So’nggi yangiliklar

20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  1 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  3 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  6 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14

Ilhom Mo'minjonov: "Rahbariyat 7-8 o'rinlarni egallashni oldimizga vazifa etib beligalagan" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Rahbariyat 7-8 o'rinlarni egallashni oldimizga vazifa etib beligalagan"

"Navbahor" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvian so'ng mezbonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Alamli ikkita mag'lubiyatdan so'ng biz bugun g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Muxlislarimiz oldida yuzimizni yorug' qilishimiz talab etilardi. Qolaversa oldimizga qo'yilgan maqsaddan ortda qolayotganimiz sababli bugungi muvaffaqiyat suv va xavodek zarur edi. Yigitlarga katta raxmat aytmoqchiman. Muxlislar jangovar o'yin guvoxiga aylanishdi. O'z maydonimizda yutqazmayotganimiz bizni xursand qilib turibdi. Namangan xalqi oldida ijobiy natijalarni qayd etishda davom etamiz. Oybek Qilichev? Hozirda futbolchimiz 28 yoshda. Bu uning ayni kuchga to'lgan davri. Uning harakatlari noto'g'ri bo'lgani rost. Oldimizda yana to'rtta tur qolmoqda. SHundan so'ng UFFning yangi rahbariyatidan kechirim so'rab, jazoni engillashtirishni so'raymiz. Qarorni ular chiqarishadi.

Bugun Oybek Qilichev va G'iyos Komilovning maydonda tushmasligi yo'qotish bo'ldi va bu narsa bilindi. Rahbariyat 7-8 o'rinlarni egallashni oldimizga vazifa etib beligalagan. Biz yanada yuqori pog'onalar uchun harakat qilmoqdamiz. Barchasi Allohdan. Klub rahbariyati bilan maslaxatlashgan xolda nasib qilsa, yanagi mavsumga hozirgi tarkibni saqlab qolmoqchimiz.

Eng quvonarlisi o'yinchilarimiz o'yindan-o'yinga kuchayib borishmoqda. Tarkibda raqobat bor. Futbolchilar bir-birlarini o'rinlarini to'ldirishayotganidan xursandman. Rahbariyat sharoitlarimizni yaratib bersa, keyingi yilda kuchlilar qatorida bo'lish uchun intilamiz. Oldimizda turgan o'yinlarda etakchi jamoalar bilan o'yin o'tkazamiz. Barchasi o'z qo'limizda. O'zbekistonda "Navbahor" va "Buxoro" muxlislari singari ishqibozlarni topib bo'lmaydi", - dedi Mo'minjonov.

"Navbahor" matbuot xizmati


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика