So’nggi yangiliklar

14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  6 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  9 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  16

Ilhom SHaripov: "Yoshlarga ko'proq imkoniyat beramiz" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Yoshlarga ko'proq imkoniyat beramiz"

Dinamo - Kosonsoy (4:1) uchrashuvidan keyin Samarqand klubi bosh menejeri Ilhom SHaripov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- SHogirdlarim o'yinga yaxshi tayyorgarlik bilan tushishdi va raqibdan kuchli ekanligini ko'rsatib g'alaba qozonishdi. Tomoshabop o'yinlar muxlislarimizga ham yoqdi. Ochig'ini aytsam, bugun jamoamiz raqibdan bir bosh baland ekanligini maydonda ko'rsatib, buni tablodagi hisobda ham aks ettirdi.

- Dinamo mavsumdagi eng yirik hisobli g'alabasiga erishdi. SHunga qaramay, negadir jamoa o'yinidan qoniqmagandek taassurot uyg'otdingiz?

- Bilasizmi, bunga sabab har bir murabbiy o'ylangan kombinaciyalar, xavfli hujum chiroyli yakunga ega bo'lib, gol bilan tugashini istaydi. Bunga juda ko'p xavfli vaziyatlar yaratdik, ammo samaradorlik juda yaxshi bo'lmadi. O'yin davomida murabbiy ko'rsatmalar berib turib, vaziyatlardan norozi bo'lishi normal holat.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar haqida...?

- Barchasi ishonchimizni oqlashdi. Alisher Xoliqov maydonga tushib gol urdi, Amirjon Safarov ham zaxiradan tushiboq, hisobni o'zgartirdi. Komil SHarofutdinov, Alamxon Hakimxonov, Laziz Nuriddinovlar ham bugun jamoaviy o'yin evaziga g'alabamizga hissa qo'shishdi.

- Keyingi turda Oqtepa jamoasi bilan o'yin o'tkazilmasligi bois, jamoaning rejalari ham o'zgargandir?

- Yigitlarga uch kunlik dam beramiz. 13 iyun kuni soat 18:00da esa Samarqand viloyat terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. Bu yil Oliy Ligaga chiqishni maqsad qilganmiz, shu bois hozirdan yosh futbolchilarni tarkibga jalb etish borasida bosh qotirishimiz kerak. Viloyat terma jamoaga qarshi bahsda ham iqtidorli mahalliy o'smir va yosh futbolchilarni ko'z ostimizga olib, tarkibimizga jalb etamiz. Imkonqadar bu yoshlarga ko'proq imkoniyat beramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика