakor, Lokomotiv, Bunyodkor, Nasaf maydoniga safar uyushtirayotganda, mag'lubiyatni oldindan tan olgandek, o'yinga deyarli imkoniyatsiz borishardi. Hozir vaziyat butkul o'zgardi. Etibor bering, hattoki Dinamo borib Paxtakor, Metallurglarni mag'lubiyatga uchratib kelmoqda! Oldin bu deyarli imkonsizdek edi. Yoki bo'lmasa SHo'rtanning Lokomotivni 2:0 hisobida mag'lub etgani, so'nggi o'rindagi Olmaliqning esa peshqadam Nasafni mag'lub etganligi kim ham kutgan edi? Biz ham Toshkentda Bunyodkorni ilk marta taslim eta oldik. Oldin bunaqasi bo'lmagan.

- Bunday natijalar qayd etilishiga nima sabab bo'lmoqda, sizningcha?


- Sababi aniq, Oliy Ligadagi har bir jamoa kuchayishga erishgan, jamoalarning kuchlari deyarli tenglashib bormoqda. Har bir jamoa o'yinga juda katta tayyorgarlik bilan tushmoqda. Endi o'rtamiyona klublar ham bu Bunyodkor yoki Paxtakor deya jamoaning nomida qo'rqayotgani yo'q, maydonda bor kuchini ishlatib g'alabani ko'zlayapti. Bu Oliy Liganing yanada tomoshabop bo'lishiga xizmat qiladi.

- Aytingchi, peshqadam jamoalar kuchsizlanmoqdami yoki yoki o'rtamiyona klublar kuchayishga erishganmi?


- Peshqadam klublar kuchsizlandi degan fikrga qo'shilmayman. Menimcha, o'rtamiyona jamoalar ancha kuchayishga erishdi, har qanday raqibga qarshi o'ynash mumkinligini tushunishdi. Hozir kuchsiz jamoaning, oson raqibning o'zi yo'q. Keyingi turdagi So'g'diyona bilan o'yinimiz ham juda qiyin o'tishi muqarrar. O'ylaymanki, bunday raqobatdan nafaqat muxlislar, Oliy Ligamiz ham, terma jamoamiz ham yutadi deb o'ylayman.

Usmon IBODOV suhbatlashdi, Erudit Sport gazetasi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика