Ilhom Mo'minjonov: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"
10 mar 2017 22:10
Yangiliklar


Ilhom Mo'minjonov: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"
- Bugungi o'yinda mag'lubiyatga loyiq emasdik. "Qizilqum" jamoasida ikkita vaziyat bo'ldi va bundan navoiyliklar samarali foydalanib, gol urishdi. Ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborgan golimiz bizga og'ir botdi. Yigitlar yaxshi o'yin namoyish qilishdi, berilgan ko'rsatmalarimni yaxshi bajarishdi, ammo omad bizga kulib boqmadi. Birinchi bo'limda hisob tengligida bizda golga tortadigan xavfli vaziyat bo'lgandi. Mansur Saidov bu holatda to'pni Nemanya Yovanovichga oshirishni afzal bildi. SHu vaziyatni biz golga aylantirishimiz kerak edi.
Bu futbol... Maydon tekis, to'p yumaloq. Avval ham takidlaganimdek jamoaga taklif etilgan futbolchilardan faxrlanaman. Men chaqirgan o'yinchilar o'yindan-o'yinga chiroyli futbol namoyish etib, muxlislarimizga g'alabalarni tortiq etishadi.
Klubga jalb etilganlar bilan hali ko'p yutuqlarga erishamiz. Bugun bizga omad etishmadi. O'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida to'pni nazorat qilish bizda bo'lgani va raqibga bosim o'tkazish maqsadida Mansur Saidov o'rniga Ro'zimboy Ahmedovni maydonga tushirdim. Ikki hujumchi bilan o'ynash uslubiga o'tdik. Kamchiliklarimizdan to'g'ri xulosa chiqarib, keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. "Qizilqum" maydoni bugun ideal xolatda ekan. Mamlakatimizdagi har bir o'yingoh maydonini shunday bo'lishini istardim, - deydi Mo'minjonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar