So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  9 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Ikrom Aliboev muxlislarga murojaat qildi Yangiliklar

Ikrom Aliboev muxlislarga murojaat qildi

Yarim himoyachi Ikrom Aliboev "Lokomotiv"dan "Seul"ga o'tganidan keyin muxlislariga murojaat qildi.

Xurmatli muxlislar, do'stlarim, akalarim!

Men futbolga mehr qo'yganimdan beri futbol klubi O'zbekiston chempionati va Kubogida g'olib chiqish, Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilish, O'zbekiston milliy terma jamoasi safida vatanimni himoya qilishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ygan edim. Mana bolalikdagi orzularim ro'yobga chiqib ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdim. Bolalagimda kumirlarim bo'lgan futbolchilar yonida katta bo'ldim, ulardan saboq oldim, bilmaganlarimni o'rgandim. “Lokomotiv” jamoasida bir oila, aka-ukalardek katta bo'ldim. Bu insonlar oldida bir umr qarzdorlik hissi meni tark etmaydi. Klub raxbariyati, futbolchilar, murabbiylar, stadion va klub ishchilari hamda muxlislar bilan o'tkazgan 5 yil men uchun eng qadrli, yoqimli davr bo'lib qoladi.

Futbolchi huddi sayohatga chiqqan sayyoh kabi ko'tarilish, pastga tushish, kutilmagan o'zgarishlar, o'yinda o'sish, pasayish, jarohatlar, mag'lubiyat va g'alabalardan iborat. Eng asosiysi insoniylik fazilatini yo'qotmaslik juda muhim.

Bir necha hafta oldin meni hayotimda katta o'zgarish bo'ldi. Bolalikdagi orzularimdan biri amalga oshdi. Buning uchun avvalo Yaratganga, keyin “Lokomotiv” raxbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Men va qadrdon klub o'rtasida o'zaro oliyjanoblik natijasida men “Seul” klubi futbolchisiga aylandim. “Alibaev” nomli futbolka endi qizil-yashillar safini tark etmoqda. Men bir oiladan boshqa oila safiga borib qo'shilish arafasidaman. Qadrli men uchun aziz insonlar, men erishgan barcha yutuqlar zamirida sizning mexnatingiz, qo'llab-quvvatlashingiz yotibdi. Sizlar bilan xayrlashmayman, sizlar bilan ko'rishguncha deb qolaman. Qaerga bormay, men “Lokomotiv”ning bir bo'lagi, “Lokomotiv” esa mening bir bo'lagim bo'lib qoladi.

Sizlarga chuqur ehtirom bilan, Ikrom!

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика