So’nggi yangiliklar

21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  5 21:02Миллар лигаси. Дания, Сербия, Словакия ва Озарбайжон жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:4 (матнли трансляция)  7 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  1 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  12 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  5

Ilhom Mo'minjonov: “Ixtiyorimda ikkita teng kuchli tarkib mavjud” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Ixtiyorimda ikkita teng kuchli tarkib mavjud”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi:

- “Mashal” jamoasiga qarshi uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Futbolchilarimizdan faxrlanishimni aytib o'tgan bo'lardim. Ularga ko'rsatgan o'yinlari va qo'lga kiritilgan g'alaba uchun rahmat aytaman. Yigitlar bor kuchlari va mahoratlarini ishga solgan holda to'p surishdi. Sababi “Mashal” jamoasini o'rganib chiqish jarayonida muborakliklarni jiddiy raqib ekanligi oydinlashgandi. So'nggi kunlarda o'tkazilgan mashg'ulotlarda ayrim futbolchilarimiz jarohat tufayli qatnasha olishmagandi. Bugun ertalabki badan tarbiya mashqlarini bajarish jarayonida esa jarohatlangan o'yinchilarimiz maydonga tushish uchun tayyor ekanliklarini malum qilishgani uchun ularga ham rahmat aytaman.

Turdan turga futbolchilarimiz o'yinlarini kuchaytirib borishmoqda. Bu holat har qanday murabbiyni xursand qiladi. Aynan shu sababli har bir uchrashuvda maydonga faqat g'alabani ko'zlagan holda tushmoqdamiz. Etibor bergan bo'lsangizlar oxirgi ikkita o'yinda tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz. Masalan “Dinamo”ga qarshi bahsda maydonga tushgan ikki futbolchimiz bugungi o'yinda ishtirok etishmadi. Ularning o'rnini boshqa o'yinchilarimiz to'ldirishdi. Ayni paytda ixtiyorimizda asosiy tarkibda 11 nafar futbolchi emas aksincha, 23 nafar futbolchi mavjud. Futbolchilarimiz bir-birlarini o'rnini bemalol to'ldira olishadi. Rahbarlarimiz deyarli teng kuchga ega bo'lgan tarkibni shakllantirishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Agarda etibor qaratiladigan bo'lsa ko'plab jamoalarimizda ham bir xil kuchga ega bo'lgan ikkita tarkibni tuzish qiyin. Bizda esa bu borada muammo yo'q.

Jamoadagi barcha futbolchilar “Navbahor”ni g'alabasi uchun bor kuchlarini berishga tayyorlar. Keyingi turlarni ham yuqori kayfiyatda davom ettirib, uchrashuvlarga munosib tarzda hozirlik ko'rib 2017 yilgi mavsum yakunida jamoamizni kuchlilar safida ko'rish maqsadidamiz. Joriy yilgi chempionatimiz ancha murosasiz o'tmoqda. Bir-ikki uchrashuvni inobatga olmaganda yirik hisoblar deyarli kuzatilmayapti. O'yinlar taqdirini ko'p hollarda bitta gol hal qilmoqda. Jamoamiz ham bitta to'p hisobidagi ustunlik bilan g'alabalarni qo'lga kiritmoqda. Futbolchilarimiz o'yinlar davomida maydonning har bir santimetri uchun kurashishmoqda.

Mirzohid G'ofurov bugun maydonga jarohat bilan tushgandi. Ikkinchi bo'limda u jarohat tufayli jamoa sardori orqali o'zini almashtirishni so'radi. SHundan so'ng malum vaqt uni maydonda ushlab turdik. Imkon bo'lmagach, G'ofurovni almashtirishga majbur bo'ldik. Bu o'zgarish sababli Samatovni o'ng qanot yarim himoyasiga o'tkazgan bo'lsak Turg'unboevni chap qanot yarim himoyasiga o'tkazdik. Hasanboy Ergashev esa himoyaning chap qanotidan joy oldi.

Golga kelsak, mashg'ulotlarimiz paytida standartlarni shu tarzda amalga oshirishga etibor qaratgandik. Oldinroq ham o'ylagan rejamiz amalga oshishi mumkin edi. SHunga qaramay ikkinchi urinishda maqsadga erishdik. Samarqandda o'tgan matbuot anjumanida futbolchilarimiz uchun muxlislar bilan to'lib toshgan o'yingohda to'p surish yangilik emasligi haqida aytib o'tgandim. Negaki, Namangandagi o'yingohga 22 mingga yaqin muxlis sig'adi va ishqibozlarimiz bizni nafaqat uydagi balki safardagi uchrashuvlarda ham yolg'izlatib qo'yishmaydi. Joriy yilgi mavsumda ham muxlis yig'ish borasida etakchilik qilmoqdamiz. Bugun ishqibozlarimiz jamoani munosib tarzda qo'llashdi. Buning uchun muxlislarimizga rahmat aytaman.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика