Ikkinchi liganing ikkinchi davrasi boshlandi
11 sen 2015 12:51
Yangiliklar


Ikkinchi liganing ikkinchi davrasi boshlandi
"Mashal"ning ikkinchi ligada ishtirok etadigan ikki jamoasi ham viloyat ikkinchi liga bahslarini boshladi.
Kecha Muborakda Mikola Lapa boshqaruvidagi "Mashal-1999" jamoasi "Olimpiya"ni qabul qildi va ushbu uchrashuvda nursiz durang qayd etildi.
Ikkinchi liga
"Mashal-1999" - "Olimpiya" 0:0
Ikkinchi jamoamiz "Mashal-3" bo'lsa SHahrisabzga safar uyushtirdi va g'alaba bilan qaytdi. Ikrem Repatov boshqaruvidagi bu jamoa turnirda mag'lubiyatsiz bormoqda va peshqadamlikni qo'lga olgan. Kecha ham safarda "Xisor" ustidan 3:1 hisobida g'alaba bilan qaytdi.
Ikkinchi liga
"Xisor" - "Mashal-3" 1:3
Gollar: Alvesh Murodullaev, Bakir Murtozaev, Alibek Rahmatullaev.
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar